TG Telegram Group Link
Channel: Ne'matjon Mansurov
Back to Bottom
Brendlar. Marketing. Agenlik biznesi.

Barchasi haqida “Lokals Central Asia” kreativ agentligi rahbari Farhod Norboyev va “FCB Art Group Tashkent” direktori Shaxrux Nizamutdinov bilan gaplashdik.

Podkastni hoziroq YouTube sahifamda tomosha qilishingiz mumkin👉🏻 https://youtu.be/_tuZoxB2ICQ

Yoqimli tomosha, do’stlar😎
​​30 kunlik Reels chellenjlari va nima bu uchun bu yaxshi g’oya emas?

Hozir Instagramda har ikkinchi odam 30 kunlik, 60 kunlik, e boring 90 kunlik chellenj qilib, 10k(10 000 degani), 50k obunachi yig’ishni reja qilmoqda. Bu esa ma’nosiz harakat ekaniga 2 ta sabab keltiraman.

1. “Tez va ko’p”
Sifatli kontent analiz, ssenariy, reja asosida qilinadi. Bu kabi chellenjlarda esa vaqt kamligi, nima bo’lsa ham tezroq video chiqarish kerakligi uchun oson, tezroq yozsa bo’ladigan videolar qo’yib boriladi. Instagram yana siyqasi chiqqan, qiymatsiz 30 ta videoga boyiydi💵

2. 1 oyda 10 ming obunachi
Chellenj ustalarining maqsadi o’zlari aytganidek foydali ma’lumot berish emas, tezroq 10 ming obunachi yig’ish bo’lib qoladi. Kerakli, qiyinroq ma’lumotlar emas, ko’proq “prosmotr” yig’adigan kontent chiqariladi. Shu uchun bir kun marketing haqida gapirilsa, boshqa kun mobilografiya, undan keyin oxiriga oq-qora fonda chaqmoq qo’yiladigan video chiqariladi. Shunda savol tug’iladi: Auditoriya uchun kimsiz o’zi? marketolog, mobilograf yoki motivator?

Xullas, tekin maslahat: Agar haqiqatdan foydali ma’lumot bermoqchi bo’lsangiz, bunaqa chellenj qilmang. Vaqtingizni asramoqchi bo’lsangiz, chellenjchilarga obuna bo’lmang.

@nematjon_mansurov
​​O’zbekistonda marketolog, marketing direktor bo’lish uchun 3 ta qadam:

- Marketing, targeting, kommunikatsiya, strategiya(vahima eshitilishi uchun hamma gapga qo’shsa bo’ladi), OLV, CPC, ROMI degan so’zlarni o’rganasiz;

-Instagram, Telegram blogerlarni kuzatib, reklama narxlarinu aniqlaysiz;

- Banner va Led ekranlarga reklama qo’yadigan tanish topasiz.

Bo’ldi, bo’ldi. Endi istalgan kompaniya(90% deylik) eshiklari sizga ochiq.

P.S. Aytgancha Instagramda SMM ekspert, marketolog, targetolog, mobilograf, dizayner, CEO deb yozib qo’yish esdan chiqmasin-a?😉

@nematjon_mansurov
Click va Uzum birlashibdi⚡️

Mana bu yangilik
Qimmat soting!

Ekspertlar yoki blogerlarlardan bu frazani eshitgan bo’lsangiz kerak. Ha, ular bir tomondan haq, lekin…

Lekin qimmat sotish - mahsulot yoki xizmatga qo’shimcha qiymat berish, odamlarga qulaylik yaratish, sifatli mahsulotga ega bo'lish degani aslida.

«Narxni ko’tarmoqchiman, lekin mijozlarim ketib qolishidan qo’rqyapman» degan savolga, chiroyli javob o’qigandim. «Aslida sen narxni ko’tarishdan emas, o’sha narxga mos mahsulot yoki xizmat ko’rsata olmasligingdan qo’rqyapsan» degan. Va bu eng yaxshi javob menimcha.

Mahsulotingizni yaxshilang, xizmat ko’rsatishni maksimal darajaga olib chiqing, mijoz odamlarga qulaylik yarating va albatta QIMMAT soting.

@nematjon_mansurov
Bepul sendvichga bir umrlik «подписка»

Subway brendi o’z ismini Subway’ga o’zgartirgan mijozlarga bir umrlik bepul sendvichlar uchun sertifikat bermoqda.

Aksiya 4 kun (1-dan 4-avgustgacha davom etadi). Qiziquvchilar ham yetarlicha.

Bizda qaysidir brend shunaqa aksiya e’lon qilsa, ishtirok etuvchilar topiladimi? Eshmatov Chopar Pizza, G’ishmatov Korzinka, Toshmatov Akfabek masalan?

@nematjon_mansurov
Aytgancha, 5 yil oldin taxminan shunaqa aksiyani Domino’s Pizza e’lon qilgandi.

Aksiya sharti brend logotipini tananing ko’rinarli qismiga tatiurovka qildirib, ijtimoiy tarmoqqa #доминоснавсегда heshtegi bilan qo’yish kerak edi.

Yutuq yiliga 100 ta pitsa, naqd 100 yil davomida 🍕

31-avgustda e’lon qilinib, 31-oktyabrgacha davom etishi rejalashtirilgan aksiya 3-sentyabrda muddatidan oldin yakunlanadi. Talabgorlar ko’pligi hisobiga.

Aksiya to’xtatilgani haqidagi e’londan keyin,tatiurovka qildirib, qatnashishga ulgurmagan ishtirokchilar uchun tatoo salonlar chegirmalar berishgan. #доминосНЕнавсегда heshtegi bilan albatta😉

@nematjon_mansurov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Че смотришь, снимать надо»

AiTube.kz videohosting platformasi reklama roligi.

P.S. 2022-yil Red Jolbors festivalida OLV yo’nalishida Kumush sovrin olgan.

@nematjon_mansurov
Kommunikatsion strategiya

Biz har doim ko’chada, televizorda, youtebeda yoki ijtimoiy tarmoqlarda ko’radigan va eshitadigan reklamalarimiz kommunikatsion strategiya asosida bizgacha ya’ni maqsadli audiroriyagacha yetib keladi.

Kommunikatsion strategiya asosan 3 ta savol:

-Kimga? (auditoriyamiz kim, qanaqa odamlar, qanaqa xohish-istak, yashash tarziga ega insonlar)

-Qayerda? (Potensial mijozlarimiz bilan qayerda kommunikatsiya qilishimiz mumkin? Bilbord, Led ekranlar, digital kanallar, televizor, metro vahokazo)

-Qanday xabarni yetkazmoqchimiz? (Mahsulotimiz ularning qaysi muammolariga yechim bo’ladi? Aynan qaysi xususiyatlariga e’tibor qaratmoqchimiz va auditoriyada qanaqa fikr uyg’otmoqchimiz?)

To’liqroq tushunib olish uchun Farhod Norboyevning Marketing Club’dagi videosini tomosha qiling

🟢 Yuqoridagi rolikni ko’rgan holda ushbu reklama kampaniyasining taxminiy kommunikatsion strategiyasini topa olasizmi? Izohlarda javoblaringizni qoldiring👇

@nematjon_mansurov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Marketing Club
Alta plast rolik bilan cheklanib qolmoqchi emasga o’xshaydi

Telegram | YouTube | Instagram
Keys bo’yicha fikrlaringiz qanday? Izohlarda qoldiring👇

P.S. Kechroq to’liq ko’rib chiqamiz va o’z fikrlarimni batafsil yozaman
​​Marketing sohasida ishlab, o'zim uchun qilgan xulosalarim:

1.Marketingda ishlash bu faqatgina kreativ g'oyalar, qarsaklar, yutuqlar emas. Marketing bu bitmaydigan qog'ozlar, raqamlar, grafiklar, taqdimot va tuganmas "otkaz"lar

2.Hamma sohani o'zini mutaxassislari bor, faqat marketingni emas. Marketingda hamma: rahbar, dizayner, sotuvchi, yordamchi, hatto ishxona qorovuli ham ekspert. Ular istagan paytda "E, ukam ishlomayapsanla" deyishi mumkin va bu normal

3.Mahsulotingizni hech kim kutmayapti. Hamma "и так" yaxshi yashayapti. Shu uchun "Qora... tez kunda" degan reklamalarga pulni bekorga sarflamang

4.O'qigan kurslaringizdagi bilimlar 20% holatda kerak xolos. Qolgan 80% ida muloqot ko'nikmangiz, kommunikatsiya, sotuvchilik, muzokara olib borish va odamlarni ishontira olish qobiliyatlari kerak

5.Raqamlar aldamaydi. Har doim raqamlar, statistika va natijalar haqida gapiring. Shunchaki g'oyalar hech kimga qiziq emas

6.Yaxshi va yomon kreativ degan narsa yo'q. Ishlaydigan va ishlamaydigan kreativ bor. Qaysidir keysga baho berish faqat natijalariga qarab bo'ladi

7.Xorijiy ekspertlarning hurmati balandroq bo'lgani ular juda kuchli ekanidan emas. Shunchaki biz o'ta va o'ta kuchsiz ekanimizdan(1 0 dan 100 marta kattaroq degan iborani eslang)

8."Pulidan muammo yo' ukam" deydigan mijozdan qochish kerak. Ishonavering, aynan shu mijoz bilan puldan muammo bo'ladi

9."Yoki tekinga yoki qimmatga ishlang" degan narsa bekor gap. Tekinga hech qachon ishlamang, tekin narsani qiymati ham, hurmati ham yo'q. Qimmatga sotish uchun esa tajriba kerak.

10.Bunisini siz yozing. Yana qanday xulosa va takliflarni qo'sha olamiz?

@nematjon_mansurov
RDB marketing metodi haqida eshitganmisiz?

Biror mahsulot va xizmatingizni sotayotganda “O’ylab ko’raman”, “Menga kerak emas”, “Arzonroq variantini ayting” kabi e’tirozlarni eshitishni xohlamasangiz ushbu metodni qo’llab ko’ring.

P.S. Video hajmi sal kattalashib ketdi :)

@nematjon_mansurov
​​Tadbirkordek o'ylang, marketologdek ishlang

Menga o'xshamang. Ancha vaqt oldin, tashqi buyurtmachilar(brendlar) bilan ishlaganda bir muammoga duch kelgandim. Ishlaymiz, chiroyli dizayn qilamiz, saytlar qilamiz, pafosga boy matnlar yozamiz, lekin... Lekin mijoz ketib qoladi.

Chunki sotuv kam yoki yo'q. Xuddi mendek aytishingiz mumkin, sotuvga maxsus bo'lim javob beradi. Meni vazifam trafik olib kelish. Man ishimni bajardim.

Sizni xafa qilishga majburman. Aynan sizning ishingiz effektivligini sotuvlar belgilab beradi.

Ya'ni biznesga siz qanday foyda olib keldingiz?

Zo'r taqdimot qildim, kreativ kontent qildim, mana shuuncha qamrov bo'ldi. Ba'zi marketing agentliklarining Instagram sahifasida hatto layklar soni haqida yozishganini ko'rdim. Layk???

Tadbirkor layklaringizni yig'ib, yangi tovar sotib oladimi? Balki "prosmotr"larni konvertatsiya qilib, bank kartasiga tashlab olishni imkoniyati chiqqandir? Super kreativ taqdimotni "Open Byudjet" uchun bitta ovozga almashishganini esa hozircha eshitmadim.

Shu sababli doimo raqamlarda gapirishni va raqamlar bilan ishlashni o'rganing. Developer bilan ishlayapsizmi, marhamat nechta uy sotganingiz haqida gapirib bering, riteyl kompaniyami, trafik qanchaga oshgani, konversiya foizi sizgacha va sizdan keyin qanaqa bo'lgani, onlayn yoki offlayn sotuvlarni aniq sonlarda ayting.

Tadbirkordek o'ylang, unga muhim bo'lgan element(asosan sotuv) haqida o'ylang, natija uchun ishlang va bu haqida qo'rqmasdan gapiring.

@nematjon_mansurov
Ma’lumot uchun: Ushbu Instagram sahifa Qozog’istondagi eng taniqli va ko’p foydalaniladigan Super-app - Kaspiga tegishli

Kunlik foydalanuvchilar soni 7 mln(2022-yil). Aksiyalarining bozor narxi qariyb 20 mlrd dollarni tashkil etadi.

Mijozingizga xizmatlaringizni taklif qilishda yoki keyslaringizda dizaynini zo’r qildik deb Instagramga qo’yishdan oldin shu brendni eslang.

@nematjon_mansurov
Qiziq kuzatuv. Nimagadir oxirgi paytlar qaysi tarmoqqa kirmang, qo'liga klaviatura tushgan yoki futbolkasiga Caramonic mikrofon ilgan odam borki, yoshlarni tanqid qilgisi, ularga qanday yashashni, qachon uylanishni, yosh bo'lib turib, professional bo'lish mumkin emasligini o'rgatgisi kelyapti.

"100 yillik tajribang bo'lmay turib, nega bunaqa narx?" "Yosh bolalar o'zini ekspert deydi. xa-xa-xa"

Keling, oldin aniqlab olaylik. Sizga natija muhimmi yoki mutaxassisni yoshi? Natija bormi - krasavchik. Natija yo'qmi - 1000 yillik tajribasi bo'lsa ham foydasiz. Bo'ldi.

Professionallik - bu birinchi o'rinda mas'uliyat va ishga bo'lgan munosabat. Mutaxassisdan asosiy talab esa o'z ishiga professional yondashishi va natija olib kelishi. Yoshi E-M-A-S! Yoki 30-40 yillik tajribasi bor diletantlarni faqat men taniymanmi?

Xullas iltimos, yoshlarni tinch qo'yinglar. Qo'lingizdan kelsa o'sishiga, rivojlanishiga yordam bering. Kelmasa xalaqit ham bermang.

@nematjon_mansurov
HTML Embed Code:
2024/06/16 01:56:53
Back to Top