TG Telegram Group Link
Channel: Laziz Hamidov
Back to Bottom
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun internetda mana shu video juda ham keng tarqalib kulgiga olinmoqda. Gap shundaki, Donald Trampning tug‘ilgan kuni munosabati bilan o‘tkazilgan paradda qatnashgan amerikalik harbiylarning yurish uslubi juda ham no'noq va tartibsiz. Ko‘plab foydalanuvchilar ularning yurish harakatlari nimaga bunchalik g‘alati ekanligini muhokama qilishmoqda.

Bilguvchilarning yozishicha, buning asosiy sababi, AQShda harbiy paradda yurish bo‘yicha alohida tayyorgarlik ko‘rilmaydi. Bu narsa harbiylar uchun ustuvor emas, keraksiz va real jangovar sharoitda foydasiz deb hisoblanadi.

Masalan, Xitoy yoki Rossiyada harbiy paradlarga maxsus tayyorgarlik ko‘riladi – yurishlar, qadamlar va har bir harakat aniq mashq qilinadi. A, amerikaliklar esa bunday harakatlar keraksiz deb hisoblashar ekan.

@lazizhamidov
Esingizda bo‘lsa aprel oyida Dubayda o‘zbekistonliklar ishtirokida ommaviy mushtlashuv bo‘lgandi. Hatto bu sababdan BAA bilan vizasiz rejimi bekor bo‘lishiga ham bir bahiya qolgandi. Xorijiy OAVning yozishicha, o'sha janjal tufayli ikki o‘zbekistonlik halok bo‘lgan. Ishga aloqador 11 kishi, jumladan, asosiy gumondorlar qo‘lga olingan. Katta ehtimol bilan ular o‘limga hukm qilinadi.

@lazizhamidov
Yaponiyada 2024-yilda atigi 686 ming nafar chaqaloq tug‘ilibdi. 1886-yildan beri birinchi marta tug‘ilish soni 700 mingdan pastga tushgan. 124 million aholisi bor davlat uchun bu juda xavotirli ko‘rsatkich.

Qiziq tomoni – ikki yil oldin o‘zlari 2039-yilgacha tug‘ilishlar soni 680 mingdan pastga tushmaydi, deb prognoz qilgan ekan. Lekin hali 2039-yilga borishga 15 yil bor, bu raqamga allaqachon yaqinlashib qolishdi.

Taqqoslash uchun O‘zbekistonni olaylik. Bizda aholi soni ular bilan solishtirganda 3 barobar kam, lekin 2024-yilda 926 ming bola tug‘ilgan.

@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaqinda doimiy hamkorimiz — “Uzbekistan’s Club” jamoasi bizdan jurnal uchun taqdimot animatsiyasini tayyorlab berishimizni so‘radi. Marhamat natija. Bir ko‘ring, baho bering.

@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi Toshkent haqida. Aytishlaricha bu loyiha 10 yil davomida qurib bitkaziladi va 2 million aholi istiqomat qilishi uchun mo’ljallangan.

@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Chorsudan tortib Tarix-Sag‘bon, Qorasaroy-Sag‘bon atrofidagi mahallalarga umuman tegmaslik kerak.”

@lazizhamidov
O‘zbekistonda hafta boshidan buyon dollar deyarli 201 so‘mga (-1,57 foiz) qadrsizlandi. Bu 2024-yil 31-iyuldan beri minimal qiymat hisoblanadi. Yuqoridagi grafikadan ham dollar qanchalik tushganini ko‘rishingiz mumkin. Bunaqasini yaqin o‘tmishda ko‘rmagan edim)

Aytishlaricha, dollar tushishining sabablari quyidagi omillarga bog‘liq bo‘lib turibdi:

— eksport tushumlarining ko‘payishi;
— oltin eksportidan kelgan daromadlarni sterilizatsiya qilish;
— oy boshida rubl kuchayishi fonida pul o‘tkazmalarining o‘sishining kechikkan ta’siri;
— kutilmalarning o‘zgarishi. Masalan, so‘mning nisbiy barqarorligi milliy valyutadagi jamg‘armalarning jozibadorligini oshiradi, bu esa omonatchilar tomonidan chet el valyutasi taklifining ko‘payishiga olib kelishi mumkin.

@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Videoda – Argentin va Chili o‘rtasidagi chegara.

Argentina — tarixda rivojlangan davlat maqomiga erishib, keyinchalik rivojlanayotgan davlatga aylangan dunyodagi yagona mamlakat. Ayniqsa, u dunyodagi eng ko‘p defolt (bankrotlik) e’lon qilgan davlat. Bunga sabab – uzoq yillik populistik boshqaruv, uzoqni ko‘zlamaydigan iqtisodiy qarorlar va inflyatsiyadan toliqib qolgan xalq.

Chili esa buning teskarisi. Janubiy Amerikada barqaror iqtisodiyot, zamonaviy sanoat va eksportga yo‘naltirilgan siyosat bilan tanilgan. Bu davlatda iqtisodiy islohotlar puxta amalga oshirilgan va o‘z samarasini ko‘rsatgan.

Qisqacha aytganda, biri populizm domiga ketgan, ikkinchisi esa islohotlar yo‘lidan. Shu bois bu ikki qo‘shni davlat bugun iqtisodiy jihatdan turlicha olamda yashayapti.

@lazizhamidov
Dollar nega qulamoqda?

So‘nggi paytlarda dollar kursi pasayib ketganidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Bugun rasmiy kurs 12 500 so‘mdan ham pastladi va bir yarim yillik eng past darajaga tushdi.

Bu vaziyatda ko‘pchilikda savol tug‘ilmoqda: dollar nega bunchalik tushyapti? @Bankir kanali bunga batafsil javob beribdi.

Kanalda dollarda pul jamg‘arish moliyaviy noto‘g‘ri qaror ekani bir necha yildan beri aytib kelinadi.

Bu yerda dollarning kunlik prognozlarini ham topish mumkin. Obuna bo‘ling, juda foydali loyiha — @Bankir

Reklama
Twitterdagi gaplar ruknidan.

@lazizhamidov
O‘zbekistonda IELTS imtihonlarining ayrim natijalari bekor qilinyapti ekan. Sababi — test savollari internetga sizib, sotuvga chiqib ketgani. Ayrim nomzodlar “tayyor javoblar” bilan imtihon topshirgan.

Bu ishning ichida yurgan tanishimning aytishicha, dunyo bo'ylab 4 million nafar nomzod yiliga IELTS sertifikati uchun imtihon topshradi. IELTS resurslari cheklangani sabab dunyoning 8 mintaqasida bo‘ladigan barcha imtihonlar uchun savol tuzib berolmaydi. Shuning uchun, 2023-yilda, masalan, Shimoliy Osiyo regionida ishlatgan savollarni IELTS keyingi yili O‘zbekistonda ham ishlatishi mumkin.

17-iyun kuni IDP imtihon markazi o‘zining tarmoqlardagi sahifasida so‘nggi paytlarda test materiallarining noqonuniy savdosi avj olganini rasman aytib o'tibdi. Tashkilot bu holatni faqat qonunbuzarlik emas, halollik, ta’lim tizimi va kelajak orzulariga xiyonat, deb aytgan.

Ayni vaqtda imtihon javoblari qayta tekshirilmoqda, bu abituriyentlar uchun muammo. Sababi ingliz tili sertifikati bilan OTMga kirish imtihonlarida yengillik olishni reja qilgan nomzodlar o'z vaqtida sertifikat ololmaydi. Chunki OTMga qabul jarayonlari 25-iyun kuni yakunlanadi.

@lazizhamidov
🕊 Zentralfriedhof – Vena markaziy qabristonida bo’ldim

Bugun ertalabdan 8,2 yevroga Vena shahridagi barcha jamoat transportlari uchun 24 soat davomida istalgancha foydalansa bo’ladigan chiptani olib, tramvayga o’tirib, dunyo musiqa tarixining buyuk shaxslari yotgan qabristonga bordim.

Bu qabriston — Yevropadagi eng yiriklaridan biri bo‘lib, bu yerda Ludwig van Beethoven, Franz Schubert, Johannes Brahms, Johann Strauss kabi bastakorlar abadiy uy topgan. Ularning qabrlari yonma-yon joylashgan.

@lazizhamidov
HTML Embed Code:
2025/06/28 08:39:57
Back to Top