TG Telegram Group Link
Channel: Flutter dasturchi
Back to Bottom
#Masala_2

Siz odatda do'konga kirganingizda kredit kartadan foydalanasiz. Lekin siz kimdir plastik kartangizni raqamini bilib olishini hohlamaysiz. Sizning vazifangiz shuki - foydalanuvchi kiritgan ma'lumotni oxirgi 4ta belgidan boshqa hamma belgilarni # ga almashtirish. Agar foydalanuvchi kiritgan input - 4ta belgi yoki undan kam bo'lsa hech narsa o'zgartirmaysiz.

Masalan:
Input: "12375861458" ➡️ Output: " #######1458"
Input: "abcdef" ➡️ Output: "##cdef"
Input: "ab15" ➡️ Output: "ab15"

(Input - bu foydalanuvchi kiritgan ma'lumot, output - bu sizni dasturingiz chiqarishi kerak bo'lgan natija)

Masalani dart dasturlash tilida ishlash tavsiya etiladi
Masalaga javob ertaga shu kanalga joylanadi. Omad!

♻️Dasturlashga qiziqadiganlarga jo'nating, ular ham bilimlarini sinab ko'rishsin

@FlutterDasturchi
Flutter dasturchi
#Masala_2 Siz odatda do'konga kirganingizda kredit kartadan foydalanasiz. Lekin siz kimdir plastik kartangizni raqamini bilib olishini hohlamaysiz. Sizning vazifangiz shuki - foydalanuvchi kiritgan ma'lumotni oxirgi 4ta belgidan boshqa hamma belgilarni #…
Dastur main funksiyasi bilan boshlanadi, bu funksiya dasturning boshlang'ich nuqtasi hisoblanadi va programni boshlash uchun kerak bo'lgan funksiya yordamida kredit karta raqamini almashtirish va natijani konsolga chiqarishni o'z ichiga oladi.

maskCreditCard funksiyasi kredit karta raqamini qabul qilib, raqam uzunligi 4 belgidan kam bo'lsa, kiritilgan raqamni qaytaradi. Aks holda, funksiya oxirgi 4 belgini olish uchun substring metodi bilan foydalanadi va # belgisi yordamida qo'yilishi kerak bo'lgan belgilarni hisoblaydi. Keyin, almashtirilgan kredit karta raqamini qaytaradi.

Dastur print funksiyasi yordamida almashtirilgan kredit karta raqamini konsolga chiqaradi. Dastur - Dart dasturlash tilida yozilgan

@FlutterDasturchi
#Masala_3

Sizga 5ta harf berilgan - a, e, i, o, u

Sizning vazifangiz - shu harflardan foydalangan holda  hosil qilish mumkin bo'lgan 120ta so'zni hosil qiladigan dastur tuzishingiz kerak.

⚠️ Bitta so'zda - har bitta harfni faqat bir marta ishlatish mumkin! Dasturingiz jami bo'lib 120ta turli xil so'z yasashi va ana shu so'zlarni ekranga chiqarishi kerak.

Masalani dart dasturlash tilida yechishingiz mumkin.
Masalaga javob ertaga shu kanalga joylanadi. Omad!

Dasturlashga qiziqadiganlarga jo'nating, ular ham bilimlarini sinab ko'rishsin

@FlutterDasturchi
Flutter dasturchi
#Masala_3 Sizga 5ta harf berilgan - a, e, i, o, u Sizning vazifangiz - shu harflardan foydalangan holda  hosil qilish mumkin bo'lgan 120ta so'zni hosil qiladigan dastur tuzishingiz kerak. ⚠️ Bitta so'zda - har bitta harfni faqat bir marta ishlatish mumkin!…
Ushbu kodda, harf kombinatsiyalarini yaratish uchun for sikllari va ro'yxatlar ishlatilgan. Har bir harfning qolgan harflar bilan bir marta ishlatilmaganligini tekshirish uchun ichki sikllar boshida tekshiruv amalga oshiriladi.

Bu dasturni ishga tushirilganda, 120 turli xil so'z yaratiladi va ushbu so'zlarni ekranga chiqaradi.

@FlutterDasturchi
#Masala_4
Kassirga qaytim berishda yordam bering

Kamol do'konga kirib, o'zi uchun kerakli mahsulotlarga to'lov qildi. Jami xarid qilingan mahsulotlar summasi M so'm bo'ldi. U kassirga N so'm pul berdi. Kamol biroz injiq bo'lgani sababli qaytim qiymati kattaroq kupyuralar bilan berilishini va kupyuralar soni kam bo'lishini xohlaydi. Kassirga yordam bering. 

Jami 1, 2, 5, 10, 50, 100, 200, 500, 1000, 2000, 5000, 10000, 20000, 50000 va 100000 so'mlik kupyuralar muomalada bor deb hisoblansin.

Agar Kamol bergan summa mahsulot narxidan kam bo'lsa, 0 chiqarilsin.

Kiruvchi ma'lumotlar:
Kirish oqimida ikkita musbat butun son, N va M sonlari probel bilan ajratilgan holda kiritiladi, sonlar qiymati 10⁹ dan oshmaydi.

Chiquvchi ma'lumotlar:
Chiqish oqimida qaytim uchun berilishi mumkin bo'lgan kupyuralar sonining eng kam miqdorini chiqarish kerak bo'ladi.

Masalan:

Input 1: "34226 10"
Output 1: 8

Input 2: "89493 10"
Output 2: 10

Masalani dart dasturlash tilida yechishingiz mumkin.
Masalaga javob ertaga shu kanalga joylanadi. Omad!

Dasturlashga qiziqadiganlarga jo'nating, ular ham bilimlarini sinab ko'rishsin

@FlutterDasturchi
Flutter dasturchi
#Masala_4 Kassirga qaytim berishda yordam bering Kamol do'konga kirib, o'zi uchun kerakli mahsulotlarga to'lov qildi. Jami xarid qilingan mahsulotlar summasi M so'm bo'ldi. U kassirga N so'm pul berdi. Kamol biroz injiq bo'lgani sababli qaytim qiymati kattaroq…
Bu koddagi 'kassirgaQaytimBerish' funksiyasi, kassirga berilgan pul miqdoridan mahsulotlar narxini ayirib, qaytim kupyuralari sonini topadi. Kupyuralar ro'yxati orqali, qolgan summadagi kupyuralar soni va qaytim soni hisoblanadi.

@FlutterDasturchi
Akmal aka Kadirovdan tavsiya

@FlutterDasturchi
#Masala_5

"Roma" keyingi bosqichda

Barcelona futbol jamoasi Chempionlar ligasi nimchorak finalida "Roma" futbol klubi bilan to'qnash keldi. "Barcelona" maydonida kechgan o'yinda 4-1 hisobida "Barcelona" g'alaba qozondi. Keyingi o'yin "Roma" maydonida bo'lib o'tadi.

Vazifangiz "Roma" keyingi bosqichga chiqadimi yoki yo'qmi aniqlash.

Izoh: Mehmon stadionida urilgan gol ziyodroq hisoblanadi.
Kiruvchi ma'lumotlar:
Kirish oqimida bitta qatorda "-" bilan ajratilgan holatda "Roma" maydonida bo'lgan hisob.
Chiquvchi ma'lumotlar:
Agar "Roma" keyingi bosqichga chiqsa, win; chiqa olmasa, lost; va ikkita o'yinda ham hisob bir xil bo'lsa, penalty chiqarilsin.

Masalaln:
Input 1: 3-0
Output 1: win

Input 2: 3-1
Output 2: lost

Masalani dart dasturlash tilida yechishingiz mumkin.
Masalaga javob ertaga shu kanalga joylanadi. Omad!

♻️Dasturlashga qiziqadiganlarga jo'nating, ular ham bilimlarini sinab ko'rishsin

@FlutterDasturchi
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
FAANGga ishga kirish uchun Leetcode yechish kerak. Leetcode yechish qobiliyatingizni qanday qilib oshirish kerak?
Yohud “Hayotdagi har qanday muammoga yechim topish usuli”

Menga notanish bo’lgan Leetcode masalasini ko’rganimda shunchalik qo’rqinchili tuyuladiki xatto bu masala haqida fikr ham yurita olmayman. U shunchalik qiyin tuyulganidan mening miyyam “o’chib qoladi”.

Keyin boshqalar bu masalani qanday qilib yechganini ko’rib chiqaman. 100% tushuna olmayman lekin qandaydir qismlari miyyaga yetib boradi.

Bir necha kun o’tib yana bir bor shu masalani yechishga harakat qilib ko’raman. Bu safar panika bo’lmaydi va men hech bo’lmasa yechim haqida fikr yurita olaman. Lekin baribir yecha olmayman ohirigacha.

Bu masala haqida yana o’qiyman, izlanaman.

Bir necha kun o’tib yana bir bor harakat qilib ko’raman. Bu safar bu masala ancha tushunarliroq tuyuladi. Xattoki eng oddiy brute-force yechim ham yoza olaman. Yana ozgina izlanib yanada yaxshiroq bo’lgan yechim topa olaman.

Keyingi kuni shunga o’xshash masala ko’rsam o’zimga ishongan holda bemalol yecha olaman.

Ho’sh, bu qanday sodir bo’ldi?

O’ylashimcha bizning miyyamizda har bitta muammo/masala uchun qandaydir o’lchov bor. Bu haqida osonroq fikr yurita olishimiz uchun keling shu o’lchovni TU (tolerance unit) da o’lchaylik. Huddi metr, litr va hokazolar kabi.

Misol uchun tepada eslatib o’tilgan masalani birinchi marta ko’rganimda menda bu masala uchun 0 TU bor edi. Lekin bu masalani yechish uchun esa 75 TU kerak edi, shartli ravishda. Yani, agar sizda bu masala uchun 75 TU bo’lmasa siz bu masalani ishlay olmaysiz.

Men boshqalarning yechimlarini ko’rib chiqqanimdan so’ng mening TU darajam 20ga ko’tarildi. Panika qilmasdan bu masala haqida fikr yurita boshladim. Izlanib o’qib chiqqanimdan so’ng esa TU darajam 60ga ko’tarildi. Oddiyroq brute-force yechim yoza oldim. Yanada ko’proq izlanib TU darajamni 75ga ko’tardim va natijada optimal bo’lgan yechim yoza oldim. Shunga o’xshash boshqa masala ko’rganimdan so’ng esa TU darajam 100ga ko’tarilib ketib qoldi. Yanagi safar agar shunday masala yo’limdan chiqib qolsa ortiqcha qiyinchiliksiz yecha olaman. Chunki ularning shart 75 TU, menda esa 100dan ortiq TU yig’ilib qolgan.

Menimcha bu fikrlashni hayotdagi hohlagan muammo uchun qo’llash mumkin. Intervyulardan qo’rqasizmi? Ko’proq intervyu qiling. Yaxshi ko’rgan qizingizga o’zingizga ishonch bilan gapira olmayabsizmi? Ko’proq gapiring 😉 Leetcode masala yecha olmayapsizmi? Ko’proq yeching. Va hokazo.

Birinchi 1, 2, 3 balki 4chi martasida ham yaxshi natija chiqmas balki. Lekin ko’proq muammoga o’zingizni duchor qilganingiz sari o’zingizga bo’lgan ishonch oshib boradi. Kamida bu muammodan qo’rqmaydigan bo’lasiz.

Original post ingiz tilida: https://hottg.com/jakhonrakhmonov/128

@jakhonrakhmonov
Forwarded from Nursaidov.uz
Dasturlash asoslari 1-qism!.pdf
3.5 MB
Dasturlash asoslari: "Ma'lumotlar turlari: o'zgaruvchilar, konstantalar, operatorlar va ifodalar" mavzusi bo'yicha taqdimot qilgandik. Foydasi tegsa xursandmiz!

@Nursaidovuz
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
YouTubeda har xil narsalarni o’rgatadigan videolar ko’ryapman, kimdir maslahat bergan kitoblarni o’qiyapman deb o’zingizni aldamang

Haqiqiy ta’lim, haqiqiy o’rganish bunday bo’lmaydi. Har xil foydali videolarni ko’rish, siz tanigan mashxur inson maslahat bergan kitoblarni o’qish haqiqiy o’rganishga olib kelmaydi. Sababi nima? Sababi sizda maqsad yo’qligida.

Haqiqiy o’rganish faqatgina maqsad bo’lgandagina bo’ladi. Masalan siz Pythonni o’rganmoqchisiz. YouTubeda faqat shu mavzuga aloqasi bor videolarini ko’rsangiz, shu haqida kitoblar o’qisangiz shunda sizda haqiqiy o’sish bo’ladi. Huddi shu narsalarni maqsadsiz qilsangiz esa bu ko’ngil ocharlik bo’ladi holos. O’zingizni aldamang.

@jakhonrakhmonov
Forwarded from Muhammadjon's
Xabaringiz bo'lsa kerak, 4-oktabr kuni Google o'zining yangi mahsulotlarini e'lon qildi:
• Pixel 8, Pixel 8 Pro smartfonlari
• Pixel Watch 2 soati
• Android 14 operatsion tizimi va hkz.

Shu kun shaxsan men va jamoam uchun yana bir mahsulotning "launch" qilingani bilan esda qoldi: WearOS uchun Gmail ilovasi.

Bir yil davomida jamoamiz bilan ushbu loyihani konsepsiyadan tayyor ilova ko'rinishiga keltirganimiz men uchun katta tajriba bo'ldi.

Google'ga o'xshagan kompaniyalarda noldan yangi proyektning boshlanishi, aniqrog'i, shunday proyektga qo'shilish biroz qiyinroq. Yangi proyektlarning yaxshi tomoni – eng so'nggi texnologiyalardan foydalanib kod yozish va "legacy code" ning yo'qligi (kamida keyingi bir necha yilgacha).

WearOS 3 yoki undan yuqori sistemada ishlaydigan soatingiz bo'lsa, Gmail'ni ishlatib ko'rishingiz mumkin. "Feedback"larni PlayStore va ushbu post tagida qoldirsangiz, jamoaga yetkazaman😉

https://hottg.com/muhammadjohns
HTML Embed Code:
2025/07/04 23:43:18
Back to Top