Channel: Zakovat intellektual klubi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Zakovatchi shoira
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining “Yosh ijodkorlar” to’garagi a’zolari tomonidan yozilgan she’rlar “Gulxan” jurnalining iyun oyidagi sonida nashr etilibdi.
E’tiborli jihati, nashr etilgan she’rlar orasida “Zakovat” o’yini bo’yicha O’quvchilar ligasining 2024/25-o’quv yili yakunlari bo’yicha mutlaq g’olibi bo’lgan “Iqtidor” jamoasi a’zosi Farangiz Yigitaliyeva muallifligidagi she’r ham mavjud. She’r bevosita “Zakovat” o’yinidan olingan taassurotlar ostida yozilgan. Ijodkor zakovatchilarimiz ko’paysin!
Quyida ushbu she’rni sizlar bilan ham ulashamiz.
IQTIDOR
Dunyo ajoyibdir... Xohish teskari,
Oldinlash payida chopib qolasan.
Nogahon ichingda bir asalari,
Zim etib chaqqanda qotib qolasan.
Bor-yoʻgʻing berganda javob boʻlmasa,
Cheksiz oʻy domiga tinmay tortadi.
Ishtiyoq gullari hech ham soʻlmasa,
Koʻngil ortga tortar, qadam ortadi.
Qani imkon boʻlsa, toʻkib sochsaydim,
Miyamning milliardlab hujayralarin.
Fikr sandiqchasin qani ochsaydim,
Balki, zabt etardim bor marralarin.
Kichkina uchquncha olov boʻlganda,
Jami koinotni yoritar takror.
Yurak alangaga mutlaq toʻlganda,
Yonsa, ZAKOVATdan yonar IQTIDOR.
✍️ Farangiz Yigitaliyeva
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

HTML Embed Code: