TG Telegram Group Link
Channel: Ma'rufjon Blogi
Back to Bottom
Ishxona tomondan metrogacha sekin piyoda boryapman. Yomg'irdan  keyin shahar bir muncha chiroy ochgandek.

Yo'l yurib ketyapman-u, xayolda nega endi premyera qilinganda unchalik yoqmagan "Logan" (2017) filmi endi qayta ko'rganimda menga yoqqani aylanyapti. U paytlar men ham Rosomaxa singari qiziqqon, tab tortmaydigan inson edim. Hozir esa sal ehtiyotkorroq, voqealarga mulohazakor qaraydigan bo'ldim.

Umuman olganda gapim bu haqida emasdi. Har safar shaharni kezish bahonasida piyoda yurganimda atrofga zavqlanib qarayman. Chunki bir paytlar men uchun orzu bo'lgan narsalar hozir sekin-asta erishilyapti. Bilmadim, o'sha maqsadlarimga jiddiy harakat qildimmi, yoki omadim keldimi?! Lekin shunisi aniqki, hozirgi hayotimdan mamnunman.

Inson o'zgarib boraveradi. Prioritetlar ham vaqt o'tib almashaveradi. Menda ham hozir yanada qat'iyroq, yanada jiddiyroq maqsadlar paydo bo'lgan. Endi ularga yetish uchun og'ishmasdan, toyib ketmasdan intilish kerak. Bir yil oldingi menim bilan, hozirgi menimda katta farq bor. Kamida - ruhiyatda. Endi esa bir yil keyingi (nasib etsa) menim uchun ham hozir qadam bosib turish kerak.

Kecha nimadir o'rgangan bo'lsangiz, bugun ham kechagidan yaxshiroq nimadir olgan bo'lsangiz, bu - yutuq. Ertaga ham shunaqa yashash kerak. Bu endi maqsad!

@marufjonblogi
Natija esa uzoq kutilgan “Baxt gormonlari” kitobi chiqdi. Meni tarjimamda. Bunday kitoblarni hamma o‘qishi kerak deb hisoblayman.

Kitob hali qo‘limga tegmadi ) Rasm ham boshqa joydan ))))

Muallif: Loretto Graziano Broyning
Tarjimon: Ma'rufjon Ochilov
Hajmi: 234 bet, yumshoq muqova

@marufjonblogi
Chexovning "Garov" hikoyasi haqida

Inson hayotidagi "everest"iga yetsa nima bo'ladi? Komillik darajasiga yetgan inson uchun juda ko'p narsalar absurdlashadi...

Hikoyada garov evaziga 15 yilini qamalgan holda o'tkazishga rozi bo'lgan odam o'sha yillarni o'qish va o'rganishda o'tkazadi.

Ha, biz ilmni misqollab yig'amiz. O'qigan narsalarimiz huuuv o'sha xurmo haqdagi hikoyada meva tanaga singgani kabi singgadi. Shuning uchun qo'limizga tushgannimas, muhim bo'lganlarni o'qishimiz lozim. Zero, shu o'qiganlarimiz bizda aks etadi.

Hikoyada biz o'tkinchi bo'lgan narsalarga judayam ko'p ahamiyat berayotganimiz, ba'zi joylarida xato yashayotganimiz ta'kidlangan. Ha, qisqa hikoyalar ham ba'zan ko'p ma'nolarni beradi.

Hikoyani tinglash uchun: https://www.youtube.com/watch?v=FAVbLG1rpsc

Hikoyani o‘qish uchun: https://telegra.ph/Anton-Chexov-Garov-hikoya-10-16

@marufjonblogi
So‘nggi paytlarda YouTube’da kitobga yo‘nalgan kanallarni kuzatishim keskin kamayganini sezdim.

Karantin va undan keyingi vaqtlarda o‘zimizni sferada (biz juda kamchilikmiz) va chet eldagi bookblogerlarni har bir videosini qoldirmay ko‘rardim. Qanaqadir palla bo‘ldi va men kitoblar haqidagi videolarni kuzatmay qo‘ydim. Fokusni boshqa mavzuga qaratganim sababdir. Bugun esa yana o‘sha bookblogerlarni kanallarini ko‘rib chiqdim va... videolarini o‘zgacha uslubda olib boradigan bir bookbloger (chet ellik) kanalni yuritishni to‘xtatgani, bunga allaqachon 6 oy bo‘lganini ko‘rdim. So‘nggi videosida batafsil tushuntirgan nega ketganini. Men bir paytlar videolarini qoldirmay ko‘rardim. Afsus.

O‘zim ham anchadan beri kitoblar haqida gapirmay qo‘ydim. Aynan gapirmay... yozishdan to‘xtamayapman. Nega kontent olmayapsan, deydiganlarga doim prof kamera, chiroq, yana bir nimalarni bahona qilaman. Ha, aynan bahona. Bu erinchoqlik masalasi bo‘lsa kerak katta ehtimol bilan. Lekin gapiradigan narsalarim bisyor. Shu vaqt ichida juda ko‘p kitoblar o‘qidim. Ular haqida gapirishim kerak. Bu sferani sog‘inibman.

Hozir umuman boshqa yo‘nalishga e’tiborni qaratganman. Uniyam juda qoyillatmadim-u, lekin yaqin orada bu borada jiddiyroq siljishlar bo‘ladi. Shu o‘rinda kitoblar haqida ham gapirib turishim kerak. Nima deysizlar, prof darajada olinmagan bo‘lsa ham videolarni ko‘rasizlarmi? )

@marufjonblogi
Ko‘p vazifani zimmaga olish

Hozir zamon tezkor, hamma narsa tez sur’atlarda kechmoqda. Shunga yarasha siz ham hammasiga ulgurib qolay deb, ko‘p vazifalarni bajarishga tushasiz. Ko‘pchilikda kuzatyapman, bir vaqtning o‘zida bir nechta ishni qilishga urinadi. Qo‘pol qilib aytganda, beshta barmoqni birdan og‘ziga tiqadi.

Bu yaxshi ishmas. Ko‘p vazifalarni zimmamizga olish, oxir-oqibatda hech birini bajarmaslik, bajarganda ham chala-chulpa qilishga olib keladi. O‘z hayotimdan misol qilaman: men ham bir vaqtda 3-4 ta ishni qilishga urinardim. Natijada hech biridan ko‘nglim to‘lmagan. Birini bajarayotganda, narigisi xayolda turadi. Narigisiga e’tiborni qaratsangiz, bunisi miyangiz chetini kemirib turaveradi.

Shunday ekan, ko‘p vazifalarni bo‘yinga olavermaslik kerak. Bitta ishni mukammal, ideal holatda bajarish kerak. O‘nta chala ishdan ko‘ra, bitta mukammal ish sizga foyda keltirishi mumkin.

Keyin, bu narsa sizni prokrastinatsiyaga ham olib borishi mumkin. Ya’ni muhim ish uyoqda qolib, mayda-chuyda narsalarni bajarish bilan vaqtingizni o‘tkazasiz. Bu haqida alohida kattaroq post qilaman.

Hozircha esa diqqatni bitta ishga jamlash haqida bir nechta kitoblarni tavsiya qilaman: Greg Makkeon “Essensializm”, Kris Beyli “Giperfokus”, Kel Nyuport “Diqqat”.

@marufjonblogi
Forwarded from Mahin's World
#reading

Ushbu kitob dovonlar osha Mahinning qo’liga o’qib turish sharti ila yetib keldi. @marufjonblogi dan Mahinga, Sanjar aka Nazardan esa Ma’rufga kelgan. Ko’p o’qilgan kitobda qahrabo kabi nimadir bo’larkan. Kitobni Ma’rufdan ming yil deganda arang uyiga borib, tortib oldik🌚. O’qib bo’lishimni har sekundda kutsa kerak deb turibmiz endi.

O’qiganlar bormi?
@mahinsworld
Yaxshi kitoblar shunaqa o'qiladi o'zi
Jorj Lukas bilan Tolkin yaratgan ulkan bir olamlarning muxlislari uchun yana bir olam borki, uni ham yuqoridagi ikki olamdan kam yaxshi ko‘rishmaydi. Bu Jorj Martin tomonidan o‘ylab topilgan olam. Vesterosga endi o‘zbek tilida sayohat qilish mumkin bo‘ladi.

Bu, menimcha, fentezi ishqibozlari uchun juda ajoyib xabar bo‘ldi. Albatta, bu janrdagi eng yirik asarlardan birini o‘zbek tilida o‘qish yoqimli. Hali bu qator seriyaning ilk qismi. Qayd etib o‘tishim kerak, Martin og‘aning o‘zi ham kitobni hali to‘liq tugatmagan.

Asarning davomi ham tarjima qilinishini kutib qolamiz. Ungacha esa taqdimotga borib, kitob ustida ishlagan insonlarga rahmat aytib kelish kerak. Bu ulkan yutuq!

Serialdan farqli ravishda endi o‘zingiz Jon Snou, Starklar, Lannisterlarni o‘z tasavvuringizda shakllantirish imkoni paydo bo‘ldi.

@marufjonblogi
Boshlab qo'yilgan kitoblar ) Ba'zilari esa qayta o'qilyapti. Ba'zilari esa o'zimni qiziqtirganlari.

Hech oxiriga yetolmayapman )

Siz ham bir vaqtda bir nechta kitobni boshlab, oxirigacha yetolmayapsizmi? )
To'g'risini aytsam, oxirgi shovqinlar tezroq tinishini kutyapman. Sokinlashgach, keyin haqiqatni bilib olsa bo'ladi. Hozir hamma eyforiyada turibdi.
"Mutolaa" loyihasining taqdimot marosimiga taklif qilishdi.

Lohiyaning kelajagi bor. Nasib etsa boramiz

@marufjonblogi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buni yozmasa bo'lmaydi!

O'zbekiston Olimpiyada terma jamoasi o'z tarixida ilk marta Olimpiada o'yinlari yo'llanmasini qo'lga kiritdi 🔥🔥🔥

Parij-2024 🏆

@marufjonblogi
Konsta va Jerom Selinjerning “Javdarzordagi xaloskor” asari

So‘nggi yillarda o‘zbek rep olamida yangi inqilob yuzaga keldi. Reperlar o‘z ustida ishlab, turli yo‘nalishlarda eshituvchilarga yoqadigan musiqalarni taqdim eta boshladi. Albatta, bu juda yaxshi. Paytida rep faqat Shoxrux, Shaxriyor va Radius 21 dan iborat edi degan stereotip shakllanayotgandi. Endi esa yangidan-yangi nomlar paydo bo‘lyapti. Ular ichida Konstaning ijodini alohida e’tirof etish zarur.

Konsta yangi chiqqan ijodkor emas. Zero, shaxsan o‘zim uning treklarini 2015-16-yillarda ham eshitardim. MTM (More than music) nomli leybli ham bo‘lardi. Noumo bilan birga aytgan treklari hali hamon pleylistdan tushmaydi.

So‘nggi yillarda esa Konsta ijodini yangi darajaga olib chiqdi va hamon progressda davom etyapti. Nega uning qo‘shiqlari juda tez o‘z tinglovchisiga yetib boryapti va yoqyapti? Atrofga nazar soladigan bo‘lsak, uning tinglovchilari asosan yoshlar. Reperning treklarida esa aynan ularning ichida qolayotgan, kattalarga yetkaza olmayotgan gaplari, tug‘yon urayotgan olovlar mavjud. Bu esa yoshlarga yoqishi, tabiiy. Ular ham o‘zini kimdir tinglashini, eshitishini, ular ham ko‘p narsaga qodir ekanligini ko‘rsatishni, rivojlanishga va rivojlantirishga hissa qo‘sha olishini isbotlashga tayyor. Konsta esa aynan insonlarning dardini tushuna olgan.

Uning treklarini eshitar ekanman, bir paytlar o‘qiganim, Selinjerning “Javdarzordagi xaloskor” asari yodimga tushaveradi. Asardagi bosh qahramon Holden Kolfild o‘smir yoshlarning “ovoziga” aylangan. Ular qahramon bilan o‘zlarini bog‘lashadi, ich-ichlaridan uning xatti-harakatlariga qo’shilishadi, hech kimga ayta olmaydigan sirlarini Holdenda ko’rishadi. Kolfild o‘smirlarning baralla aytolmayotgan gaplarini bemalol aytaveradi, ularning ichidagi gapini tashqariga chiqarib beraveradi. Shu tomonlama ham asar ko‘pchilikning sevimlisiga aylangan.

Xulosa qilib aytmoqchimanki, inson o‘zi aytolmayotgan gaplarini, ichdagi sirlarini ayta oladigan “ovoz” qidiradi. Aynan o‘sha “ovoz” bo‘ladiganlar esa doim qadrli bo‘ladi.

@marufjonblogi
Telegram`da foydali va qiziqarli kanallar tobora ko'payib bormoqda. Bugun biz sizning e'tiboringizga adabiyot va kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi eng sara kanallarni havola etamiz.

Barcha kanallarga a'zo bo‘lish uchun havolani BOSING!
#hobbit

- Nega qaytib kelding?

- Sen menga ishonmaysan, bilaman. Doim shunaqa bo'lgan. Haqsan, tez-tez uyimni eslayman. Kitoblarimni sog'inaman. Kreslo va bog'imni ham. Ha, mening joyim o'sha yerda. Bu - mening uyim. Axir, sizlarda u yo'q, shuning uchun qaytib keldim. Uy. Uni sizdan tortib olishgan. Va men sizlarga uni qaytarishga yordam beraman.

©

@marufjonblogi
Shahar shovqini. Shaharning tungi atmosferasi juda chiroyli. Kimdir ishdan uyga shoshgan, kimdir oilasi bilan sayrga chiqqan, yana kimdir esa shunchaki atrofga qarab, manzarani tomosha qilyapti. Muhimi, hamma yashayapti.

Aytgancha, mana shu kitob mutolaada. Sal qo‘polroq, ochiqroq tilda yozilgan. Lekin unga yozilgan izohlarning deyarli 90 foizi ijobiy.

Sizda-chi? Qaysi kitob o‘qilish jarayonida?

@marufjonblogi
HTML Embed Code:
2024/05/13 04:47:34
Back to Top