TG Telegram Group Link
Channel: Infoshop
Back to Bottom
NASAga qanday qilib ishga joylashish mumkin?

🧑🏻‍🔬 Kelajakda sizni buyuk ishlar kutib turganiga ishonasizmi? Koinot tomon yoʻl oluvchi qurilmalarni yaratish jarayonida shaxsan ishtirok etish, kosmik makon, samoviy jismlarni tadqiq qilish, olimlar davrasida ishlashga nima deysiz?

💫 NASA – AQSh Aeronavtika va kosmik tadqiqotlar milliy boshqarmasida faoliyat olib borish millionlab insonlar orzusi. Ushbu tashkilot koʻp yillardan buyon kosmosni tadqiq qilish bilan shugʻullanadi, texnologiyalar va insonlarning imkoniyatlarini birlashtiradi. Bu yerda oddiy odamlarning hayoliga ham kelmaydigan savollarga javoblar izlanadi.

NASA jamoasiga qoʻshilish oson ish emas. Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar qatʼiyligi bilan sizni biroz choʻchitib qoʻyishi ham mumkin. Biroq, tashkilotning oʻz xodimlariga taqdim etadigan imkoniyatlari bunga toʻliq arziydi.

📝 NASAga ishga kirish istagidagi nomzodlar qanday talablarga javob berishlari lozim? Buni astronavtlar misolida koʻrib chiqamiz.

Siz NASAda ishlashni istagan bo'larmidingiz? Javoblarni izohlarda yozib qoldiring.

Site | Telegram| Facebook | Instagram
Sen oʻyna, kul, oʻzing xohlagandek yasha... Qolganini robot bajaradi!

Kundalik hayotimizdagi odatiy va zerikarli, ammo amalga oshirilishi zarur boʻlgan ishlar uchun juda koʻp vaqt sarf etamiz... Doʻkonga chiqib kelish, qahva damlash, tozalash ishlari...

❗️Milliarder Ilon Mask insoniyatni mana shunday vazifalarning aksariyat qismidan xalos etish maqsadida Tesla Bot loyihasiga qoʻl urgan. Uning fikriga koʻra, robot gumanoidlar odamlarning hayotiga kirib borib, ularning ogʻirini yengil qilsa, insoniyatning jiddiy masalalarga eʼtibor qaratish uchun vaqti koʻproq boʻladi.

🤔 Janob Maskning ayrim fikrlarida jon bordek. Axir siz ham kundalik yumushlaringizning bir qismini robotlar bajarib bersa, yoʻq demasdingiz, toʻgʻrimi?

Site | Telegram| Facebook | Instagram
Mazza qilib reklama ko'rayotgan-da kino qo'yvorishadimi-yey...

😑 Oldinroq aytib o'tganimizdek, brauzerlar ichida dominantlik Google Chrome'da ekan, deyarli hammamiz Google Ads'dan xabardormiz. Nimadir ma'lumot izlab, har xil saytlarga kirganimizda, o'rtadan reklamalar chiqaverishi hammaga ma'lum hol.

💡Google'ning onlayn reklama platformasi bo'lgan Google Ads orqali har bir kishi o'z mahsulot va xizmatlarini boshqalarga yetkazishda foydalanishlari mumkin. Bu tadbirkorlar uchun o'z bizneslarini tanitishning eng yaxshi, eng samarali usulidir. Google Ads'da akkount onlayn boshqarilishi tufayli, siz xohlagan paytingizda reklama qo'shishingiz, uni o'zgartirishingiz, byudjetingizdan kelib chiqib, reklamangiz qayerlarda, qancha vaqt davomida chiqishini tanlashingiz mumkin.

Siz Google Ads'dagi reklamalarga qanday munosabat bildirasiz?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
HR menejerlar yangi xodimlarni asosan qaysi platformalardan qidirishadi deb o'ylaysiz?
Anonymous Poll
24%
hh.uz
19%
OLX.uz
13%
Jobo.uz
5%
rabota.uz
4%
glotr.uz
4%
flagma.uz
10%
vacancy.agros.uz
10%
uzjobs.uz
2%
unjobs.uz
10%
LinkedIN.com
Rasmiylik belgisi – ishonch garovi

🧐 Biror yangi chiqqan xabarni "forward" qilishganida, uning ishonchli ekanligini bilish uchun odatda, kanal yoki guruh nomiga, a'zolari soniga va Verified(tasdiqlangan) belgisi bor yoki yo'qligiga e'tibor qaratamiz.

🔍 Izlash funksiyasidan foydalanganimizda ham, variantlar orasidan "galochka"si borini tanlaymiz. Chunki, bir xil nomdagi kanal-u guruhlar urchib ketgan bir paytda,bu belgi, biz uchun ishonch belgisi vazifasini bajaradi. Kuzatuvchilarini saqlab qolmoqchi bo'lgan blogerlar uchun bu belgi, haqiqiy ekanliklarini isbotlovchi "fishka"dir.

📌 Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari uchun bu belgi shunchaki taqdim qilinmaydi. O'ziga xos bir necha shartlarga mos kelgan talabgorlargina uni qo'lga kiritishadi. Shuning uchun ham bunday belgili nomlar ularga nisbatan foydalanuvchida ishonch hissini uyg'otadi.

Siz shunday belgiga ega qaysi kanal yoki blogerlarni kuzatib borasiz?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Ranglar – marketingning kuchli quroli

Rang – insonga maʼlumot yetkazishi mumkinligini bilasizmi?

Miya maʼlum buyum yoki biror odam haqidagi ilk taassurotni u bilan aloqada boʻlgan birinchi 90 soniya ichida hosil qiladi. Taassurotlarning 62-90%i esa ranglarga bogʻliq boʻladi. Marketologlar ranglardan isteʼmolchilarga taʼsir oʻtkazishda ustomonlik bilan foydalanadilar.

Oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasiga koʻra, 85% holatda mijozlarning mahsulotni xarid qilish qaroriga uning rangi bevosita taʼsir koʻrsatadi.

😊 “Coca-cola”ni qizil, “Nivea”ni koʻk, “Milka” shokoladini siyohrang, “Barbi” qoʻgʻirchoqlarini esa pushti rangdan ayro tasavvur qilib boʻlmaydi. Siz ham shunday namunalarni sanab oʻta olasizmi?

Site | Telegram| Facebook | Instagram
“Jobo”dan xalqaro bilimlarni olishga tayyormisiz?

🔥 Biznes egalari va HR menejerlarni xodimlar bilan ishlashdagi muammolariga yordam berish maqsadida "Jobo" va Rossiyaning "Consort" kompaniyasi bilan hamkorlikda "HR assotsatsiya" tashkil qildik va birinchi online  master klasimizga taklif qilamiz.

⚡️ Master-klassda sizni nimalar kutadi?
• Katta tajribaga ega mutaxassislardan kerakli maslahatlar;
• Xalqaro HRlardan ilmlarni o'rganish;
• "Jobo" kompaniyasidan maxsus sovg'alar

🚀 Xalqaro tajriba va ilmlar 22-sentabr 15:00da sizni kutmoqda.  Hoziroq quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting va o'z joyingizni band qiling:

👉 https://masterclass.jobo.uz/ 👈

Rasmiy sayt | Instagram | Telegram | Facebook
HTML Embed Code:
2024/05/08 08:55:30
Back to Top