TG Telegram Group Link
Channel: Ma'rufjon Blogi
Back to Bottom
Bugun sizlarga Bukmeyt ilovasini tavsiya qilmoqchiman

Avtobus yo metroda ketayotganda, biror joyda navbat kutayotganda, o‘zi umuman elektron kitob mutolaa qilayotganlarga ajoyib tavsiya. O‘zim oxirgi paytlar faqat shu ilovadan kitob o‘qiyapman. Tunda o‘qishingiz uchun ham tungi rejimi mavjud.

Unda alohida bo‘limlar bor. Xohlagan bo‘limga kirib, kitobni tanlab o‘qiyverasiz. Eng yaxshi jihati, audiokitoblar ham bor.

Shuningdek, men sevadigan psixologik triller bo‘limi bor ) Yana Bukmeyt ilovasini yaratgan va hozirda unda ishlayotgan jamoa ham ayni kunlarda qaysi kitobni o‘qiyotgani va eshitayotgani haqida yozib boradi.

Kitoblar ekrani doimiy yangilanib boradi. Xullas, kitob o‘qishga qulay ilova.

@marufjonblogi
Aytgancha, ijodni qo'llab-quvvatlash, YouTube'ga qaytib, yana videolar olib, ajoyib kontentlarni yo'lga qo'yish uchun donat, homiylik qilish imkoningiz bor.

Mana shu linkka kirib, izoh yozib, pul o'tkazishingiz mumkin. Kitob blogerlarga reklama yo boshqa tadbirlardan pul tushmasligini hisobga olsak, shu yo'l bilan ularni qo'llash imkoni mavjud.

https://www.tirikchilik.uz/marufjonblogi
Ma'rufjon Blogi pinned «Aytgancha, ijodni qo'llab-quvvatlash, YouTube'ga qaytib, yana videolar olib, ajoyib kontentlarni yo'lga qo'yish uchun donat, homiylik qilish imkoningiz bor. Mana shu linkka kirib, izoh yozib, pul o'tkazishingiz mumkin. Kitob blogerlarga reklama yo boshqa…»
​​...bu holat tez-tez sodir bo'ladi. O'tmishing bilan bog'liq insonlar go'yoki, seni qo'yib yubormaydigandek, sen bu bog'lanish sababli ozod bo'lolmaysan. Qanchadir muddatdan so'ng qarshilik ham qilmay qo'yasan.

Britaniyalik yozuvchi Pola Xokinsning "Poyezddagi qiz" romani zamonaviy psixologik trillerlarning yorqin namunasi hisoblanadi.

Reychel har kuni ertalab poyezd bilan Londonga ishga boradi. Har kuni yo'lda uy balkoniga chiqib o'tirgan qiz va yigitni ko'radi. Oddiy oila. Sevishganlar. Bir-biriga qadalgan nigohlar. Barchasi oddiy.

Lekin bir kuni Reychel yo'lda ketayotganda, xuddi o'sha uy qarshisidan o'tayotganda, yana ikki bir-biriga qadalgan nigohlarni ko'radi. G'ayritabiiylik shunda ediki, bu safar yigit boshqa edi. Keyinchalik esa xabarlarda o'ziga tanish bo'lgan o'sha qizning yo'qolganini o'qiydi. Voqealar mana shu yerdan rivojlanishni boshlaydi...

Kitobni bir nafasda o'qishingiz mumkin. So'zlar jamlanmasi shunday tuzilganki, sizni aslo zeriktirmaydi. Psixologik trillerlarga qiziquvchilar va zamonaviy adabiyot ixlosmandlari uchun o'qishga arziydigan kitob. Pola Xokinsning boshqa asarlarini o'qishni tavsiya etaman.

"Poyezddagi qiz" asari asosida 2016-yilda film ham ishlangan. Kino ixlosmandlariga ham yoqadi bu film. Tavsiya qilaman.

@marufjonblogi
Ken Kizi “Kakku uyasi uzra parvoz”

Bir paytlar filmini ko‘rib, hech nima tushunmagandim. Nimasi qiziq oddiy jinnixonaga bitta odam kelib, baqir-chaqir qilganini degandim. Yillar o‘tib, filmni qaytadan tomosha qildim. Bu oddiy film emasligi, Makmyorfi shunchaki ruhiy xastalar shifoxonasiga kelib, baqir-chaqir qilmaganini, bu ramziy ma’nodagi film ekanligini anglaganman.

Sal o‘tib, kitobini ham tugatdim. Kinosidan farqli ravishda men tushungan ramziy ma’noni yanada kengroq ochib beribdi Ken Kizi.

Makmyorfi u yerga tushib qolib, yillar davomida amalda bo‘lib kelgan qoidalarga qarshi chiqadi. O‘ziga xos “bunt” uyushtiradi. Atrofdagilar esa bir unga yordam bergisi keladi, bir chetdan uning Don Kixot singari shamol tegirmoniga qarshi kurashini tomosha qiladi. Katta hamshira esa biz asarlarda o‘qigan, kinolarda ko‘rgan va real hayotdayam ba’zida uchrab turadigan tiran.

Ozodlik madhiyasiga o‘xshash ushbu kitob juda ko‘pchiligimizning ichimizdagi o‘sha qo‘rquvni ko‘rsatib bera olgan. Biz haq-huquqimizni bilmaymiz, uni talab qila olmaymiz. Makmyorfilar kelib, biz uchun kurashsa, unga yordam berish o‘rniga chetdan tomosha qilamiz. Uning qilayotgan ishlarini go‘yoki shoudek qabul qilamiz. Agar ichdagi qo‘rquv yengilmas, biz hammasiga ko‘nadigan bo‘lib qolaversak, Katta hamshiralar doim atrofimizda bo‘ladi. Kurashishga yo‘l qo‘ymay, bizni “sindirishga” urinadi. Makmyorfilar esa har doim ham kelmaydi. Ular bo‘lmasligiyam mumkin...

@marufjoblogi
Endi esa bir savolni o‘rtaga tashlamoqchiman. Ken Kizining “Kakku uyasi uzra parvoz” asarini o‘qiganlar yoki filmini ko‘rganlar bormi?

Odatda, qaysidir kitobni o‘qisam, unga ishlangan film ko‘nglimni hech to‘ldirmaydi. Lekin bunda ikkala asar ham menga yoqqan. Kitob kinoni yanada to‘ldirib bergan bo‘lsa, kinoda kitobdagidan boshqa jihatlarni ham olganman.

Xo‘sh, haqiqatan ham Ken Kizining asari shu qadar yaxshimi? O‘z fikr mulohazalaringizni yozib qoldiring.

Yana shunday kinosi va kitobi bir xil taassurot qoldirgan, ya'ni yoqqan asarlarni ham izohda yozib ketishingiz mumkin.

@marufjoblogi
Hozirgi kunda YouTube platformasida suhbatlar, podkastlar tendensiyasi kuzatilmoqda. Ular ichida kitob haqidagisi, yoki kitoblar haqida gapiradigan blogerlarni qoldirmay kuzataman.

Barchamiz "Akademnashr"ni bilamiz, kitoblarini sevib mutolaa qilamiz. Lekin kitob nashr qilish, umuman nashriyot ichidagi bo'ladigan jarayondan xabarimiz bormi? Nashriyot rahbari Sanjar aka boshchiligida "gurunglar" tashkil qilinyapti. Juda chiroyli va maroq bilan tomosha qilinadigan suhbat bo'lgan.

https://youtu.be/RSkpHKWhLOo?si=dnG-MPlAgzInSXTt
Forwarded from Bookinoman
Bookinoman loyihasidan asosiy maqsad YouTube kanalda kino olamidagi voqealar, yangiliklar, o‘zim uchun qiziqarli personajlar haqida videolar qilish edi. Mana shu qadamni qo‘ydim.

YouTubeda kanalning ilk videosi chiqdi. Qo‘llab yuborasizlar degan umiddaman.

https://www.youtube.com/watch?v=vxkVYPD3hkU
Psixologlarni ham xonasi oldida oyna bo'lishi lozim. Mijoz har doim chiqib ketayotganda xuddi trenajor zalida tanasini suratga olib maqtangandek, o'zini suratga olishi uchun )

@marufjonblogi
Ernest Xemingueyning “To‘qchilik va yo‘qchilik” asarini o‘qib tugatdim. Lekin hozir yozmoqchi bo‘lganlarim kitob mazmuni emas, undan sal uzoqroqda bo‘ladi. Ha, aytgancha, kitobni o‘qish davomida o‘z-o‘zidan “Tochka obstrela” degan kino yodimga tushdi. O‘sha kinoda ham bitta vaziyatga turli rakurslardan qaraladi. Kitobda ham ma’lum bir vaziyatga turli insonlarni munosabati turlicha rakurslardan ko‘rsatilgan.

Umuman olganda menga dengizdagi sayohatlar, kemalar, qayiqlar haqidagi asarlar/kinolar yoqadi. O‘zgacha zavq bilan ko‘raman/o‘qiyman. Menimcha, barchasiga bolaligimda ko‘rganim “Dengiz itlari” multfilmi aybdor bo‘lsa kerak. Go‘yoki ular bilan sayohat qilardim. Turli voqealarni boshdan kechirardim.

Keyinchalik aynan shu yozuvchining “Chol va dengiz” asarini o‘qigandim. O‘ziyam ko‘pchilik zerikdim degan asarda men mazza qilganman. Albatta, avvalo unda ko‘tarilgan tagmavzu yoqqan. Inson irodasi haqidagi kitob bekorga shedevrlar qatoriga kirmaydi. Lekin ko‘proq dengizda bo‘lgani uchun ham menga yoqqan. Tur Xeyerdalning “Kon-Tikida safar”i esa meni sevimlilarim qatoriga kirib qolgan. Muallifning o‘zi boshidan kechirganlarini yozgan.

Xullas, dengiz mavzusidagi kitoblarni sevib o‘qishimni yana bir bor o‘zim uchun isbotladim.

Sizda dengiz sayohatlari haqidagi qaysi kitoblar tavsiyasi bor?

@marufjonblogi
Bolaligimdanoq og'riq nimaligini his qilganman...

@marufjonblogi
Uzoq yo'lga taksida ketyapman va natijada o'zbek qo'shiqchilari naqadar krinjlashib ketganini yanada chuqurroq his etdim.

O'z-o'zidan "Shaytanat"da Elchin va Anvar qo'shiq uchun kitob titkilab o'tirganlari esga keldi. A mana 4 yarimta yemagan so'z bn qo'shiq qilsa bo'larkan-u.

@marufjonblogi
Forwarded from Bookinoman
Anchadan beri "Road House" filmini kutayotgan edim. Chunki unda ikki karra UFC chempioni Konor Makgregor ishtirok etgandi. Aytib o'tishim kerak, irlandiyalik sportchining debyuti yomon chiqmagan.

Filmni o'zi esa jangari sahnalarni sevadigan kinomanlar uchun xush keladi. Albatta, Jeykning kinoda borligi ham anchagina qiziqishni oshiradi.

Kinoda menga eng yoqqani musiqalar va sohil bo'yi atmosferasi bo'ldi. Musiqalar sizni 80-90 yillar muhitini his qilishingizga yordam beradi.

Oxirgi paytlarda, sentimental, emotsiyalar bilan o'ynashadigan va ichki olamni ko'rsatib beruvchi kinolar ko'p ko'rganimgami, bu kino derazani ochganda kirib keladigan tashqari havosi kabi bo'ldi. Aytgancha, "Pchelovod" filmi yoqqan bo'lsa, buni ham o'ylab o'tirmasdan tomosha qiling.

@bookinoman1
HTML Embed Code:
2024/06/07 12:14:08
Back to Top