TG Telegram Group Link
Channel: "Innovator" jurnali
Back to Bottom
​​#innovator

"Innovator"
sahifasining bugungi qahramoni — Saydaxmetov Saidakramxon Toxirjon o'g'li.

Saidakramxon 2001-yil 21-yanvar kuni Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug'ilgan. Hozirda "Farg‘ona politexnika instituti" Energetika fakulteti 4-bosqich talabasi. 2023-2024 o'quv yili uchun ta'sis etilgan "Beruniy" nomli davlat stipendiyasini qo'lga kiritgan.

Qahramonimiz "Helper call center" loyihasi muallifi hisoblanadi. Loyiha asosida ishlab chiqarilgan qurilma ko‘zi ojiz, eshitishda va gapirishda nuqsoni bor insonlar uchun mo'ljallangan. U yordamida mushkul vaziyatlarda foydalanuvchi qarovchilari yoki shaxsiy shifokoriga yordam xabarini jo‘natishi mumkin bo'ladi. Xususan, qurilma foydalanuvchining real vaqtdagi joylashuvi haqida ma'lumot beradi.

Tinib-tinchimas qahramonimiz o'z loyihalari bilan bir qator tanlovlarda ishtirok etib, faxrli o'rinlarni qo'ga kiritgan. Jumladan, 2022-yilda o'tkazilgan “Moonshot Pirates” xalqaro tanlovida ishtirok etib, final bosqich uchun yo'llanmani qo'lga kiritgan. O'sha yilgi “YAIT” biznes inkubator sovrindori bo'lgan. Saidakramxon, shuningdek, “Mirzo Ulug’bek vorislari“ tanlovining respublika bosqichi g'oliblaridan biri. Fargʻona vodiysidagi iqtidorli yoshlari uchun qishloq xoʻjaligi va raqamli fermerlik sohasida o‘tkazilgan “Hack4DigitalVillages” mintaqaviy xakatoni g'olibi. Qahramonimiz, shu bilan birga, BMT FAO va YeXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori hisoblanadi.

Innovatorimiz ayni damda ko‘zi ojizlar uchun elektron kitob prototipini ishlab chiqish bo'yicha ish olib bormoqda.

"Eng katta maqsadlarimdan biri yurtimizdagi ijtimoiy yordamga muhtoj insonlarga yordam berishga qaratilgan innovatsion texnologiyalarini rivojlantirish, shu bilan bir qatorda, aqlli texnologiyalarni joriy qilish hamda ijtimoiy sohada muhim yutuqlarni qo‘lga kiritish", — deydi yosh innovator.

Qahramonimizning kelgusi ishlariga zafarlar tilab qolamiz!


Facebook | Telegram | Web | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Sony Honda kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan birinchi elektromobilini namoyish etdi!

📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉

Facebook | Telegram | Web | Instagram
#qiziqarli_fakt

Robot so'zi chex tilidagi "robota" — "ish" so'zidan kelib chiqqan ekan!

Manba: https://hottg.com/yoshlartexnoparki

📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉

Facebook | Telegram | Web | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Alisher_Navoiy #583_yilligi

⚜️Ayni paytda poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tmoqda.

🔹Harbiy orkestr sadolari ostida boshlangan tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, davlat va jamoat arboblari, shoirlar, yozuvchilar, adabiyotshunoslar, talaba va o‘quvchilar, ijodiy tashkilotlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.

Tadbirni O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Sirojiddin Sayyid kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
​​⚡️"Innovator" sahifasining navbatdagi qahramoni — Raximberdiyev Yaxyobek.

Yaxyobek 2000-yilning 10-yanvar kuni Namangan viloyati, Mingbuloq tumanida tug'ilgan. Hozirda "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti“ Milliy tadqiqot universiteti 3-bosqich talabasi.

Qahramonimiz hozirda "Hydroleaders" jamoasi a'zosi hisoblanadi. Suv tejamkor texnologiyalar sohasidagi qator xalqaro loyihalarda ishtirok etib keladi.

Tinib-tinchimas qahramonimiz o'z loyihalari bilan bir qator tanlovlarda ishtirok etib, faxrli o'rinlarni qo'lga kiritgan. 2023-yil 23-iyun kuni Yevropa ittifoqining “Efficient Water and Land Management in Uzbekistans Agricultural Sector” tashkiloti tomonidan “Growing Together” shiori ostida o‘tkazilgan debat munozara bahsida faol ishtirok etib, 1-o‘rinni sohibi bo'ldi. “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va ICT academy tomonidan tashkil etilgan tanlovda grand yutib, “Beckend Developer” (Pyton, Telegram bot, Django) yo‘nalishi bo‘yicha mutahassislik sertifikatini qo'lga kiritdi. 2023-yil 6-dekabr kuni esa Turkmaniston qishloq xo'jaligi instituti tomonidan o'tkazilgan II xalqaro internet olimpiadasida "Kompyuter va injenerlik grafikasi" yo'nalishi bo'yicha ishtirok etib, 3-o'rin sohibi bo'ldi.

Yaxyobek hozirda o'zining "Smart panels"  loyihasi ustida ishlamoqda. Loyihadan ko'zlangan asosiy maqsad quyosh panellariga qo'shimcha ravishda uni harakatlantiruvchi mexanizm va dasturiy ta'minot o'rnatib, foydali ish koeffitsiyentini oshirish hisoblanadi. Ushbu usuldan foydalanganda, oddiy panellarga qaraganda 2,4 baravar ko'p elektr tokini yig'ib olish mumkin bo'ladi.

Qahramonimizning kelgusi ishlariga zafarlar tilab qolamiz!

Facebook | Telegram | Web | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_da_bizning_innovator
#ixtiro #innovator #ishlanma

🛠Quyosh energiyasi asosida havodan kunlik iste’mol uchun yetarli ichimlik suvi olish qurilmasi yaratildi!

💦Yurtimizdagi yoshlar izlanishdan aslo to'xtashmaydi, yangiliklar yaratishdan charchashmaydi! Shunday yoshlar qatorida "INNOVATOR" jurnali qahramoni Mahammadjonov Qudratbek ham bor! Qahramonimizning yangi ishlanmasi quyosh energiyasi asosida havodan kunlik iste'mol uchun yetarli ichimlik suvi olish qurilmasi hisoblanadi.

🧩Qurilma havo tarkibidagi namlikni suyuq suvga aylantiradi. Ushbu tizim eng yangi metalloorganik materiallarga asoslangan bo‘lib, nisbiy namligi 10 foizgacha bo‘lgan eng quruq cho‘l havosidan ham ichimlik suvini olish imkonini beradi. Mahammadjonov Qudratbek.

📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉

Facebook | Telegram | Web | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_son

📣📣📣Ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop “INNOVATOR” jurnalining 2024-yildagi ilk soni YOSHLAR TEXNOPARKLARI faoliyatiga bag‘ishlanadi!

⁉️YOSHLAR TEXNOPARKLARINING vazifalari nimalardan iborat?

🌐Yurtimizda NECHTA Yoshlar texnoparklari faoliyat olib bormoqda?

🤷‍♂️Texnoparklarga a'zo bo'lish istagidasiz, ammo bu qay tartibda amalga oshirilishini bilmaysizmi?

🛠Yoshlar texnoparklarida yoshlar nimalar bilan band ekanligi sizga qiziqmi?

🧐Shu kabi savollarga javob qidirayotganmidingiz? "INNOVATOR" siz uchun javoblarni to'pladi! Barchasi bilan jurnalning yangi sonida yaqindan tanishing.


📹Jurnal muqovasi uchun video jarayon! Suratda Nukus shahrida joylashgan Yoshlar texnoparki rahbari RUSTAM MADRAIMOV.

Telegram | Facebook | Web | Instagram
💦Suvni qayta ishlash ham ekologik ham iqtisodiy tomondan foyda keltiradi!

🧐Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, siz ishlatayotgan suv qayerga ketadi? Аlbatta, kanalizatsiyaga-da, deysizmi? To‘g‘ri, ammo shu suvlardan qayta foydalanish mumkinligini bilasizmi? Mana shu maqsadda bugungi suhbatdoshimiz Gulchiroy Аsqarova yangi loyiha ishlab chiqqan. U oqova suvlarni qayta tozalab, yana qo‘llash chorasini topdi.

📌Batafsil "INNOVATOR"da tanishing.Jurnallarimizga obuna bo'lishni unutmang!

Facebook I Telegram I Web I Instagram
"INNOVATOR" jurnali qaysi sohalardagi innovatsiyalarga ixtisoslashgan son qilishini istardingiz?
Anonymous Poll
31%
IT sohasida
21%
Tibbiyot sohasida
36%
Qishloq xo‘jaligi sohasida
50%
Sun'iy intellekt sohasida
#Innovator_tavsiya

Koʻpincha oʻzimizga chegaralar qoʻyamiz:

⁉️Kichkinagina uyim boʻlsa edi... Nega katta uyingiz boʻlishini so‘ramaysiz?

💵Ozroq pulim boʻlsa edi... Nega koʻproq pul soʻrashni niyat qilmaysiz?

🧠Miyangizdagi shu kabi chegaralar sizni hech qachon yuksalishingizga yo‘l qoʻymaydi. Bundan qanday qutulish mumkin, deysizmi?

‼️Bu oddiy. Sizga hayotiy dallilarga asoslanib, yozilgan ROBERT KIYOSAKINI kitobini oʻqishni tavsiya etamiz.

📓Oʻzingiz uchun kerakli maʼlumotlarni kitob orqali aniq topasiz!

Facebook I Telegram I Web I Instagram
🔺Teknofest - dunyoning eng yirik aviatsiya koinot va texnologiya festivali

🚀Turkiyada 2018-yildan buyon o’tkazib kelinayotgan “TEKNOFEST- aviatsiya, koinot va texnologiya festivali” ushbu yo’nalishdagi dunyodagi eng yirik festivallardan biri hisoblanadi.

Festival doirasida har yili aviatsiya va texnologiyalarga doir 150 dan ortiq yo’nalishlarda musoboqalar o’tkaziladi. Unda dunyoning turli mamalakatlaridan maktab yoshidan to magistratura bitiruvchisi darajasigacha bo’lgan yoshlar o’z innovatsion ishlanmalari taqdimotlari bilan ishtirok etishlari mumkin.

2023-yilnig o’zida TEKNOFEST Istanbul, Anqara va Izmirda boʻlib oʻtdi va 41 xil toifadagi texnologiya musobaqalari oʻtkazildi. Ushbu musobaqalarga 81 viloyat va 96 mamlakatdan 333 000 dan ortiq jamoa va 1 000 000 dan ortiq ishtirokchi ariza topshirgan. Festivalga tashrif buyurganlar qamrovi esa 4,5 million kishini tashkil etgan.

🤔Festival doirasida har yili raketa, sun’iy yo’ldosh modeli, sog’liqni saqlashda sun’iy intellekt, biotexnologiya innovatsiyasi, sanoatda raqamli texnologiyalar, ta'lim texnologiyalari, qishloq xo’jaligi texnologiyalari va boshqa juda ko’plab yo’nalishlar bo’yicha eng so’ngi texnologik yechimlar va ishlanmalar ko’rgazmasi bo’lib o'tadi.

Rasmiy sahifalarimiz⬇️

🔍 Web-site 📷 Instagram 💬 Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ixtiro

🌐Yaponiyadagi tinib-tinchimas muhandislar antiqa ko'rinishdagi skuterlarni ishlab chiqishdi. Endi ularni "yelkangizga osib" yura olasiz.

🛵Skuter elektr yordamida quvvat oladi. Eng yuqori tezligi 15 km/soat ga teng. Og'irligi esa 8 kg ni tashkil etadi.

📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉

Facebook | Telegram | Web | Instagram
🦠SARATONNI DAVOLAYDIGAN YANGI ISHLANMA

“InnoWeek” haftaligining eng qiziqarli tomoni – u yerda turli sohalarda amalga oshirilayotgan ishlanmalar bilan tanishasiz. Qaysi sohalarga ko‘proq yangi texnologiyalar kirib kelmoqda? Umuman, innovatsiyalar olamida nima gap? Аgar ana shunday “qaynoq” savollarga javob olishni istasangiz, aynan haftalik siz uchun qiziqarli maydon bo‘lishi, shubhasiz.

O‘tgan yili o‘tkazilgan ushbu nufuzli haftalikda ham tibbiyotning har bir yo‘nalishida turli xil qiziqarli innovatsiyalar qilinayotganiga amin bo‘ldik. Ular orasida, ayniqsa, biotexnologiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida e’tiborimizni tortdi. Bu soha yurtimizda endi rivojlanayotganday quloqqa chalinadi. Аslida, unday emas. U hamisha bo‘lgan va bo‘ladi. Oddiy xamir tayyorlash uchun achitqi olish jarayonini bir eslang. Аynan shu jarayonning o‘zi bir biotexnologiya...

📌Batafsil "INNOVATOR"da tanishing. Jurnallarimizga obuna bo'lishni unutmang!

Facebook I Telegram I Web I Instagram
HTML Embed Code:
2024/06/01 00:12:45
Back to Top