TG Telegram Group Link
Channel: Laziz Hamidov
Back to Bottom
Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi.

@lazizhamidov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shengen vizasini olishda muhim rol o‘ynaydigan omillar haqida Instagram sahifamda video tayyorlagan edim. Foydali ma’lumot bo‘lgani uchun bu yerga ham joylamoqdaman.

@lazizhamidov
“Yuksalish” harakati tomonidan respublikadagi 101ta mahallada o‘tkazilgan monitoring natijalari:

- qator loyihalarda ishlar sifatsiz olib borilgan;
- ayrim mahallalarga suv yetib bormagan;
- ba’zi joylarda qurilish ishlari yakuniga yetkazilmagan.

Bu holatlar loyihalar bajarildi, degan hisobot yetarli emasligini, ular amalda qanday ishlayotganini ham doimiy nazorat qilish zarurligini ko‘rsatadi.

@lazizhamidov
Abdurahmon Fazilovning aytishicha, bugungi O‘zbekiston-Qatar uchrashuvi uchun “qo‘lda” soxta biletlar sotilmoqda ekan. Ehtiyot bo‘linglar!

@lazizhamidov
Kecha O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan muhim diplomatik qadam tashlandi. O‘zbekiston hukumati Rossiyada ayrim hollarda fuqarolarimizga nisbatan ruxsatsiz tekshiruvlar, hurmatsizlik va qo‘pol muomala holatlari yuz berayotgani haqida xabarlar kelib tushayotganidan tashvish bildirgan holda, Rossiya tomoniga rasmiy nota yo‘llabdi.

Notada bu kabi holatlar O‘zbekistonni jiddiy xavotirga solayotgani qayd etilgan va fuqarolarimizga nisbatan qonuniy, hurmat asosida munosabatda bo‘lish zarurligi ogohlantirilgan.

Men o'ylaymanki, bu O‘zbekistonning o‘z fuqarolari huquq va sha’nini himoya qilish yo‘lida tashlagan muhim va o‘z vaqtida qo‘yilgan qadami bo‘ldi. Bunday pozitsiya olqishga loyiq. Xususan, vatandoshlarimizning xorijda, ayniqsa Rossiyada, huquqlari poymol etilishiga mutlaqo yo‘l qo‘yilmasligi zarur.

@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sun’iy intellektda kadrlarni test qilishni davom ettiryapmiz)

Bu safar Interstellar filmini AI yordamida o‘zmiz yasab ko‘rdik.

@lazizhamidov
Organized Crime and Corruption Reporting Project (OCCRP) tomonidan e’lon qilingan yangi maqolada jiddiy da’volar ilgari surilgan. Unda aytilishicha, Telegram messenjerining asosiy texnik infratuzilmasini boshqaruvchi kompaniyalar Rossiya maxfiy xizmatlari — FSB bilan aloqador shaxslar tomonidan nazorat qilinadi.

Bu esa, Telegram ko‘pchilik ishongandek, mutlaqo xavfsiz va yopiq tizim emasligini anglatadi. Aslida, hech qachon bunday bo‘lmagan, deyiladi maqolada.

«OCCRP» jurnalistlarining surishtiruvini batafsil o'qish uchun havola.

@lazizhamidov
Dunyodagi rahbar kadrlarning va muvaffaqiyatli insonlarning 10 foizi Garvard universitetidan chiqqan ekan.

Trump ma’muriyati esa ushbu universitetga qarshi tish-tirnog‘i bilan kurashib kelmoqda. Bu ziddiyatli munosabatning sabablari haqida iqtisodchi Behzod Hoshimov "Lolazor" podkastida qiziqarli fikrlar bildirgan. Aytishicha, Tramp kuchli universitetlar joylashgan shtatlarda kam ovoz olgan. Masalan, Harvard (Massachusets), Stanford (Kaliforniya) joylashgan hududlarda aholining katta qismi oliy ma’lumotli bo‘lgani bois, Trampni qo‘llab-quvvatlamagan.

Oliy ta’limli saylovchilar ilm-fan, global masalalar va inson huquqlariga e’tibor beradi. Bu esa Trampning populistik siyosati bilan to‘g‘ri kelmaydi. Shu sabab, Tramp universitetlarni "liberal mafkura markazi" deb ko‘radi va ularni jazolashga urinmoqda — grantlarni to‘xtatish, viza cheklovlari va soliqqa tortish orqali.

Agar vaqtingiz bo‘lsa podkastni ko'rib chiqing foydali va qiziqarli gaplar aytilgan: HAVOLA

@lazizhamidov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistondagi onlayn xizmatlar bozorida g'aroyib ishlar bo'lmoqda)

@lazizhamidov
Laziz Hamidov
Aytgancha, mana bu masala bo’yicha, chiqsam, qog’oz yopishtirib ketishibdi. Soat 12:50 holati bo’yicha to’lov qilinmagan, deb topishibdi. Lekin mobil dastur ko’rsatishi bo’yicha 12:18dan 13:18ga qadar to’lov qilganman. 12:50 holati bo’yicha to’lov vaqti faol…
Mana shu xatolik bo‘yicha Poytaxt Parking direktori menga izoh yuboribdi.

Uning aytishicha, bu holat texnik xatolik hisoblanadi. Hech qanday qo‘shimcha to‘lov qilinmaydi, sababi o‘z vaqtida to‘lovni amalga oshirganman. Hozirda bunday texnik nosozliklarni bartaraf etish yuzasidan qo‘shimcha ishlar olib borilmoqda ekan.

@lazizhamidov
Viloyatdan kelgan taksi haydovchilari faqat o'z viloyatida taksi haydovchiligi qila olishlari haqidagi yangilikka ko'zingiz tushgan bo'lsa kerak.

Bu viloyatdan kelgan haydovchilar uchun iqtisodiy zarba: Toshkentda taksi haydashlik — ko‘plab viloyatliklar uchun asosiy daromad manbai. Ularning bu imkoniyatdan mahrum bo‘lishi ko‘plab oilalar iqtisodiga bevosita zarar yetkazadi. Iqtisodiy tengsizlikni kuchaytiradi, ishsizlikni oshiradi. Haydovchilarni emas, aynan transport oqimini boshqarish — zamonaviy va adolatliroq yechim bo‘ladi. Jamoat transportlariga ko'proq ustunlik berish, pulli avtoturargohlarni ko'paytirish zarur.

Shota Rustaveli ko‘chasida boshlangan loyiha yaxshi. Lekin bitta ko‘chada emas, butun Toshkentning asosiy katta yo'llarida shunaqa qilish kerak. Jamoat transportiga yo‘l ochaylik, ularga ustunlik beraylik, mashinalarni o‘ylamasak ham bo‘ladi — bozor o‘zi tartibga soladi.

@lazizhamidov
2025-yil 9-iyun kuni Rossiya kuni munosabati bilan o‘tkazilgan qabulda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov diplomatik missiyasi nihoyasiga yetganini rasman e’lon qildi. Elchining xayrlashuv nutqi doimgidek shablon gaplar: ming yillik tarix, barqaror mudofaa, ma’naviy yaqinlik, strategik sheriklik va hokazo.

Bilishimcha avval O‘zbekistonda diplomatik an’anaga ko‘ra, davlat rahbari mamlakat uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan davlatlar — jumladan Rossiya, AQSh va Xitoy elchilari bilan ularning missiyasi yakunida xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazgan.

Bu safar Prezident ketayotgan elchi bilan uchrashmadi. Bosh vazir kuzatib qo'yibdi. Hay, shunday rejalashtirilgandir reglamentda.

@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu videoda SMM mutaxassislari va dizaynerlar uchun juda qulay va amaliy usullar ko‘rsatilgan. Ishingizni yengillashtirish, vaqtni tejash va ijodiy g‘oyalarni topishda ChatGPT sizga katta yordamchi bo‘lishi mumkin.

@lazizhamidov
Forwarded from Xushnudbek.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Lolazor — Yaponiyada!

Ochig’i bunaqa formatdagi podkast (yoki filmcha) biz uchun yangilik edi, shu sababli montajida biroz qiynaldik va ko’proq vaqt talab qildi.

Lekin o’zimiz uchun yaxshi yangilikka qo’l urdik, deb o’ylayman. Bir xil qolipda qotib qolmaslikka harakat qildik.

Bu urinishimiz qanchalik yaxshi chiqdi yoki yo’q, bunga Xudo xohlasa, yakshanba kuni o’zingiz baho berasiz.

Har qanday fikringiz, taklifingiz va tanqidingiz biz uchun muhim.


👉 @xushnudbek 👈
HTML Embed Code:
2025/06/29 03:47:12
Back to Top