TG Telegram Group Link
Channel: Laziz Hamidov
Back to Bottom
So‘m mustahkamlanishda davom etmoqda

Quyida so‘nggi kunlarda ba’zi valyutalar kursining dollarga nisbatan o‘zgarishi keltirilgan. Grafikda so‘m, Braziliya reali hamda Polsha Zlotiysidan keyin dollarga nisbatan eng yuqori mustahkamlangan valyuta bo‘lgan. So‘nggi 5 sessiyada so‘m dollarga nisbatan 0,7 foizga mustahkamlangan (agar bugungi prognozniyam qo‘shsak mustahkamlanish 1 foizdan oshadi).

Shuningdek, asosiy hamkorlarimiz valyutalaridan rubl bu davrda dollarga nisbatan 0,5 foizga, yuan esa 0,03 foizga mustahkamlangan.  Yevro (-0,7 foiz), iyena (-0,3 foiz) kabi valyutalar esa hafta davomida dollarga nisbatan eng yuqori qadrsizlangan valyutalar bo‘lgan.

24-iyun kuni amal qiladigan dollar kursi yana 81-82 so‘m atrofida atrofida pasayishi prognoz qilinmoqda. Ayni vaqtda rasmiy dollar kursi 12 496.94 so'm bo'lib turibdi.

@lazizhamidov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Har qanday holatda va havoda ham ogʻirimizni yengil qiladigan kasb egalari

Kuryerlik — bu faqat xizmat emas. Bu — mas’uliyat, haroratga, yomg‘irga, sovuqqa, charchoqqa qaramasdan buyurtmalarni o‘z vaqtida eltib berish degani. Ular har kuni biz bilmagan yuzlab manzillarga boradi, har bir eshik ortida turli odamlar, turli ehtiyojlar va har bir buyurtma ortida kutayotgan inson borligini biladilar.

Ushbu do‘stlarimiz bizning ertalabki qahvamizni, tushligimizni, onamizga dori-darmonni, ayolimiz va farzandlarizga kerak boʻladigan mahsulotlarni kechayu kunduz yetkazib beradi.

Uzum Tezkorning “Kuryer hikoyasi” loyihasi ana shu mehnat ortidagi haqiqiy hayotlarni ochib beradi. Kulgili, qiyin, iliq va dildan o‘tgan turlicha voqealar. Bu hikoyalar — oddiy ko‘ringan odamlarning qahramonliklari haqida.

Agar siz ham kuryerlarga minnatdorlik bildirmoqchi bo‘lsangiz, ilovada buyurtmadan keyin rahmat sifatida choychaqa qoldirsangiz boʻladi. Ular esa buni albatta his qiladi.

Chunki har bir yetkazib berish — bu oddiy ish emas. Bu — kimnidir quvontirish san’ati.

@lazizhamidov
Eng yirik qurol eksportchilari va importchilarining ro‘yxati ekan.

Dunyodagi eng yirik qurol eksportchisi — AQSH. Uning ulushi oxirgi besh yilda 35%dan 43%ga chiqqan.

Rossiya va Xitoy ulushi pasaygan.

Ukraina esa dunyodagi eng yirik qurol xaridori. Ilgari 0.1% ulushga ega edi, hozir — 9.1%.

@lazizhamidov
Venada U2 va U5 metro yo’lini qazish ishlari 2021 yildan buyon davom etyapti. Qiziqib, yaqinroq borib, loyiha chizmasi bilan tanishib ko’rdim, bularni katta yo’lni tagini qazish rejasini qarang))

@lazizhamidov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👤Har bir g‘oya e’tiborga loyiq, har bir yosh avlod imkoniyatga munosib

AloqaBank bugun bu shunchaki tijorat banki emas. Balki g‘oyalariga ishongan, biznes orzularni haqiqatga aylantiruvchi kuch. Yoshlar banki: yangicha ruh, yangi missiyasi. Endi AloqaBank — bu ilhom, qo‘llab-quvvatlovchi hamrox va startaplar uchun mustahkam moliyaviy asos hisoblanadi.

Kelajak bugundan boshlanadi, g‘oyalaringiz biz bilan qadrlanadi!

Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube

Reklama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Eron fuqarolariga O‘zbekistonga vizasiz kirishi masalasi ko‘rib chiqilmoqda ekan.

Ayni vaqtda o‘zbekistonliklar Eronga yiliga ikki marta ikki haftaga sayyoh sifatida vizasiz borishi mumkin.

@lazizhamidov
2020-yil sentabr oyida ochilgan yerusti metro yo‘lida prokuratura tomonidan qator kamchilik va xatolar aniqlanibdi.

14 ta bekatni o‘z ichiga olgan butun liniya vaqtincha yopilgan. 2025-yil yoz davomida “rejali profilaktika ishlari” olib borilmoqda.

@lazizhamidov
Trolleybusga boshqa chiqmasam kerak, deb o’ylagan edim, yo’q, chiqarkanman 😅

Bratislava. Slovakiya.

@lazizhamidov
Qirg‘izistonda davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha yangi qonun qabul qilibdi. Endi deputatlar, amaldorlar, huquq-tartibot idoralari xodimlari va sudyalar qirg‘iz tilini bilishi shart ekan bo‘lmasa jarimaga tortiladi deyishmoqda.

@lazizhamidov
Laziz Hamidov
Qirg‘izistonda davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha yangi qonun qabul qilibdi. Endi deputatlar, amaldorlar, huquq-tartibot idoralari xodimlari va sudyalar qirg‘iz tilini bilishi shart ekan bo‘lmasa jarimaga tortiladi deyishmoqda. @lazizhamidov
Bundan tashqari, endi qirg‘iz tilini bilmaslik mamlakatda yashash uchun ruxsatnoma berilishiga rad javobi uchun asos bo‘ladi ekan.

Hozirda Qirg‘iziston aholisi 7 million atrofida, ularning katta qismii rus tilida gaplashadi. Rus tili kundalik muloqotda keng qo‘llaniladi. Respublika qonunchiligiga ko‘ra, qirg‘iz tili davlat tili hisoblanadi, rus tili esa rasmiy maqomga ega lekin davlat tili emas.

Avvalroq Qirg‘izlar davlat madhiyasini ham sovet davrini eslatmasligi uchun o‘zgartirishga qaror qilgan edi. Hozirda madhiyaning yangi matni va musiqasi uchun tanlov o‘tkazilmoqda.

Bu — Ukrainaga qarshi Rossiyaning keng ko‘lamli tajovuzi boshlanganidan keyin milliy identifikatsiyani ilgari surishni boshlagan beshinchi postsovet davlati bo'lib turibdi.

@lazizhamidov
Mutaxassislar Toshkent, Ostona va Bishkekda ichimlik suvi sifatini solishtirib chiqibdi. Har uchala shaharda ham ifloslanish va eskirgan infratuzilma bilan bogʻliq muammolar aniqlangan.

Toshkentda eskirgan tarmoqlar va sanoat chiqindilari tufayli xavflar mavjud. Ostonada suvning 60 foizi qishloq xo‘jaligi oqavalari ta’siriga uchraydigan ochiq manbalardan olinadi, bu esa ammiak va nitratlar me’yordan oshishiga olib kelgan. Bishkekda ham suv quvurlarining qariyb yarmi saraton kasalligini qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan asbestosementdan yasalgan.

Mutaxassislar bu shaharlarda kran suvi faqat qaynatilgach yoki filtrlangach ichishga yaroqli, degan xulosaga kelishgan.

@lazizhamidov
Bratislava g’arbiy va shimoliy Yevropa shaharlaridan ancha farq qilar ekan, aynan iqtisodiy va ijtimoiy ularchalik rivojlanmagandek tuyildi. Lekin baribir jamoat transporti yaxshi yo’lga qo’yilgan ekan. Butun shahar haqida bir nima deya olmayman, lekin ko’chada tramvay, trolleybuslar tinimsiz yuribdi. Mana bu suratni tasodifan tushirdim. Shuni o’zi jamoat transporti haqida ko’p narsani aytib turibdi.

Bizga ham Toshkentga shunday jamoat transporti yo’lga qo’yib beringlar.

@lazizhamidov
Aytgancha, Yevropadagi sayohatim davomida bu safar shaharlararo faqat Flixbus degan avtobuslar tarmog’ida yuribman.

Venadan (Avstriya) Bratislavaga (Slovakiya) shu avtobusda keldim, zo’r ekan, hech qachon yurmagan edim.

Vena - Bratislava 9 yevro;
Bratislava - Budapesht 25 yevro.

Menda o’zi aniq reja yo’q edi, chiptalarni 1 kun avval olyapman, agar samolyotga 1 kun avval olaman desam, xuddi shu yo’nalishlar 250-400 yevro oralig’ida bo’lyapti va uchish vaqti ham 15-25 soat oralig’i bo’lib ketyapti. Xullas, shaharlararo avtobuslarni o’zim uchun kashf etdim.

@lazizhamidov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HTML Embed Code:
2025/06/28 02:05:13
Back to Top