TG Telegram Group Link
Channel: Flutter dasturchi
Back to Bottom
Shunaqa izohlarni ko'rib yana ko'proq motivatsiya uyg'onadi. Barchaga katta rahmat. Izohlardan ba'zilarini joyladim.

Hozircha ilmiy ishim va boshqa ba'zi masalalar tufayli video darslar tayyorlashga vaqtimiz yetmayapti. Tez orada yana yangi dars va ma'lumotlar joylashtirishda davom etamiz.

👉 https://www.youtube.com/@Nursaidovuz/

@FlutterDasturchi
Juda ko’pchilikdan keladigan savollar shunga o’xshash: “Hozir C ni o’rganayapman, lekin bu tildan ko’nglim to’lmayapti. Uning o’rniga C# yoki C++ ni o’rganishim kerakmi ?

Men bilmayman. Bu sizning nima xohlayotganingizga bog’liq.

Tasavvur qiling, siz doktor bo’lmoqchisiz. Qanday turdagi doktor bo’lmoqchisiz?

Kardiolog? Unda qon tomirlari va yurak haqida o’rganasiz

Tish shifokori? Unda tish haqida o’rganasiz

Psixiatr? Unda ruxiy salomatlik haqida o’rganasiz

Nimaga shama qilayotganimni tushungandirsiz?

Qanday turdagi dasturchi bo’lmoqchisiz?

iOS dasturchi? Unda Objective C va Swiftni o’rganing.

Android dasturchi? Unda Java va Kotlinni o’rganing.

Backend? Unda  Python, Ruby/ C#/ PHP va boshqalardan birini o’rganing.

Frontend? Unda  HTML, CSS, JavaScript va boshqalarni o’rganing.

Past darajadagi tizim dasturlash ? Unda C va C++.

Windows dasturlash? Unda C#ni o’rganing.

Bularning barchasi dasturlash yo’nalishlari. Yo’nalish tanlang, undan keyin esa tilni.

Jahongir Rahmonov

👉 @FlutterDasturchi
Dasturchiga matematikadan ko'ra mantiq ko'proq kerakmi? 🤷‍♂️

Barcha matematik jarayonlar mantiqqa asoslanib ishlab chiqilgan bo'lsada, har ikkisi xilma-xil maqsadlarga ega bo'lgan turlicha vositalardir.

Menga qolsa matematika va mantiq bir-birini to'ldiruvchi qarama-qarshiliklar deb aytgan bo'lar edim. Oddiyroq qilib aytadigan bo'lsam matematika mantiqiy aniqliklarni aniqlaydi.

🔸Matematika raqamli natijalarni aniq beradi, ammo jarayon va natijani intuitiv tushuntirmaydi.

🔹Mantiq jarayon va natija haqida ko'proq tushuncha beradi, lekin odatda miqdoriy natijalarning faqat birinchi darajasinigina baholay oladi xolos.

🔸Matematika faqat raqamlar bilan bog'liq masalalar uchun foydalidir, mantiq barcha masalalar uchun foydalidir va asosan ijodiy fikrlash jarayoni bilan juda yaxshi kelisha oladi.

🔹Mantiq intuitiv yolg'on taxminlar tufayli xatolikga moyil bo'lsa matematikada intuitiv noto'g'ri xulosalar paydo bo'ladi.

🔸Matematik formalizm - bu bosqichma-bosqich qat'iy qadam bo'lib, faqat oldinga siljish mumkin.

🔹Mantiq deduksiya va induksiya jarayonlarini o'z ichiga oladi. Shuning uchun, u jinoiy qidiruv yoki boshqa bir muammolarni bartaraf etish kabi holatlar uchun yaxshi instrument. Bundan tashqari, dastur bosqichlarini ishlab chiqish, raqamli qurilmalar uchun integral mikrosxemaning muhandisligi kabi qismlarda ham yaxshigina qo'l keladi.

🔸Matematikani turli metodlar asosida rivojlantirish va uni qismlarga bo'lib o'rgatish mumkin.

🔹Mantiq uchun aniq bir ta'lim shakli ishlab chiqilmagan. Odatda bu hayotiy tajriba va muhit orqali o'rganiladi.

🔸Muammoni hal qilish uchun qancha matematikani qo'llash kerak bo'lsa, yechim shunchalik murakkablashadi.

🔹Muammoni hal qilishda siz qanchalik mantiqqa amal qilsangiz, shunchalik sodda yechim topasiz.

Birinchi savolga qaytsak. Dasturchi uchun matematikadan ko'ra mantiq ko'proq kerakmi?

Ha albatta. Umuman matematikadan xabarsiz odam dasturchi bo'la oladi. Bugungi kundagi yuqori darajadagi dasturlash tillar inson tilidan farq qilmaydi va buyerda matematik hisoblardan ko'ra mantiq yaxshiroq qo'l keladi.

Dasturchi faqatgina hisoblarni yuritishnigina emas muammo uchun tezkor va muqobil yechim topa olishi ham kerak. Bu esa o'z o'rnida matematikaga emas balkim mantiqqa asoslanadi.
Manuchexr Usmonov

⚙️@FlutterDasturchi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚙️ @FlutterDasturchi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
iOS va Android dasturchilari kimlar?

iOS dasturchi
- Apple kompaniyasining iOS tizimida ishlovchi mobil qurilmalari, iPhone, iPad, va iWatch lar uchun mobil ilovalar yaratuvchisi. Ish faoliyatida Objective-C yoki Swift dasturlash tillaridan keng foydalanadi.

Android dasturchi - Android tizimida ishlovchi mobil qurilmalar uchun mobil ilovalar yaratuvchisi. Dasturlashda C++, Kotlin, Flutter yoki Java tillaridan foydalanadi.

iOS dunyo miqyosida eng koʻp foydalaniluvchi Androiddan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Android va iOS - bozorda asosiy raqiblar hisoblanadi.

Bu toifadagi dasturchilarga hozirda talab juda yuqori. Maoshniku gapirmasa ham boʻlaveradi. :)

Statistika maʼlumotlariga koʻra Android dasturchilariga boʻlgan talab 2024-yilgacha 17% ga oshar ekan.

iOS yoki Android dasturchisi boʻlishni xohlaysizmi?

@FlutterDasturchi
Dart tilida if va else operatorlari shartli ishlovchi operatorlar hisoblanadi. Shartni tekshirib, shart bajarilganda if blokini ishga tushuradi, shart bajarilmaganida esa else blokini ishga tushuradi. Quyidagi misol if va else operatorlarini qanday ishlatishni ko'rsatadi:

Rasmdagi kodda if operatori yordamida x ning 5 dan katta bo'lishini tekshiriladi. Agar x 5 dan katta bo'lsa, if bloki ishga tushiriladi va '$x 5 dan katta' konsolga chiqariladi. Aks holda, else bloki ishga tushiriladi va '$x 5 dan kichik yoki teng' konsolga chiqariladi.

@FlutterDasturchi
Kvadratning tomoni a berilgan. Uning perimetri aniqlansin. P=4*a.

Rasmdagi
kod a degan o'zgaruvchida kvadratning tomonini saqlab, uning perimetrini P o'zgaruvchida hisoblaydi va natijani konsolga chiqaradi. Kvadratning tomoni 5 ga teng bo'lsa, konsolda "Kvadratning perimetri: 20" chiqadi.

@FlutterDasturchi
Kvadratning tomoni a berilgan. Uning yuzasi aniqlansin. S=a*a ning kvadrati

Ya'ni kvadratning yuzasi kvadratini tomonning kvadrati bilan hisoblanadi. Misol uchun, agar kvadratning tomoni 5 bo'lsa, uning yuzasi S = 5*5 = 25 ga teng bo'ladi. Shunday qilib, kvadratning yuzasi tomonning kvadrati bilan hisoblanadi.

Rasmda Dart dasturlash tilida ishlanishi

@FlutterDasturchi
Berilgan A va B sonlarining qiymatlarini almashtiring. A va B ning yangi qiymati ekranga chiqarilsin

Rasmdagi kod A va B sonlarini almashtiradi va yangi qiymatlarni ekranga chiqaradi. Natijada, "A ning yangi qiymati: 7" va "B ning yangi qiymati: 5" kabi ekranga chiqariladi.

@FlutterDasturchi
📲 2023 yilda mobil ilovalarni ishlab chiqish uchun 5 ta eng yaxshi dasturlash tillari

1. JavaScript
. ...
2. Java. ...
3. Swift. ...
4. Kotlin. ...
5. Dart. ...

@FlutterDasturchi
Shunday funksiya yozingki - u gapni string ko'rinishida olib, undagi 4tadan ko'p xarfli so'zlarni teskari ko'rinishiga keltirishi kerak. Masalan:

Input 1: "Bu python dasturlash tili"
Output 1: "Bu nohtyp hsalrutsad tili"

Ko'rib turganingizdek, bu yerdagi gapda - faqatgina harflar soni 4tadan ko'p bo'lgan so'zlar teskarisiga almashtirilgan (python ➡️ nohtyp), agar so'zdagi harflar soni 4ta yoki undan kam bo'lsa so'z o'zgartirilmaydi!

Input 2: "Men uyga ketdim"
Output 2: "Men uyga midtek"

Input 3: "Yolg'on gapirish yaxshi emas"
Output 3: "no'gloY hsiripag ihsxay emas"

Masalani dart dasturlash tilida yechishingiz mumkin.
Masalaga javob ertaga shu kanalga joylanadi. Omad!

♻️Dasturlashga qiziqadiganlarga jo'nating, ular ham bilimlarini sinab ko'rishsin

@FlutterDasturchi
Flutter dasturchi
Shunday funksiya yozingki - u gapni string ko'rinishida olib, undagi 4tadan ko'p xarfli so'zlarni teskari ko'rinishiga keltirishi kerak. Masalan: Input 1: "Bu python dasturlash tili" Output 1: "Bu nohtyp hsalrutsad tili" Ko'rib turganingizdek, bu yerdagi…
Yuqoridagi masalaning Dart tilida ishlanishi

void main() {
  String reverseWords(String str) {
    List<String> words = str.split(' ');
    for (int i = 0; i < words.length; i++) {
      if (words[i].length > 4) {
        words[i] = words[i].split('').reversed.join();
      }
    }
    return words.join(' ');
  }

  print(reverseWords("Yolg'on gapirish yaxshi emas"));
}

-----------------------

@Myartuzb1 foydalanuvchimiz ishlagan

@FlutterDasturchi
Dasturchilarning kelajagi qanaqa? Ishsiz qolasizmi?
Yohud “Layofflar, ChatGPT va boshqalar haqida”

Katta katta korxonalar minglab ishchilarini haydab yuborishyapti. Undan tashqari ChatGPT va boshqa AI loyihalar shiddat bilan rivojlanmoqda. Huddi 3-4 yil ichida dasturchilarga talab qolmaydigandek. Keling shu haqida ozgina fikrlashamiz.

Amazon bu yili 27000 ishchisini ishdan ketqizdi. Meta o’tgan yili Noyabrda 11 mingtani ketqizgan, yaqinda yana 10 mingtani. Google 12mingta ishchisini ketqizgan. Bu raqamlar kichik raqamlar emas. Ahvol qo’rqinchiliga o’xshaydi. Rostdan shundaymi? Bunga nima sabab? Menimcha buning sababi 2ta:

- Covid
- Dunyodagi makroekonomik xolat (Ukrainadagi urush)

Covid boshlanganda odamlar asosan uyda vaqtlarini sarflashni boshlashdi va internet hizmatlariga bo’lgan talab kutilmaganda juda katta tezlikda o’sishni boshladi. Talab ko’paydi degani ish ko’paydi degani. Shu talabni qoniqtirish uchun yani ko’proq pul topish uchun kompaniyalar ham kutilgandan ancha ko’proq ishchilarni tezroq ishga olishni boshlashdi. Masalan Amazon 2021da 310000ta ishchi, 2020da esa yarim million ishchi olgan. 2021 ohirida Amazonda 1.6 million ishchi bo’lgan, ularning 300000tasi ofis ishchilari (dasturchilar va hokazo).

Hozirgi kunda esa Covid chegarali 100% olib tashlangan. Natijada odamlar uyda kamroq vaqt sarflashyapti va internet xizmatlaridan kamroq foydalanishyapti. U degani kompaniyalar xizmatlariga talab kamaygan. Uning ustiga Ukraindagi urush dunyodagi makroekonomik xolatga ancha tasir o’tkazyapti. Natijada kompaniyalarda foyda kutilgandan ancha kamaygan. Shuning uchun ham eng katta harajatlardan biri bo’lgan ishchilarni ketkazib yuborishyapti.

Bundan 2ta xuloasa qilish mumkin. Ohirgi yilni emas, ohirgi 2-3 yilni oladigan bo’lsak kompaniyalar yaxshigina o’sgan, pasaymagan. Qachondir dunyodagi holat sal yaxshilanishni boshlaganda bu kompaniyalar yana ishchi olishda va yanada ko’proq o’sishda davom etadi. Agar dunyoda holat yaxshilanmasa nafaqat dasturchilar, nafaqat bu kompaniyalar, boshqa kompaniyalar ham, boshqa ishchilar ham qiynalishadi.

ChatGPT va dasturchilarning ishsiz qolishiga keladigan bo’lsak. Mening bu sohada bilimim kam, shuning uchun tajribaliroq tanishlardan so’rab ko’rdim. Bir hamkasbimda Zurichning ETH universitetida (Einstein o’qigan) Machine Learning bilan shug’illanidagn PhD o’rtog’i bor ekan. Uning aytishi bo’yicha hozirgi modellar “dogshit” emish, yani yumshoq qilib aytadigan bo’lsak “ishga uncha yaramaydi”. Dasturlash kontekstida berayotgan javoblari juda ham noaniq. Ayniqsa savollar qiyinlashgan sari. Hali uni qiyin sistemalar quradigan darajaga olib kelish uchun ko’p vaqt va ish kerak ekan. Bu vaqtlar kelgan taqdirda ham dasturchilarga talab kamaymaydi. Dasturchilar uchun bu AI sistemalar yordamchi bo’ladi. Dasturchilar ishsiz qolmaydi, ular qilayotgan ishlar o’zgaradi.

© Jahongir Rahmonov

@FlutterDasturchi
Forwarded from Nursaidov.uz
📲 Diqqat: Talablarga binoan FLUTTER darslarini boshladik.

1-dars. Flutter tanishuv | Kirish qismi

👉 https://youtu.be/5HsiH26KSqk

Flutterni nega o'rganish kerak? Qisqacha aytganda bitta dasturlash tili va bitta kod bazasi yordamida iOS va Android tizimlariga dasturiy ilovalar, Desktop daturlar hamda Web uchun tizimlar yarata olasiz.

DART tili bo'yicha darslar bu yerda:

👉 https://www.youtube.com/playlist?list=PL0PCPzDC5CEv1uK9JMX2TV8l4mOu8oFBh

@Nursaidovuz
Axborot texnologiyalari - bu turli fanlar va tajriba sohalarini o'z ichiga olgan keng sohadir. ITning asosiy yo'nalishlari(1-qism):

1. Software Development
: Bu tashkilotlarga muayyan vazifalarni bajarish yoki ma'lum maqsadlarga erishishda yordam beradigan dasturiy ilovalarni loyihalash, ishlab chiqish va saqlashni o'z ichiga oladi.

2. Cybersecurity: Bu soha kompyuter tizimlari va tarmoqlarini ruxsatsiz kirish, o'g'irlik va shikastlanishdan himoya qilishga qaratilgan.

3. Network Administration: Bu turli xil qurilmalarning bir-biri bilan aloqa qilishiga va resurslarni almashishiga imkon beruvchi kompyuter tarmoqlarini sozlash va texnik xizmat ko'rsatishni o'z ichiga oladi.

4. Database Management: Bu soha katta hajmdagi ma'lumotlarni saqlaydigan va boshqaradigan ma'lumotlar bazalarini loyihalash, yaratish va boshqarishni o'z ichiga oladi.

5. Cloud Computing: Bu mahalliy serverlar yoki shaxsiy kompyuterlarga tayanish o'rniga ma'lumotlar va ilovalarni saqlash, boshqarish va qayta ishlash uchun masofaviy serverlardan foydalanishni o'z ichiga oladi.

6. Artificial Intelligence: Bu odatda inson aqlini talab qiladigan vazifalarni bajara oladigan aqlli mashinalar va dasturiy ilovalarni yaratish uchun algoritm va usullarni ishlab chiqish va ulardan foydalanishni o'z ichiga oladi.

7. Web Development: Bu Internet orqali foydalanuvchilarga ma'lumot yoki xizmatlarni taqdim etadigan veb-saytlar va veb-ilovalarni loyihalash va ishlab chiqishni o'z ichiga oladi.

8. Mobile Development: Bu smartfon va planshetlar kabi mobil qurilmalarda ishlaydigan ilovalarni loyihalash va ishlab chiqishni o'z ichiga oladi.

9. Big Data: Bu biznes qarorlarini bildirishi mumkin bo'lgan naqshlar, tendentsiyalar va tushunchalarni aniqlash uchun katta hajmdagi ma'lumotlarni to'plash, saqlash va tahlil qilishni o'z ichiga oladi.

10. Internet of Things (IoT): Bu ob'ektlarni internetga ulash uchun sensorlar va boshqa qurilmalardan foydalanishni o'z ichiga oladi, bu ularga boshqa qurilmalar va tizimlar bilan ma'lumot almashish imkonini beradi.

đź’µ Ushbu sohalar dunyo bo'yicha eng yuqori maosh to'lanadigan IT yo'nalishlari hisoblanadi. O'rtacha 1 oylik maosh - 6000$ ni tashkil qiladi.

@FlutterDasturchi
HTML Embed Code:
2025/07/04 17:47:17
Back to Top