TG Telegram Group Link
Channel: BMBA Qashqadaryo viloyat bo'limi
Back to Bottom
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Инструкция для абитуриентов

Просмотр на YouTube (в формате HD)

- - -

Abituriyentlar uchun yo‘riqnoma (rus tilida)

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Davlat test markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#Bilasizmi

Maqsadli qabul

👉 Maqsadli qabulni tanlamagan abituriyentga mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha faqat umumiy tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.

👉 Maqsadli qabulni tanlagan abituriyentga esa mazkur taʼlim yo‘nalishida umumiy tanlovda ham ishtirok etish huquqi beriladi.

Batafsil ma’lumot yuqorida rasmda keltirilgan.

Davlat test markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Forwarded from Times.uz
🌎 МДҲ давлатлари орасида коронавирус билан боғлиқ вазият

⚡️Умумий зарарланганлар сони 815 050 (+10 968)
⚡️Соғайганлар 498 529 (+12 640)
⚡️Вафот этганлар 11 620 (+247)

❗️ Мамлакатлар бўйича беморлар сони:

1. 🇷🇺 Россия 620 794 (+6 800)
2. 🇧🇾 Беларусь 60 713 (+331)
3. 🇺🇦 Украина 41 117 (+1 109)
4. 🇦🇲 Арманистон 22 488 (+771)
5. 🇰🇿 Қозоғистон 20 319 (+569)
6. 🇲🇩 Молдова 15 776(+323)
7. 🇦🇿 Озарбайжон 15 369 (+517)
8. 🇺🇿 Ўзбекистон 7 490 (+262)
9. 🇹🇯 Тожикистон 5 747 (+56)
10. 🇰🇬 Қирғизистон 4 446 (+242)

📎 Манба: Worldometers

〰️〰️〰️〰️〰️〰️

🌎 Ситуация с коронавирусом в странах СНГ

⚡️Общее количество зараженных
815 050 (+10 968)
⚡️Выздоровевших 498 529 (+12 640)
⚡️Погибших 11 620 (+247)

❗️Число заболевших по странам:

1. 🇷🇺 Россия 620 794 (+6 800)
2. 🇧🇾 Беларусь 60 713 (+331)
3. 🇺🇦 Украина 41 117 (+1 109)
4. 🇦🇲 Армения 22 488 (+771)
5. 🇰🇿 Казахстан 20 319 (+569)
6. 🇲🇩 Молдова 15 776 (+323)
7. 🇦🇿 Азербайджан 15 369 (+517)
8. 🇺🇿 Узбекистан 7 490 (+262)
9. 🇹🇯 Таджикистан 5 747 (+56)
10. 🇰🇬 Кыргызстан 4 446 (+242)

📎 Источник: Worldometers

@koronavirusinfouz
#ниқобтақинг
#масофасақланг
27.06.2020.pdf
603.4 KB
2020-2021-o’quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2020-yil 27-iyun 18:00 holatiga)

Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 215 748 nafar.
Shundan, joriy yil bitiruvchilari 129 058 nafar (59,82 %).

Ta’lim shakli bo‘yicha:

👉 Kunduzgi
ta’lim shakli – 146 570 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 66 019 nafar;
👉 Kechki ta’lim shakli – 3 159 nafar.

Tillar kesimida:

👉 O‘zbek tili – 187 979 nafar;
👉 Rus tili – 22 752 nafar;
👉 Qoraqalpoq tili – 4 301 nafar;
👉 Boshqa tillar – 716 nafar.

Abituriyent tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:

👉 Samarqand davlat universiteti – 14 117 nafar;
👉 Andijon davlat universiteti – 13 545 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti - 8 753 nafar;
👉 Termiz davlat universiteti – 8 705 nafar;
👉 Namangan davlat universiteti – 8 160 nafar.

Davlat test markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Sertifikatlarni kiritishda e’tiborli bo‘ling!

Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-maydagi 395-son qaroriga muvofiq test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili fani kiritilgan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun milliy yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori bo‘lgan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

👨🏻‍💻 Chet tillaridan sertifikatga ega abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda sertifikat qaysi chet tilidan berilganligi, sertifikat turi, tilni bilish darajasi, hujjat seriyasi va raqami, sertifikat berilgan sana va sertifikat rasmini tizimga kiritadi.

Mazkur ma’lumotlarni barchasi sertifikatlarni tekshirishda juda muhim.

🔖 Davlat test markazi tomonidan ushbu sertifikatlarning haqiqiyligi tekshiriladi va tasdiqlanadi.

📝 Shuning uchun abituriyentlardan mazkur ma’lumotlarni kiritishda e’tiborli bo‘lishlarini va ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritishlarini so‘raymiz.

Hozirga qadar Davlat test markazi tomonidan tekshirilgan 726 ta chet tili sertifikatlaridan 73 tasi noto‘g‘ri kiritilganligi aniqlandi. Jumladan:

👉 ingliz tilidan – 33 ta;
👉 koreys tilidan – 22 ta;
👉 xitoy tilidan – 17 ta;
👉 arab tilidan – 1 ta;

Kuzatilayotgan holatlar:

👉 imtiyoz berish uchun asos bo‘lmaydigan sertifikatlarni kiritish (o‘quv markazlari tomonidan berilgan yoki xalqaro bo‘lmagan sertifikatlar);
👉 tilni bilish darajasini oshirib ko‘rsatish (B1 darajadagi sertifikatni B2 sifatida kiritish);
👉 sertifikat seriyasi va raqamini to‘liq kiritmaslik yoki noto‘g‘ri kiritish;
👉 amal qilish muddati tugagan sertifikatlarni kiritish;
👉 sertifikat rasmini xato yuklash (boshqa rasm);
👉 boshqa holatlar.

❗️Eslatib o‘tish lozimki, Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga binoan, abituriyent tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, u holda abituriyent kirish imtihonlaridan (talabalikka qabul qilingan bo‘lsa, oliy ta’lim muassasasi talabalari safidan) chetlashtiriladi hamda bu haqda belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga xabar qilinadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Times.uz
📈 Ўзбекистонда коронавирус билан касалланган ва тузалганлар сони қандай ўзгаряптиинфографика

〰️〰️〰️〰️

📈 Как меняется число заболевших и выздоровевших от коронавируса в Узбекистане — инфографика

@koronavirusinfouz
#ниқобтақинг
#масофасақланг
2020-2021-o’quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2020-yil 29-iyun 18:00 holatiga)

Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 256 365 nafar.
Shundan, joriy yil bitiruvchilari 150 693 nafar (58,78 %).

Ta’lim shakli bo‘yicha:

👉 Kunduzgi
ta’lim shakli – 172 190 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 80 326 nafar;
👉 Kechki ta’lim shakli – 3 849 nafar.

Tillar kesimida:

👉 O‘zbek tili – 223 619 nafar;
👉 Rus tili – 26 662 nafar;
👉 Qoraqalpoq tili – 5 236 nafar;
👉 Boshqa tillar – 848 nafar.

Abituriyent tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:

👉 Samarqand davlat universiteti – 16 672 nafar;
👉 Andijon davlat universiteti – 15 364 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti - 10 276 nafar;
👉 Termiz davlat universiteti – 10 230 nafar;
👉 Namangan davlat universiteti – 9 927 nafar.

Davlat test markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Forwarded from Times.uz
⚡️⚡️РЕСПУБЛИКА МАХСУС КОМИССИЯСИ АХБОРОТИ

Жорий йил 1 июль санасидан бошлаб:

🛒 республиканинг барча ҳудудларида йирик буюм бозорлари ҳамда буюм савдоси билан шуғулланадиган йирик савдо мажмуалари ҳафтанинг шанба ва якшанба кунлари санитария-дезинфекция ишларини амалга ошириш учун ёпилади;

“қизил”
ва “сариқ” ҳудудларда соат 07:00 дан 23:00 га қадар жамоат жойларида уч кишидан ортиқ тўпланиш ҳамда 23:00 дан 07:00 га қадар кўчаларда, кўп қаватли уйлар ва ҳовлилар олдида бўлиш ТАҚИҚЛАНАДИ;

Бунда:

фақатгина фуқароларнинг саломатлиги ёмонлашганлиги, ҳомиладорлиги муносабати билан шифокор кўригидан ўтиш учун даволаш муассасасига ёхуд зарур дори-дармон харид қилиш мақсадида дорихонага бориб-келишига рухсат берилади;

мазкур талабларни бузган шахсларга нисбатан белгиланган тартибда маъмурий жавобгарлик чоралари қўлланилади;

〰️〰️〰️〰️

🚫 “қизил” ва “сариқ” ҳудудларда ҳафтанинг шанба ва якшанба кунларида жамоат транспорти ҳаракати камайтирилади.

@koronavirusinfouz
#ниқобтақинг
#масофасақланг
❗️O‘z telefon raqamingizdan foydalaning

Hurmatli abituriyentlar!

Oliy ta’lim mussasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamingizdan foydalanishingizni va ma’lumotlarni to’g’ri kiritishingizni so‘raymiz.

Chunki ro‘yxatdan o‘tishda va ma’lumotlarni o‘zgartirishda sizning telefon raqamingizga SMS xabar yuboriladi va siz SMS xabardagi 5 xonali raqamni dasturga kiritish orqali ma’lumotlarni tasdiqlaysiz.

Tizimga kiritilgan telefon raqamisiz ma’lumotlaringizni o‘zgartira olmaysiz.

☎️ Davlat test markazining murojaatlar markaziga abituriyentlardan telefon raqamini o‘zgartirib berish bo‘yicha murojaatlar kelib tushmoqda.

👨🏻‍💻 Bunga abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamlarini kiritmaganligi sabab bo‘lmoqda.

💁‍♂️ Abituriyentlardan buning sababi so‘ralganda, qaysidir kompyuter xizmatlarini ko‘rsatuvchi joylar orqali yoki qaysidir tanishining yordami bilan ro‘yxatdan o‘tganligini va tizimga ularning telefon raqami kiritilganligini aytishmoqda.

Sizlardan ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamingizdan foydalanishingizni va ma’lumotlarni kiritishda e’tiborli bo‘lishingizni so‘raymiz.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
​​Akkauntni o‘chirish

Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish tizimi (abitur.dtm.uz sayti)ga “Akkauntni o‘chirish” funksiyasi qo‘shildi.

Mazkur funksiya “Shaxsiy ma’lumotlar” bo‘limida joylashgan.

Akkauntni o‘chirish uchun quyidagi qadamlarni bajarish zarur:

1️⃣-qadam: Parol kiritiladi va “Akkauntni o‘chirish” tugmasi bosiladi.

2️⃣-qadam: Telefon raqamiga kelgan SMS kod kiritilib, tasdiqlanadi.

Ushbu qadamlar bajarilgandan so‘ng akkaunt to‘liq o‘chirib yuborilgan hisoblanadi.

Akkaunt o‘chirilganda:

👉 Foydalanuvchining barcha ma’lumotlari tizimdan o‘chiriladi;

👉 Abituriyent 2020-2021-o‘quv yili uchun kirish imtihonlarida qatnashish huquqini yo‘qotadi.

👨🏻‍💻 Akkauntni o‘chirgan abituriyentlar 20-iyulga qadar qayta ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

👨‍🔧 Shuningdek, abituriyentlar imtiyozlarini xato kiritgan taqdirda imtiyozlar bo‘limiga kirib, o‘z imtiyozlarini o‘chirishi yoki o‘zgartirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish muddati tugagun (20-iyul)ga qadar doimiy yashash manzilini, tugatgan ta’lim muassasasini, imtiyozlarini va tanlagan ta’lim yo‘nalishlarini o‘zgartirish imkoniyatiga ega.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Yig‘im undirilmaydigan (to‘lovni amalga oshirmaydigan) abituriyentlar

Mazkur toifadagi abituriyentlar abitur.dtm.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tganida ularga invoys shakllantirilmaydi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
​​To’lov amalga oshirilganini qanday bilish mumkin?

📋 Abituriyentlar abitur.dtm.uz sayti orqali ro’yxatdan o’tganlaridan so’ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi.

🔖 Qayd varaqasining quyi qismida bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lovni amalga oshirish uchun invoys hosil bo‘ladi.

🔗 Invoysning quyi qismida onlayn to‘lov tizimlari orqali to‘lovni amalga oshirish uchun havolalar joylashgan bo‘lib, ular orqali to‘lovni amalga oshirish imkoniyati mavjud.

💳 Umuman olganda to‘lovni Click, Payme, UPAY, Paynet kabi elektron to‘lov tizimlari yoki bank kassalari orqali amalga oshirish mumkin.

👨🏻‍💻 To’lovni amalga oshirgan abituriyentlar to’lov muvaffaqiyatli amalga oshirilganini “Shaxsiy kabinet”laridan “Qabul-2020” bo’limiga kirib bilib olishlari mumkin.

Bunda, ularning qayd varaqasining quyi qismidagi invoys o’rnida “To’lovingiz muvaffaqiyatli amalga oshirildi!” degan xabar chiqadi.

Izoh: To‘lovni amalga oshirmaydigan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tganida ularga invoys shakllantirilmaydi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hurmatli abituriyentlar!

Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish tizimi (abitur.dtm.uz sayti)ga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilayotgani sababli 2020-yil 1-iyul kuni soat 21:00 dan 2-iyul 02:00 ga qadar sayt faoliyatida uzilishlar bo‘lishi mumkin.

Noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!
Abituriyentlar uchun foydali

Qarshi Davlat universitetining 2020/2021 o'quv yili uchun kunduzgi ta'lim shakli bo'yicha davlat buyurtmasi

https://hottg.com/DTM_Qashqadaryo_viloyati
HTML Embed Code:
2024/04/29 12:55:23
Back to Top