TG Telegram Group Link
Channel: XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI
Back to Bottom
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondida joylashgan xizmat turar joylarini foydalanishga berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi

📊Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://hottg.com/xorazmadliya
#Yoʻl_qoidalariga_amal_qiling

🚫 Qonunchilikka ko'ra, haydovchiga yo'l-transport hodisasining oldini olish zarurati bo'lmaganda, keskin tormoz berish taqiqlanadi.

Yo'l harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yo'nalishini keskin o'zgartirishga yoki o'z xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash uchun o'zga choralarni ko'rishga majbur qiluvchi huquqbuzarlikni sodir etish 3 mln 400 ming so'm jarima solishga sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://hottg.com/xorazmadliya
#So'rovnoma

O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasining funksional imkoniyatlarini, shuningdek, qidiruv tizimi imkoniyatlarini takomillashtirish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Shunga ko'ra, ushbu yo'nalishda anonim so'rovnoma o'tkazilmoqda.

So'rovnomada ishtirok etish uchun havola: bit.ly/3xIApVM

So'rovnoma natijalari Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi Lex.uz tizimini qulaylashtirish yuzasidan takliflar olishga xizmat qiladi.

So'rovnomada faol ishtirok etishingizni so'raymiz.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://hottg.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

📣 Adliya vazirligi tomonidan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkaziladi.

Aksiya 2024-yil 13-maydan 13-iyungacha davom etadi.

Aksiya doirasida quyidagilar tashkil etiladi:
🔹sayyor qabullar;
🔹mehnat yarmarkalari;
🔹yoshlar bilan uchrashuvlar;
🔹“Yoshlar sayli”;
🔹“Targ‘ibot poyezdi” loyihasi.


Kanalga ulanish👇👇👇
https://hottg.com/xorazmadliya
#Adliya_xabari

📣 Xorazm viloyat adliya boshqarmasining 2024 yil 1-chorakdagi faoliyati sarhisob etildi

🔶 Xorazm viloyata dliya boshqarmasining navbatdagi hayʼat majlisida 2024-yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va kelgusidagi vazifalar, muhokama qilindi.

🔰 Yigʻilishda norma ijodkorligi, huquqiy va davlat xizmatlari koʻrsatish, murojaatlar bilan ishlash, ochiqlik siyosati va boshqa sohalar kesimida tahliliy maʼlumotlar keltirildi.

👉 BATAFSIL

Kanalga ulanish👇👇👇
https://hottg.com/xorazmadliya
#Bilasizmi

📝 Qarz berayotganda uni oddiy yozma shartnoma bilan rasmiylashtirish kerak.

🧾Qarzning miqdori BHMning 10 baravaridan (3 mln 400 ming so'mdan) ko'p bo'lsa, yozma shartnoma tuzilishi shart.

Qarz oluvchi yoki beruvchining biri yuridik shaxs bo'lganida esa qarz miqdoridan qat'i nazar yozma shartnoma tuzilishi kerak.

📌 Qarz oluvchidan tilxat olish yoki qarz berilganligini tasdiqlaydigan har qanday hujjat ham yozma shartnomaning o'rnini bosadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://hottg.com/xorazmadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TTV

📽 Bir oyda qancha elektr energiyasi sarflaysiz?

Kanalga ulanish👇👇👇
https://hottg.com/xorazmadliya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣 15-may — Xalqaro oila kuni

BMT Bosh Assambleyasining 1993-yil 20-sentabrdagi tegishli rezolyusiyasiga muvofiq, 15-may Xalqaro oila kuni (International Day of Families) sifatida 1994-yildan buyon butun dunyoda keng nishonlanib kelinadi.

Xalqaro oila kunini o‘tkazishdan maqsad - jahon hamjamiyati diqqatini oilaviy qadriyatlar va oila instituti bilan bog‘liq muammolarga qaratish.

📍Davlatimiz rahbarining 2018-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida 15-may har yili Xalqaro oila kuni sifatida respublika bo‘ylab keng nishonlanishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi barcha yurtdoshlarimizni xalqaro oila kuni bilan muborakbod etadi.
Oilalarimiz mustahkam, fayzu barakotga boy bo‘lsin!
#Bilasizmi #Ish_haqi #Ish_staji #Arxiv

📃Ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasi

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxslar yoki ularning yaqin qarindoshlari (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari)

🏛Vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining hududiy davlat arxivlari

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
ariza beruvchining mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
ish joyi va lavozimi;
ishga qabul qilinganligi bo‘yicha buyruq raqami va sanasi;
mehnat shartnomasi bekor qilinganligi bo‘yicha buyruq raqami va sanasi;
ish haqini tasdiqlash lozim bo‘lgan yillar;
ishlagan tashkilotning yuqori turuvchi organi nomi (agar mavjud bo‘lsa);
tashkilotning nomi o‘zgarganligi to‘g‘risida ma’lumot (agar mavjud bo‘lsa);
homiladorlik va tug‘ish ta’til yillari.

📃 Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bepul

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
Ish stajini tasdiqlashga oid ma’lumotnomalar uchun — 5 ish kunidan, ish haqini tasdiqlashga oid ma’lumotnomalar uchun — 20 ish kunidan oshmagan muddatda

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

Kanalga ulanish👇👇👇
https://hottg.com/xorazmadliya
HTML Embed Code:
2024/06/01 18:41:07
Back to Top