TG Telegram Group Link
Channel: BMBA Qashqadaryo viloyat bo'limi
Back to Bottom
2020-2021-o’quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2020-yil 23-iyun 18:00 holatiga)

Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 102 115 nafar.
Shundan, joriy yil bitiruvchilari 58 684 nafar (57,47 %).

Ta’lim shakli bo‘yicha:

👉 Kunduzgi
ta’lim shakli – 69 670 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 30 891 nafar;
👉 Kechki ta’lim shakli – 1 554 nafar.

Tillar kesimida:

👉 O‘zbek tili – 87 676 nafar;
👉 Rus tili – 12 522 nafar;
👉 Qoraqalpoq tili – 1 587 nafar;
👉 Boshqa tillar – 330 nafar.

Abituriyent tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:

👉 Andijon davlat universiteti – 6 990 nafar;
👉 Samarqand davlat universiteti – 5 955 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti - 4 403 nafar;
👉 Namangan davlat universiteti – 4 331 nafar;
👉 Termiz davlat universiteti – 4 137 nafar.

Davlat test markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha grant asosida OTMga kirish tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 402-son qarori bilan oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, tavsiyanomalar quyidagi mezonlardan biri asosida beriladi:

👉 kam ta’minlangan oiladan chiqqan xotin-qizlar;

👉 to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni ota yoki onasi vafot etgan xotin-qizlar;

👉 14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolg‘iz ayol (erkak)larning qizlari;
shaxsiy uy-joyga ega bo‘lmagan, ijarada yashayotgan oilalar;

👉 ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo‘lgan va ish qidiruvchi shaxs sifatida aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida hisobda turganlar;

👉 nogironligi bo‘lgan farzandi bor oilalardan chiqqan xotin-qizlar;

👉 oliy ma’lumotli xotin-qizlar bilan qamrab olish darajasi respublikaning o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan ikki yoki undan ortiq marotaba past bo‘lgan tumanlar, shuningdek, olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda yashovchi oilalardagi qiz farzandlar (ularni o‘z hududida 3 yil ishlash sharti bilan).

Tavsiyanoma olish tartibi:

👉 Har yili fevral oyida xotin-qizlarga tavsiyanomalar berish bo‘yicha ishchi guruhi tuziladi.

👉 Tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari tavsiyanoma olish maqsadida murojaat etgan xotin-qizlarning hujjatlarini har yili 10-mayga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalariga taqdim etadi.

👉 Ishchi guruh tomonidan saralab olinib, qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari uchun tanlovda ishtirok etishga tavsiya etilgan xotin-qizlarning ro‘yxati har yili 15-iyunga qadar Davlat test markaziga taqdim etiladi hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

👉 Tavsiyanoma oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan xotin-qizlarga 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi.

Tavsiyanoma ajratilgan qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida abituriyent ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqini beradi. Ikkinchi va undan keyingi ta’lim yo‘nalishlari uchun tanlovda ishtirok etishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Davlat test markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Fanlar majmuasi va baholash mezonlari.pdf
2.8 MB
Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2020-2021-o‘quv yili qabulidan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

Davlat test markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish tartibi

Davlat komissiyasining 1-son bayoniga muvofiq:

👉 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari xususiyatidan kelib chiqib soddalashtiriladi.

👉 Abituriyent kasbiy (ijodiy) imtihon uchun bir marta kelishi va ortiqcha vaqt sarflamasdan topshirishi ta’minlanadi.

👉 Test sinovlari bilan bir qatorda o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar 25-iyulgacha yakunlanadi.

👉 Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari 25-iyuldan 20-avgustgacha o‘tkaziladi.

Davlat test markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Magistraturaga kirish imtihonlari 3-20-avgust kunlari o‘tkaziladi

Davlat komissiyasining 1-son bayoniga muvofiq:

👉 Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan 2020-yil 25-iyunga qadar magistraturaga kirish sinovlari uchun tegishli mutaxassisliklar sohalarida talabgorlarning ilmiy-pedagogik layoqati (yoki ilm olish qobiliyati)ni hamda xorijiy tilni bilish darajasini aniqlaydigan testlar bazasi (to‘plami) shakllantiriladi.

👉 2020-2021-o‘quv yili uchun magistraturaga kirish imtihonlari 2020-yil 3-20 avgust kunlari o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, magistratura imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tish Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy veb-sayti (www.edu.uz) orqali 1-iyuldan 30-iyulgacha amalga oshiriladi.

Davlat test markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish

Davlat komissiyasining 2020 yil 1-son bayoniga muvofiq:

👉 Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 2020-yilning avgust oyida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘tkaziladigan test sinovlari bilan bir vaqtda nomzodlar o‘zlari tanlagan hududlarda o‘tkaziladi.

👉 Ularga oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishda test topshiradigan fanlari majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan harbiy bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarining beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash huquqini beriladi.

👉 Test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan nomzodlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdoridagi to‘lov undiriladi.

Davlat test markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Test sinovlari o‘zbek, rus, qoraqalpoq va tojik tillarida o‘tkaziladi

Ma’lumki, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish test sinovlari o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida o‘tkazilar edi.

O‘qitish tojik, qozoq, turkman va qirg‘iz tillarida olib boriladigan ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish esa ko‘p balli tizim bo‘yicha kasbiy imtihonlar asosida amalga oshirilar edi.

Davlat komissiyasining 2020 yil 1-son bayoniga muvofiq:

👉 2020-2021-o‘quv yili qabulidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida tojik tilida ta’lim olib boriladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish imtihonlari ham test sinovlari orqali tashkil etiladi.

👉 Bunda, tojik tilidagi test topshiriqlari xalq ta’limi tizimidagi pedagoglar hamda oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari tarkibidan shakllantirilgan ekspertlar guruhi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim o‘quv dasturlari doirasida tayyorlanadi.

Davlat test markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Bitiruvchilarga pasport olishda yengilliklar beriladi

Davlat komissiyasining 1-son bayoniga muvofiq:

👉 Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2020-2021-o‘quv yilida maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarining 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilari pasport olish uchun murojaat qilganda, ularga navbatlarsiz, belgilangan tartibda pasport berilishi ta’minlanadi.

👉 Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtihonlarda ishtirok etish istagini bildirgan pasport yoshiga yetmagan fuqarolarga amaldagi tartibga muvofiq, qisqa muddatlarda xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirib beriladi.

Davlat test markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Forwarded from Xushnudbek.uz
#abituriyent
Тест синовлари билан бир қаторда касбий (ижодий) имтиҳонлар ўтказиладиган бакалавриат таълим йўналишлари рўйхати.

❗️Эслатма: ушбу йўналишга ариза топширган абитуриентлар 5та йўналиш танлаш ҳуқуқидан фойдалана олмайди, улар фақат битта мана шу йўналишга топшира олишади.


👉 @xushnudbek 👈
QASHQADARYO VILOYATIDAGI OLIY TA’LIM MUASSASALARINING QO‘NG‘IROQLAR (KOLL) MARKAZLARI RAQAMLARI ☎️☎️☎️

Qarshi davlat universiteti


75-220-00-01

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

75 221-14-79
75 224-11-88
75 221-26-85
75 221-26-31
75 221-26-32
75 221-14-79
75 224-11-88
75 221-26-85
75 221-26-31
75 221-26-32

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali

75-220-00-11

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali

75 224 19 49

Nizomiy nomidagi TDPU Shahrisabz flliali

75-522-44-80
75-522-40-58
75-522-03-02
75-522-42-47
75-522-06-50
75-522-40-58
75-522-03-02
75-522-44-80
75-522-06-50
75-522-42-47

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

(75)230-5567
(75) 230-6411
(75) 522-98-11
(75) 230-13-48
(75) 230-13-49
(75) 522-50-47
(75)230-13-48
(75) 230-13-49
(75) 230-13-48
(75) 522-98-11

https://hottg.com/DTM_Qashqadaryo_viloyati
Sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi va veterinariya sohalari bo‘yicha maqsadli qabul parametrlari tasdiqlandi

Davlat komissiyasining 1-son bayoniga muvofiq:

👉 Tegishli vazirlik va mahalliy hokimliklar buyurtmalari asosida respublika hududlaridagi sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, veterinariya sohalarida oliy ma’lumotli kadrlarga mavjud yuqori ehtiyojni qoplash maqsadida maqsadli qabul ko‘rsatkichlari belgilandi.

👉 Bunda 2020-2021-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosida jami 2 708 ta joy ajratildi.

Maqsadli qabul parametrlari:

👉 Sog‘liqni saqlash sohasi uchun tumanlar kesimida – 1 503 ta.

👉 Xalq ta’limi sohasi uchun tumanlar kesimida – 980 ta.

👉 Veterinariya sohasi uchun hududlar kesimida – 225 ta.

Davlat test markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qabul ko‘rsatkichlari

Davlat komissiyasining 1-son bayoniga muvofiq:

2020-2021- o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy soniga nisbatan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti:

👉 Kunduzgi ta’lim shakliga – 2 072 ta;
👉 Sirtqi ta’lim shakliga – 627 ta;
👉 Kechki ta’lim shakliga – 100 ta;
👉 Jami - 2 799 ta.

Davlat test markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun qabul ko‘rsatkichlari

Davlat komissiyasining 1-son bayoniga muvofiq:

2020-2021-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy soniga nisbatan “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti:

👉 Kunduzgi ta’lim shakliga – 1 036 ta;
👉 Sirtqi ta’lim shakliga – 314 ta;
👉 Kechki ta’lim shakliga – 50 ta;
👉 Jami - 1 400 ta.

Davlat test markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun qabul ko‘rsatkichlari

Davlat komissiyasining 1-son bayoniga muvofiq:

2020-2021-o‘quv yili uchun davlat granti asosida oliy ta’lim muassasalariga umumiy belgilangan qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha uch foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti.

Davlat test markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati

Davlat test markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Davlat komissiyasining 1-son bayonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Davlat test markazi, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi vakillari ishtirokida brifing o‘tkaziladi.

Brifing 25-iyun kuni soat 16:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tadi.

Davlat test markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
HTML Embed Code:
2024/05/16 22:44:09
Back to Top