TG Telegram Group Link
Channel: Ne'matjon Mansurov
Back to Bottom
Oyiga 200 000 dollargacha daromad. Baxtsiz marketing agentligi asoschilari. Istarasi issiq marketologlar.

Mansurov vlog’ning yangi mehmoni - Abba marketing agentligi asoschisi Muzaffar To’xtasinov.

Ko’ring, izoh qoldiring va do’stlaringiz bilan ulashing.

https://youtu.be/ucPp4prWo7g?si=pOWGXn8Zas2NNp0_

@nematjon_mansurov
​​Qaysidir loyihani boshlab, uni oxiriga yetkaza olmaslik - normal
Kompaniyaga ishga kirib, 1 hafta ishlamasdan tashlab ketish - normal
Qilayotgan ishingiz o’xshamasligi - normal
Qayerga ketayotganingiz, nima uchun u yoki bu ishni qilayotganingizni bilmaslik - normal
Har doim muvaffaqiyatli bo’lmaslik - normal
Sohada eng zo’r ekspert bo’lmaslik - normal
Nimanidir bilmaslik yoki tushunmaslik, hatto o’z yo’nalishingizda bo’lsa ham - normal
Ishlagingiz kelmasligi - normal
Qaysidir yaqiningiz bilan aloqalarni uzish - normal
30 yoshda mashinangiz bo’lmasligi - normal
Eng yaxshi kompaniya egasi bo’lmaslik - normal
Brend kiyimlarni kiymaslik - normal

Lekin…

Narsalarni o’z nomi bilan atamaslik va buni tan olmaslik normal holat emas.

Reallikni qabul qiling. Sohada eng zo’ri emassiz, hozircha BMW ololmaysiz, kompaniyangiz N1 ham emas va qaysidir yaqinlaringiz sizning energiyangizni tortib olyapti.

Faktni qabul qiling va uni yaxshilash uchun harakat qiling. Ishingizni almashtiring, odamlar bilan aloqalarni uzing, kreditga mashina olmang, tushunmaganingizni so’rang, yangi bilimlarni o’rganing, qarzga kiyinmang, Instagram uchun “muvaffaqiyatli” bo’lmang. Bu esa o’ta normal holat.

@nematjon_mansurov
​​Odamlar aytmagan narsangni bilmaydi

Bir qaraganda oddiy, lekin ko’pchilik(o’zim ham) amal qilmaydigan narsa.

Hamkorlik qilgan kompaniyalarim, ishlagan keyslarim bilan hech qayerda bo’lishmagan ekanmanu, hamma biladi deb yurganman.

Kecha Marketing Club’da yangi post chiqdiyu, aslida vaziyat qanaqaligini ko’rsatib qo’ydi 😉

Keling, o’zimni tanishtiray:

Ismim Ne’matjon Mansurov. Marketing sohasiga kirib kelganimga yaqinda 6 yil bo’ladi.

Shu paytgacha Media and Project Management Group’da marketing direktor:
Jamoamiz bilan qilgan Marketing Club, Modul5, Dizayn Club, Chegarasiz, Tezyoz loyihalarini eshitgan bo’lishingiz mumkin.
Shuningdek, UNDP, Yoshlar ishlari agentligi, Aloqabank, Dalatek kompaniya va tashkilotlari bilan hamkorlik qilganmiz.

texnomart kompaniyasida digital direktor:
-10 ga yaqin yangi do’konlar ochilishi
-Sizdan xarid bizdan Damas aksiyasi
-Noutbuk xaridi uchun Cobalt
-Har bir xarid uchun kafolatlangan sovg’alar aksiyalarini ishga tushurganmiz.

Timsol marketing agentligi(hali hech qayerda e'lon qilinmagan, o’zimni agentligim) bilan esa yangi smartfonlarni bozorga taqdim etishdan, 1 million dollardan ortiq savdoga olib kelishgacha ishlab kelmoqdamiz. Hamkorlarimiz orasida texnomart, Huawei, Centrum Air, Namuna Development, Beko kompaniyalari mavjud.

P.S. Suratda “Marketing Club” loyihasi uchun TAF(Toshkent reklama festivali)da Gold olgan kunimiz.

Keling, siz bilan ham tanishib olamiz. Izohlarda o’zingiz va keyslaringiz bilan bo’lishing👇

@nematjon_mansurov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xayrli kech, do’stlar👋

Yuqoridagi keyslar bo’yicha olingan bilim va tajribalarni 28-oktyabr kuni, “Marketing Club” loyihasida bo’lishaman.

Ro’yxatdan o’tish uchun havola🫴🏼 https://forms.gle/Yz7oLGHpBTSzRr5J9

P.S. Tadbir asosan sohada ishlayotgan, agentlik egalari, frilanserlar va marketologlar uchun mo’ljallangan.

@nematjon_mansurov
Marketing, dizayn, IT - biznesga, iste'molchilarga u yoki bu yo'nalishda yechim beradi. Yechimlar esa biznes turi, bozor holati, iste'molchilar xohish hamda istaklariga ko'ra turlicha bo'ladi va bo'lishi zarur.

Qaysidir kursni o'qiyotganda ham shu jihatiga e'tibor bering. Ustozingiz sizga yo'nalish berishi kerak, ramka emas.

Afsuski, ba'zi yo'nalishlarda buning aksi. O'quvchilarning qilgan dizayni, marketing rejasi, olgan videosi, yasagan saytiga qarab, aynan qaysi kursda, qaysi o'qituvchida o'qiganini bemalol aytsa bo'ladi.

Dizayn - ustoz aytgan shablonda, matnlar - ustoz bergan formulalarda, strategiya taqdimoti - ustoznikidan "copy-paste", shaxsiy brend - albatta devorga qarab intervyu berishdan boshlanishi kerak.

Bozor, undagi mutaxassislar rivojlanishi uchun - bizga rang-baranglik, nostandart yechimlar zarur.

Think outside the box
Think like there is no box

@nematjon_mansurov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qayta-qayta ko’rishga arziydigan, auditoriya, uning og’riqlarini his qilgan va aniq nuqtasiga tekkan reklamalardan biri.

5 yil oldin chiqqan bo’lsada, o’ylashimcha haligacha aktual.

Mijoz: Modulbank
Agentlik: Friends Moscow

@nematjon_mansurov
😉 Yana qanday variantlar bor?

@nematjon_mansurov
Forwarded from 🚀 Uchadi Uxladi 😴 (@UchadiUxladi)
Qizaloq Va Buzoqcha nimani kutishmoqda?

👀 Bir necha kundan beri ijtimoiy tarmoqlarda aylanayotgan rolik va qiziqarli sahifa ko‘pchilikni e'tiborini tortdi.

🤔 Nimaga uni hatto marketologlar ham repost qilmoqda?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ne'matjon Mansurov
Qizaloq Va Buzoqcha nimani kutishmoqda? 👀 Bir necha kundan beri ijtimoiy tarmoqlarda aylanayotgan rolik va qiziqarli sahifa ko‘pchilikni e'tiborini tortdi. 🤔 Nimaga uni hatto marketologlar ham repost qilmoqda?
Keling analiz qilib ko’raylik

1-obyekt - buzoqcha
Sut, undan tayyorlanadigan boshqa mahsulotlarga urg’u;

2-obyekt - qizaloq
Aynan qorni ochgan qizaloqning berilishi, o’ylashimcha bolalar uchun mahsulotga yo’naltirilayotgandek;

3-e’tiborli jihat - bu lokatsiya
Fikrimcha tabiiylik, haqqoniylikka mos.

Umumlashtiradigan bo’lsak, bu hozirgi paytda sut va sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi brendning, toza sutdan tayyorlangan bolalar uchun yangi tovarlar lineykasining reklama kampaniyasi. Bolalar uchun sut, kefir, yogurt balki.

Lekin, kolbasani reklamasi bo’lsa, shlyapamni yechardim😂

Hozircha shunaqa taxmin. Siz nima deb o’ylaysiz?

@nematjon_mansurov
Forwarded from Marketing bo'limi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qizaloq Pure Milky sutini kutayotgan ekan

Bundan bir qancha vaqt oldin internetda bir tizer tarqala boshladi. Unda Instagramda paydo bo'lgan yangi sahifa, undagi qizaloq va buzoqchi nimani kutayotgan ekan degan savollarni muhokama qilishdi.

Bugun ma'lum bo'lishicha, bu kampaniya Pure Milky brendining yangi suti haqida ekan. Tizerning asl ma'nosi shu edi-ki - Pure Milky suti uzoq vaqt bozordan yoqolib qoldi. Brendning asl iste'molchilari haqiqatdan bu sutni uzoq kutishgan bo'lishsa kerak.

Mana endi plizer kampaniya bilan "siz kutgan sut" qayta savdoga chiqdi deb e'lon berishdi.

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
Kelayotgan yil infoqalloblar yili bo'ladi. Subyektivning ko'rsatuvidan keyin yo'qolib ketgan mayda-chuyda baliqlar o'rnini kitlar egallayabdi (biri-biridan mashhur kitlar). Bitta infobzines "zapuskidan" bemalol 100-300-500ming$ qiladigan nahanglar.

Buning uchun avval "shaxsiy brend" ustida yaxshilab ishlanadi. Maxsus marketing jamoa yollanib, auditoriya obdon qizdiriladi. Qimmat mashina, xashamatli uy, ekzotik orollarga sayohatlar, tansiq taomlar, bola-chaqayu, xijobdagi xotinlar, o'qilayotgan namozlaru, umra va hajlar, hamma-hammasi ko'z-ko'z qilinadi. "Ko'rib qo'yinglar mening hayotimni" qabilidagi postlar bilan instagram yondiriladi. Yuzminglab obunachilar yig'iladi.

PR aksiya kulminaisyasiga yetib, obunachilar xashamatdan ko'zi yonib turganda esa "Menga o'xshashni istaysizmi, mana sizga BEPUL trening" deb ommani laqqa tushuriladi. Treninga kelganlarga esa "Shaxsiy brend qurish", "Tadbirkorlik sirlari", "Muvaffaqiyat kalitlari", "Shaxsiy moliya va investisiya" va hokazo qabilidagi kurslarga yozilish so'raladi (joylar chegaralangan, shoshiling. 600$ lik VIP joylar allaqachon sotilib bo'ldi, 500$ lik premium paketdan 4 ta qoldi).

Bu qalloblar oldida, avvalgilari xolva bo'lib qoldi. Avvalgilari nari borsa birorta co-workingda 100-200 ta odamni yiqqan bo'lsa, hozirgilar konsert zallarida trening o'tayapti. Ko'lam shunchaki daxshat. Yoshmi-qarimi, ayolmi-erkakmi, tadbirkormi-talabami, farqi yo'q "kursimiz hammaga birdek yordam beradi". Nafs yo'lida, hech kim ayab o'tirilmaydi. Din ham diyonat ham sotiladi. Insof va vijdon bir chekkaga surib qo'yiladi.

Biz xatolardan xulosa qilmaymiz. O'tgan yili subyektivning infoqalloblar haqidagi videolarini ulashgan insonlar bugun o'zlari o'sha qalloblarning to'riga tushib turibdi. Yoki o'zlari qallobga aylanishdi.

Lekin, yaxshi yangiliklar ham bor. Infoqalloblarning umri qisqa, 1-2 yilda odamlarning ko'zi ochiladi. Bozor to'yinadi. Aksar qalloblar ustidan jinoiy ishlar ochiladi, kamida keti ochilib sharmandasi chiqadi. Rossiya bunga yaxshi misol, yil davomida bir nechta katta qalloblarga nisbatan katta jinoiy ishlar ochildi. Ungacha esa chidaymiz. Bu ham bir o'tishimiz kerak bo'lgan bosqich.

(c) Anvar Nazrulloh

@nematjon_mansurov
Forwarded from Бизнестан
Я иногда так злюсь, от того какой же у нас инфантильный рынок. Понимаю причины, понимаю даже логику, но все равно злюсь.

Раз у меня тут маленькая аудитория людей интересующихся бизнесом и иногда даже Ферузхан может перепостить, решил написать новые (базовые) критерии успешности в бизнесе:

- Не строить личный бренд — а приходить вовремя на встречу
- Не развивать бизнес мышление — а развивать чувство ответственности
- Не открыть телеграм-канал — а не кидать людей
-Не оформить страницу в linkedin или портфолио — а уметь оформить реальную репутацию
- Не выигрывать фестивали — а выигрывать свою лень, эго, инфантилизм
- Не дарить партнерам кружку на Новый год — а быть партнером, который не подводит
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
​​“Legendarniy” Gentra va brendlar

Gentraga Merc rul, merc bar, merc o’rindiqlar qo’yib yuradigan tanishlar sizda ham bo’lsa kerak. “Okala moshinani injig’i” deb reklama qilishadiku, o’sha xullas.

Lekin haqiqat shundaki, qancha harakat qilmang, u baribir GENTRA. GM ni mashinasi.

Ba’zi bir rebranding, reklama kampaniya qiladigan, eng qimmat blogerlar bilan ishlaydigan kompaniyalar ham shunga o’xshaydi. Reklama, logotiplar, strategiya, manifestlar yangiyu, mahsulot o’sha.

Chetdan qarab, “tyuning”ga ketgan shuncha xarajatni o’rniga Merc olsa bo’lmasmikan deb o’ylab qoldim
HTML Embed Code:
2024/05/17 22:33:21
Back to Top