Channel: Format | Mohirdev
@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥13
Demak, eng arzon va kamtarin dam olish yoʻllari:
Professionalroq yondashilsa, 400-2500$ yoki bir necha 10 soat sarflashga toʻgʻri keladigan bu mashgʻulot bilan bepul shugʻullansa boʻladi. Siz ulkan oq yelkanlari bor kemani uydagi keraksiz buyumlar yordamida yoki yogʻochga ishlov berib yaratishingiz mumkin. Jarayon bor eʻtiborni oladi hamda yigʻilib qolgan streslarni chiqarib yuboradi, ish bitgach faxr hissini uygʻotadi va butun umr koʻzingizni quvontiradi. (Qoʻli gul odamlar bu rohatli jarayondan yaxshigina pul ham ishlashlari mumkin).
Sayohatga odatda 700-5000$ pul va haftalab vaqt kerak. Lekin u bularsiz ham bitishi mumkin. Masalan, Toshkentda koʻplab davlatlarning madaniyat markazlari bor. Viloyatlarda esa universitetlar bu vazifani bajaradi. Yoz faslida bunday joylardagi festivallar va tadbirlarga borish orqali chiptaga pul toʻlamay “dunyo kezishingiz” hamda kam energiya va vaqt bilan katta taassurotlar olishingiz mumkin.
Bu mashgʻulotning maksimum summasi cheklanmagan, butun umrni sarflab yuborsa boʻladi. Ustozlar esa buni arzimagan pulga qoʻlga kiritishlari mumkin. Avval internetdan eng yaqin muhim kosmik hodisa sodir boʻladigan tun aniqlashtiriladi. Osmonni toʻsiqsiz koʻrish mumkin boʻlgan joy topiladi (bogʻ yoki hovli). Soʻng bitta kosmos haqidagi kitob, yopinchiq, qahva bilan oʻsha tunni esda qolarli qilish mumkin. Shunda, cheksiz koinot sizga sokinlik beradi va streslaringiz aslida qanchalik kichikligini eslatadi.
Xullas, minimal sharoitlarda maksimal dam olishning shunday qiziq usullari bor. Post oʻz egalariga yetib borishiga hissa qoʻshing
@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍3😁3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ Ustozlar uchun shunday taqiqlarga yana misollar keltirsak:
– Oʻquvchini ota-ona yoki maktab maʼmuriyati ruxsatisiz mashinasiga chiqarish
– Ustozga “aka”, “opa” kabi soʻzlar bilan murojaat qilish
– Oʻquvchilardan sovgʻa olish
– Shaxsiy akkaunti orqali oʻquvchilar bilan gaplashish
@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6😁2🔥1
😴 Avval uyqu vaqtlarini toʻgʻrilang. Maktabga vaqtida borish uchun nechada turish kerak boʻlsa, shu payt uygʻoning. “Kanikuldayam vaqtli turish kerakmi endi?” demang. Tanaga ahamiyati yoʻq — ertaroq yotib, keraklicha soat uxlasangiz boʻlgani. Oʻzi taʼtilda nisbatan kamroq charchaganingiz uchun uyquga tez toʻyinasiz.🧑🎓 Aytaylik, maktab paytida dars vaqtlari 8 dan 2 gacha boʻlsa, taʼtilda siz shu vaqtlarda faqat diqqat talab qiladigan ishlarni qiling. Masalan, boshqotirma yechish, kitob oʻqish yoki Format postlarini oʻqish)🤝 Hamkasblar bilan hordiq chiqaring. Bu orqali oʻzaro aloqalarni yoʻqotmaysiz va maktab boshlanganda muhitga koʻnikib ketishingiz oson boʻladi.
⏱ (Birinchi ikki tavsiyaga amal qilib, tananing ichki soatini faollashtirasiz. Butun tanangiz bir vaqtda uygʻonishga yoki kunning dars oʻtiladigan paytlarida diqqatni kuchaytirishga moslashadi.)
@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3😱2
Format | Mohirdev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥3
@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍2👎1😱1
Havolalar:
Tandem
HelloTalk
italki
Speaky
Cambly
@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥4😁1😇1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁12🔥3
🇬🇧 Ingliz tilida:
TechCrunch
The Verge
CNET
Ars Technica
Engadget
🇺🇿 Oʻzbek tilida:
Technoman.uz
Mohirdev
Afsuski, boshqa yoʻq. Topsangiz, izohlarda qoldiring💬
@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍3🤷♀1
Qamrov: qancha oʻquvchini faningizga qiziqtira oldingiz, qanchasi shu sohani egallamoqchi, nechtasi darsdan keyin ham shugʻullanyapti va hokazo. Masalan, informatika ustozi – Samandardan soʻraganimizda deyarli hamma uning faniga qiziqib qolgani, lekin hech kimda darsdan tashqari shugʻullanishga xohish yoʻqligini aytdi. Demak, u kelgusi yili fan olimpiadalari uchun qoʻshimcha tayyorlanishga ilhomlantirishi kerak.
Rejalar: yil boshidagi rejalarning qanchasi oʻzini oqladi? Salimov ustozdan natijalari haqida qiziqqanimizda, boshida chorakni kamida 90% oʻquvchi 5 bahoga yakunlashini rejalashtirganini aytdi. Lekin chorak oxirida bor-yoʻgʻi 30% oʻquvchigina natija koʻrsata olganini aytdi. Xulosa shuki, maqsad real boʻlishi lozim. Aks holda sizda oʻzidan qoniqmaslik hissi ortib ketadi.
Muvozanat: ish va shaxsiy hayotdagi muvozanatni saqlash. Bu boradagi koʻrsatkichlaringizni vazningiz, sogʻligʻingiz, yaqinlar oʻrtasidagi munosabatlarning qaysi tomonga oʻzgarishi belgilaydi. Bu haqida Nigina ustozdan soʻraganimizda koʻrishi oldingidan sustlashganini aytdi. U ana shu muvozanatni saqlashda xatoga yoʻl qoʻygan. Endi esa kelasi safar vaqtni toʻgʻri taqsimlab, oilasi va sogʻligʻiga ham meʼyorida eʼtibor qaratishni rejalashtiryapti.
Shu uch tomondan oʻzingizni baholang va kelgusi yilda natijalarni koʻtarishga harakat qiling.
@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9🤷♀2
@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🤷♀2
Bu kichik bahsda biz oʻyin oʻynaydigan va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadigan oʻquvchilarni oqlagan edik. Buning sabablari bor. Avvalo, ulardan ham maʼlum foydalar olinadi. Yana oʻquvchilarning muhtojligi koʻpincha bizning aybimiz tufayli hosil boʻladi.
Aynan qanday foydalar?
Oʻyinlar ijtimoiylashuvning zamonaviy koʻrinishi. Ular bilan doʻstlar orttirishingiz, jamoaviy harakatlanishingiz, gʻalaba, raqobat, ekstremallikni his qilishingiz mumkin. Bu bilan topqirlik, tez qaror qabul qilish, muammoga yechim izlash qobiliyatlarini shakllantiriladi.
Ijtimoiy tarmoqlar dunyoqarashni kengaytiradi. Turli madaniyat va dunyoqarash bilan har xil yoʻnalishlarda tayyorlangan kontentlar kengroq fikrlashga undaydi. Qoʻshimchasiga, aksariyat tarmoq foydalanuvchilari qaysidir muvaffaqiyatli insonni kuzatadi. Shu orqali oʻquvchilar oʻz sevimlilariga ergashib, harakatni boshlaydi.
Bu ikkalasining ham muqobili boʻlsa-da, aynan ularni tanlashiga biz aybdormiz.
Ota-onalar farzandlari bilan kam suhbatlashadi va fikrlarini nazarga ilishmaydi. Eʼtiborsiz qoldirilgan farzandlar esa bu hissiy boʻshliqni toʻldirish uchun oʻyin va tarmoqlardan foydalanadi. Jangari oʻyinlar va izohlarda bor qahrlarini toʻkib soladi, shu orqali eʼtibor ham jalb qiladi. Oʻzlari joylagan kontent evaziga layk va izoh yigʻib eʼtirof qilinganlik hissini oladi.
@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8
Bizning ustozlarga ham bunday guruhlar juda zarur. Ular maʼlum vaqt oraligʻida uchrashib turishi, treninglar tashkillashtirishi, oʻz ustida ishlashi mumkin.
Biroq bu hamjamiyat biz oʻrgangan odatiy guruhlardan emas. Chunki
💲 Pensiyaga taʼsiri yoʻq
Lekin hamkasblardan eng zoʻr, sinalgan resurs va texnikalarni oʻrganish mumkin.
⬆️ Yuqoridan buyruq kelmaydi
Lekin stressni yoʻqotish uchun yaxshi muhit boʻlishi, bir xil kasb va ogʻriq egalari bir-birini ruhan qoʻllashi mumkin.
🗓 Doimiy majlislar oʻtkazilmaydi
Lekin har koʻrishganda ustozlarni qiynayotgan koʻp muammolarga turli rakurslardan qarab, birga yechim topish mumkin.
👷🏻 Obodonlashtirishga birgalikda chiqilmaydi
Lekin muhim masalalar muhokama qilinishi mumkin. Natijada uslublar va natijalar yaxshilanadi.
Foydalanilgan manbalar: SpringerLink, ERIC.
Shunaqa hamjamiyat boʻlganda nomi nima boʻlardi?
@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍2😱2
Masalan, bir tajribada qatnashchilar 2 guruhga boʻlinadi:
• jamoaviy ishlovchilar
• yolgʻiz harakat qiluvchilar
Ularga bir xil vazifa beriladi. Kuzatuvlar birinchi guruh ikkinchisiga qaraganda 40% maroqliroq vaqt oʻtkazganini koʻrsatadi. Topshiriq baholanganda ham jamoaviy ishlovchilar yolgʻiz harakat qiluvchilardan 25% ga yaxshiroq edi.
@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍5😁1
HTML Embed Code: