TG Telegram Group Link
Channel: Infoshop
Back to Bottom
Youtube’da eng koʻp tomosha qilingan 5 video

🎞 Youtube platformasidan har oyda 2 milliard faol obunachi foydalanadi. U dunyodagi eng mashhur videoxosting boʻlib, tashrif buyuruvchilar soni boʻyicha Google'dan keyingi ikkinchi oʻrinda turadi.

📈 Youtube platformasida eng koʻp tomosha qilingan videoroliklar roʻyxati bilan yuqorida tanishishingiz mumkin.

Siz Youtube uchun kuniga necha soat vaqt ajratasiz va koʻproq qaysi yoʻnalishdagi videolarni tomosha qilasiz?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Talaba boʻla olmadingizmi? Tabriklaymiz!

❗️Yoʻq, siz xato oʻqimadingiz! Biz sizni qarshingizdagi yangi imkoniyatlar bilan qutlayapmiz.

📚 Oliygohga o‘qishga kira olmaslik – fojia emas. Ishonmaysizmi?

➡️ Mett Mullenveg – WordPress yaratuvchisi

Mullenveg Xyuston universitetining 1-bosqichida oʻqiyotgan vaqtida WordPress platformasi uchun dasturiy taʼminot yaratgan. 20 yoshida ishlab tajriba orttirish uchun oʻqishni tashlagan.

➡️ Ingvard Kamprad – IKEA asoschisi

Kamprad 17 yoshida oʻqishdan voz kechgan. U asos solgan kompaniya 90 000 nafar xodimni ish bilan ta'minlagan. IKEAning bir yillik daromadi 10 milliard dollardan oshadi.

➡️ Richard Brenson – Virgin Group asoschisi

Milliarder Brensonning ham diplomi yo'q. Ammo, unga tegishli boʻlgan Virgin Group 500 dan ortiq kompaniyani nazorat qiladi.

Bir soʻz bilan aytganda, eʼtiborni shunchaki “diplomli” boʻlishga emas, ilm olish, olingan bilimni amalda qoʻllash va natijaga qaratish kerak. Fikrimizga qoʻshilasizmi?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Mustaqillik bayramingiz qutlugʻ boʻlsin!

🇺🇿 Infoshop jamoasi
sizni va barcha yaqinlaringizni Oʻzbekiston mustaqilligining 31 yilligi bilan muborakbod etadi.

Xonadoningizga fayz-u baraka, oilangizga osoyishtalik, ishlaringizga rivoj tilab qolamiz! Mustaqillik qadri boqiy, bayram shukuhi fayzli, istiqlolimiz abadiy boʻlsin!

⚜️ Hurmat va ehtirom bilan Infoshop jamoasi

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Smartfonda suratga olingan videokliplar

📱 Zamonaviy smartfonlarning imkoniyatlari yildan yilga oshib bormoqda. Bu esa foydalanuvchilarga qulaylik tugʻdirish barobarida ijodkorlarni yangiliklar yaratishga ilhomlantiryapti.

🎞 Taniqli xonandalarning siz sevib tomosha qiladigan ayrim videokliplari smartfonda suratga olinganidan xabardormisiz?

Professional texnika vositalarisiz ham shedevr yaratish mumkinligining bundan ortiq isboti bo'lmasa kerak! Nima dedingiz?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Bugun bir-biriga yaqin ikki tushunchaning farqlarini birgalikda ko’rib chiqamiz.

Tadbirkorlik va biznes sinonim tushunchalar sifatida ishlatilib kelinsada, aslida ular bir-biridan farq qiladi.

Auditoriya talabiga asosan, bugun biz siz uchun qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Siz buni bilarmidingiz?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Emojilar haqida qiziqarli 7 fakt

😊 Emojilar – onlayn muloqotda hissiyotlarni ifodalab berishga koʻmaklashuvchi vositadan odamlar ongiga taʼsir koʻrsatish “quroli”ga aylangan. Bugun emojilarsiz virtual hayotni tasavvur qilish mushkul.

Emojilar haqidagi qiziqarli faktlar bilan tanishishga tayyormisiz?

1️⃣ Dunyodagi eng mashhur emoji – “quvonch koʻz yoshlari aks etgan qiyofa” hisoblanadi.
2️⃣ Ayni vaqtdagi emojilarning umumiy soni 3000 tadan oshadi.
3️⃣ Ayollarning oʻz xabarlarida emojilardan foydalanish koʻrsatkichi erkaklarga nisbatan 16% ga koʻproq.
4️⃣ Emojilar 57% internet foydalanuvchilariga yoqadi.
5️⃣ Sotuv matnlari va xabarlarda emojilardan foydalanish mijozlar sonini oshiradi.
6️⃣ Emojilar qoʻshib yozilgan postlar 60%ga koʻproq layk toʻplaydi.
7️⃣ Sotuv jarayonida mijozlarga emojilar bilan murojaat qilish ulardan javob olish ehtimolini 4 barobarga oshiradi.

Siz virtual muloqotda emojilardan koʻp foydalanasizmi? Eng sevimli emojiyingiz qaysi?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Neyming nima va u sizga nega kerak?

🏢 Faraz qilaylik, yangi biznesga qoʻl urdingiz... Ish boshlash uchun kerakli barcha narsalar tayyor, faoliyat turi aniq, reja puxta ishlab chiqilgan. Kompaniyaga nom topish qolgan, xolos... “Yaxshiroq nom topilsa topildi, boʻlmasa nomini “Apple” qoʻyamiz desangiz, bu nomni Jobs allaqachon ilib ketgan...

❗️Neyming xizmati sizga mana shunday daqiqalarda kerak!

Neyming – kompaniya uchun nom ustida ishlash jarayoni boʻlib, brendingning muhim qismi hisoblanadi. Professional neymerlar mijozlar eʼtiborini oʻziga jalb qiluvchi, kompaniya haqidagi umumiy tasavvurni isteʼmolchiga yetkazib beruvchi va ularning yodida saqlanib qoluvchi nom ustida ishlashadi.

☝️ “Nomning nima ahamiyati bor?” desangiz qattiq adashasiz. Statistik maʼlumotlarga koʻra, isteʼmolchilarning 74%i mahsulot xarid qilishda yoki xizmat turiga buyurtma berishda brend nomiga eʼtibor qaratishadi.

Oʻz kompaniyangizga asos solsangiz, unga qanday nom bergan boʻlardingiz?

Site | Telegram| Facebook | Instagram
HTML Embed Code:
2024/05/19 21:34:01
Back to Top