TG Telegram Group Link
Channel: XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI
Back to Bottom
#Yoshlar_aksiyasi

Xorazmda “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi bo`lib o`tmoqda.

📣 Xorazm viloyati adliya boshqarmasi tuman, shahar adliya boʻlimlari tomonidan eʼlon qilingan aksiya doirasida “Sayyor qabul” va yoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.

🔰 Xususan, Gurlan, Yangiariq, Hazorasp, Yangibozor, Qo`shko`pir, Tuproqqal’a, Bog`ot, Qo`shko`pir, Xiva, Urganch tumanlarining eng olis va chekka hududlarida joylashgan adliya biriktirilgan yoshlar uchun sayyor qabullar bo`lib o`tdi. Qabulda yoshlarni kundalik hayotida qiynayotgan muammolari o`rganildi, yoshlarning bandligini taʼminlash maqsadida aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil etildi.

Ta’lim muassasalarida yoshlar bilan uchrashuv va ochiq muloqotlar bo`lib o`tdi. “Huquqiy dars” loyihasi doirasida yoshlarga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va huquqlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Huquqiy viktorinalar tashkil etilib, faol ishtirok etgan yoshlarga esdalik sovg`alari topshirildi.

❇️ Yoshlarda vatanparvarlik, qonunga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlarning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish maqsadida Yangiariq, Hazorasp tumanlarida harbiy-dala poligonlarida yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

‼️ Eslatib oʻtamiz, Adliya vazirligi tomonidan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi 2024-yilning 13-maydan 13-iyunga qadar davom etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hisobot

2024 yil I chorakda
:

🏢Qaysi tashkilot bilan ish bitishi qiyin: davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida ijro intizomi va qonun buzilishlar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://hottg.com/xorazmadliya
O‘zbekistonda oila statistikasiga oid ayrim raqamlar infografikada

📊Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://hottg.com/xorazmadliya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Uy-joy olish uchun subsidiyaga arizalar joriy yil 15-maydan 1-noyabrgacha qabul qilinadi

Batafsil videorolikda

Kanalga ulanish👇👇👇
https://hottg.com/xorazmadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#8TV

🎥 Ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun pul beriladi

Asos: VMQ-204. 16.04.2024.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://hottg.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #FHDY #Arxiv

📃Fuqarolik holati dalolatnomalari arxiv ma’lumotnomalari (tug‘ilish, nikoh, nikohdan ajralish, o‘lim, yolg‘iz ona, otalikni belgilash, familiya, ism va otasining ismi o‘zgartirilganligi, ma’lumotlar mavjud yoki mavjud emasligi haqida va boshqa ma’lumotlar)

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxslar

🏛Vakolatli organ:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy adliya boshqarmalari fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish arxivlari

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
yashash manzili;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.

👫Hujjat so‘ralayotgan shaxsning ma’lumotlari:
familiyasi, ismi, otasining ismi;
ma’lumotnoma turi (tug‘ilish, nikoh, nikohdan ajralish, o‘lim, yolg‘iz ona, otalikni belgilash, ma’lumotlar mavjud yoki mavjud emasligi haqida va boshqa ma’lumotlar);
dalolatnoma yozuvi qayd etilgan yil va sana:
talab etilayotgan ma’lumotlar qayd etilishi mumkin bo‘lgan davr;
dalolatnoma yozuvi qayd etilgan hudud (hudud nomi yoki respublika miqyosida).

📌So‘rovnomaga ilova qilinadigan hujjatlar:
uchinchi shaxslar manfaatida harakat qilinayotganda — notarial tasdiqlangan ishonchnoma (chet elda yashovchi fuqaro tomonidan berilgan hamda chet tilida tuzilgan ishonchnoma belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qo‘yilgan bo‘lishi lozim);
tegishli holatlarda marhumga qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar;
qonuniy vakil bo‘lsa, buni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

❗️Pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdori.

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
2 ish kuni

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

Kanalga ulanish👇👇👇
https://hottg.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#8TV

📽 Bir oyda qancha elektr energiyasi sarflaysiz?

Kanalga ulanish👇👇👇
https://hottg.com/xorazmadliya
#Seminar

📣 Xorazm viloyat adliya boshqarmasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, hokimliklar ijro intizomiga mas’ul xodimlari ishtirokida ljro.gov.uz” elektron tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan seminar bo`lib o`tdi.

🔰 Tadbirda “UNICON SOFT” MChJ tomonidan “ljro.gov.uz tizimida joriy qilingan yangi mexanizmlar, topshiriqlarning ijrosini oraliq nazorat qilish, davlat organlari va tashkilotlarining elektron tizimlarida topshiriqlar amalda bajarilganligini tekshirish, ijro muddatlarini belgilash, nazoratini olib borish kabi oʻzgartirishlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

Davlat organlari va tashkilotlarining ijro intizomini mustahkamlashdagi rolini oshirish, ijro intizomiga mas'ul xodimlari uchun oʻquv-amaliy seminarlar tashkil etish ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha “texnologik zanjir”ni tashkil etish borasidagi ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida belgilangan.
HTML Embed Code:
2024/05/17 18:17:30
Back to Top