TG Telegram Group Link
Channel: Format | Mohirdev
Back to Bottom
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔 Maktab deganda xayolingizga nima keladi? Katta ehtimol bilan maktab binosi, sinflar, doska …

Lekin ochiq tabiatda dars oʻtilsa-chi? 🏕

@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤫 Sholgʻom yeyish sirlari

Qanchalik foydali ekanligni uqtirishmasin, hammamiz bolaligimizda ovqatdan chiqqan sholgʻomni ajratib qoʻyganmiz. 😬

Bolalarning shuncha foydali mashgʻulotlar turib, telefonga koʻp vaqt sarflashlari ham shunga oʻxshaydi. Majburlashning foydasi yoʻq. Ularni rasmlardagidek qiziqtirish kerak. ☝️

@format_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌵 ⚡️ 💻 Kaktus kompyuterga qarshi

Kaktus kompyuter oldida turib nurlanishni kamaytirishi haqida gap bor. Ammo bu maʼlumot toʻliq isbotlanmagan. Hatto himoya koʻzoynaklarining ham foyda berishi shubha ostida. 🔽

Lekin kompyuterdan foydalanuvchilarni koʻzga bogʻliq muammolardan haqiqatan ham asraydigan tavsiyalar mavjud:

🖥 20-20-20 qoidasi:
Kompyuterdan har 20 daqiqada koʻzni uzib, 20 soniya 20 qadam uzoqdagi narsaga (balki shu narsa kaktus boʻlar) qarash kerak. Bu koʻzni uzoq vaqt monitorga qaragandagi zoʻriqishini kamaytiradi.

💡 Chiroqning pulini vaqtida toʻlang:
Agar chiroqni oʻchirib qoʻyishsa, qorongʻida yorugʻ ekranga tikilib turishga majbur boʻlasiz. Kompyuter nurini xona yorugʻligidan farq qilishi esa koʻzni qattiq toliqtiradi. Shuning uchun ekran nurini doim xonaga moslang.

👀 Koʻzni namlab turing:
Koʻzga suv quyish shart emas, kompyuter bilan ovora boʻlib kiprik qoqishni kamaytirmasangiz boʻlgani. Koʻz ochib yopilganda oʻzini oʻzi namlay oladi.

Sizda ham biror tavsiya boʻlsa, izohlarda yozmang. Uni ham oʻqishga koʻz nuri ketadi. 😉

@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚫️ Motivatsiya — bu illyuziya

💪Siz bir ish boshlashdan oldin motivatsiya izlaysiz. Lekin bu foydasiz. Ishonmasangiz yangi yilda oldingizga motivatsiya bilan qoʻygan “vazifalaringizni” eslang. Oʻshalarni bajaryapsizmi? Necha marta yangi til oʻrganishni boshlagansiz yoki ertalab yugurishga odatlanmoqchi boʻlgansiz?

Shunaqa! Lekin intizom hammasini hal qiladi.

Albatta, yozni ham katta maqsadlar bilan boshlaganingiz aniq. Faqat endi motivatsiyani kutmang, davomiylikka — intizomga urgʻu bering. Qoʻygan maqsadingizni eslang, uni kichik qismlarga boʻlib chiqing va bajarganingizda oʻzingizni mukofotlang. Yaqinlaringizga maqsadlaringizni aytib, masʼuliyatni oshiring.

👏Hurmatli bitta ham postni qoldirmay, intizom bilan layk bosib chiqayotgan obunachilarimiz, bu gap sizlarga tegishli emas.

@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HTML Embed Code:
2025/07/05 15:43:15
Back to Top