TG Telegram Group Link
Channel: "Innovator" jurnali
Back to Bottom
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ikki g'ildirakli mashina

🚀Gidroskuter ixtirochilari yana bir yangilikka qo'l urishdi — ikki g'ildirakli mashina prototipini yasashdi. Mashina Shane deb nomalangan bo'lib, u 5 kishi uchun mo'ljallangan.

📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉

Facebook | Telegram | Web | Instagram
🔬Qog'ozdan tayyorlangan mikroskop

“Mikroskop” deganda, og‘ir va noqulay uskuna ko‘z oldimizga keladi. To‘g‘risi, qog‘ozdan mikroskop tayyorlanishiga ishonish qiyin. Bolaning qo‘liga tushsa, yirtiladi-ku, degan o‘ylar xayoldan o‘tishi tabiiy. Foldscope Instruments, Inc. kompaniyasining Qozog‘istondagi distribyutori Ilyos Turgulovdan ushbu innovatsion mikroskop haqida ma’lumot oldik...

📌Batafsil "INNOVATOR"da tanishing. Jurnallarimizga obuna bo'lishni unutmang!

Facebook I Telegram I Web I Instagram
🌐ENDI BINO ICHIDA HAM TOZA HAVONI TA’MINLASH MUMKIN!

😷Insoniyat uchun kelajakdagi xavotirli muammolardan biri bu, shubhasiz, ekologiyadir. Hozirgi kunda O‘zbekistonning deyarli barcha shaharlarida, ayniqsa, poytaxtda havoning ifl oslanishi yuqori darajaga ko‘tarilgani hech kimga sir emas. Internet manbalarida havoning tozaligi antireytingida poytaxt havosi Top 10 talikni egallab kelayotgani, ayrim hollarda esa birinchi o‘ringa ham chiqib turishi haqidagi xabarlarga tez-tez ko‘zimiz tushadigan bo‘lib qoldi...

📌Batafsil "INNOVATOR"da tanishing. Jurnallarimizga obuna bo'lishni unutmang!

Facebook I Telegram I Web I Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kanadadagi avtobus bekatlarida inson tana suyaklarini namoyon etuvchi displey o'rnatildi. Yo'lovchilarning harakatlari displeyda namoyon bo'ladi, ammo bu holat mashina "tana suyaklaringizni" urib ketguniga qadar davom etadi.

Ushbu hodisadan so'ng, displeyda "SUYAKLARINGIZ MASHINANI YENGA OLMAYDI" qabilidagi yozuv paydo bo'ladi. Bu kabi vizual tasvirlar insonlarni yo'l qoidalariga amal qilishga, qatnov yo'llarini faqatgina belgilangan tartibda kesib o'tishga chorlaydi)

📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉

Facebook | Telegram | Web | Instagram
🧐INNOVATORLAR KORPORATSIYASI TUZILISHINI SIZ HAM XOHLARMIDINGIZ?

🤖Ilgari chet mamlakatlarning restoran yoki shifoxonalarida ofitsiantlar o‘rniga robotlar xizmat qilishini eshitib, hayratlanardik. Hozir o‘sha “hayrat”larimiz hattoki o‘zimizda ham oddiy holga aylanib bormoqda. “InnoWeek” xalqaro haftaligida fl ayer tarqatib yurgan robot bunga yaqqol misoldir. Uning ixtirochisi Iqtisodiyot universitetining 4-bosqich talabasi, Yoshlar akademiyasi aʼzosi va “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni sohibi Elyorbek Sunnatov bizga Sayyohbek roboti bilan ham yaxshi tanish.

🔬Elyorbek o‘zi tahsil olayotgan institut qoshida “Kelajak ilmiy tadqiqotlar va mexatronika markazi” tashkil etgan. U yerda ixtirochilikka qiziquvchi yoshlarga bepul taʼlim beriladi.

📌Batafsil "INNOVATOR"da tanishing. Jurnallarimizga obuna bo'lishni unutmang!

Facebook I Telegram I Web I Instagram
📚“Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi” davlat unitar korxonasi 2018-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha oliy ta’lim, professional ta’lim va xalq ta’limi sohasida ishlayotgan professor-o‘qituvchilar, o‘quvchi talabalar uchun o‘quv qo‘llanmalarining yangi avlodini tayyorlab kelmoqda.

“Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi”ning asosiy funksional vazifasiga professional darajada turli xil noshirlik va matbaa ishlarini amalga oshirish kiradi. Jumladan, oʻzbek, qoraqalpoq, rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarda ilmiy monografiyalar, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar, avtoreferatlar, bukletlar, bannerlar va h.k.larni nashr etadi.

Bundan tashqari korxona o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kitoblar chop etish, turli sohadagi adabiyotlarni nashrga tayyorlash, kitob va turli matnlarni tahrir qilish, dizayn, maketlashtirish, illustratsiya ishlari, kitoblarni qattiq va yumshoq muqovalash, shuningdek, bukletlar va plakatlar tayyorlash bilan ham shug‘ullanadi.

Shuningdek, “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” ilmiy-texnikaviy jurnali hamda “Innovator” ilmiy-texnikaviy, tahliliy-ommabop jurnalini nashrga tayyorlaydi.

⌛️Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishi kafolatlaydi.

📞Bog‘lanish uchun telefon: +998977059035
💐8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin!

Innovator” jurnali tahririyati 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan mamlakatimiz iffati bo'lgan barcha muhtarama onajonlar, aziz opa-singillar va olima ayollarni samimiy qutlaydi.
#jurnal_sahifalaridan

🧐MEDIA.UZ — haqida siz ham eshitdingizmi?

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti 2-bosqich talabasi Davron Ergashevning yaqinda bo‘lib o‘tgan “InnoWeek-2023” haftaligidagi ishtirokida u ilgari surayotgan Media.uzplatformasini yaratish loyihasi eʼtiborimizni tortgan edi. Ushbu loyiha bilan bog‘liq savollarga javob olish maqsadida yosh tadqiqotchini suhbatga tortdik. Javoblarni o‘qishdan oldin maqola qahramoni bilan qisqacha tanishib olsak...

📌Batafsil "INNOVATOR"da tanishing. Jurnallarimizga obuna bo'lishni unutmang!

Facebook I Telegram I Web I Instagram
📣📣📣DIQQAT! DIQQAT! DIQQAT!

📖Ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop “Innovator” jurnalining "YOSHLAR TEXNOPARKI" faoliyatiga bag‘ishlangan 2024-yildagi 1-soni elektron ko'rinishda taqdim etiladi.

🌐Yoshlar texnoparklarining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

⚽️Yurtimizda robot futbolchilar "yetishtirilayotganligidan" xabardormisiz?

🧿Interaktiv virtual videostudiya — ta'lim tizimiga qanday o'zgarishlar olib kirishga qodir?

🏆2023-yilning "Eng kuchli o'quvchisi" kim ekanligini bilasizmi?

🔬Ayollarning tibbiy savodxonligini oshirishi ko'zda tutgan ishlanma!
?

📖Barchasi haqida “Innovator” jurnalining 1-sonida batafsil tanishing! Quyidagi havola orqali jurnalni "varaqlab" ko'ring😉

👉https://online.pubhtml5.com/jhog/pacp/

Facebook I Telegram I Web I Instagram
HTML Embed Code:
2024/05/16 08:44:32
Back to Top