Kunlik tartib bir maromda davom etmoqda. 13 kunlik ko'rishlar sonini qaytadan tekshirib chiqdim, 13 kun davomida "Instagram" uchun ajratilgan vaqt ikki soatga ham yetib bormabdi, bundan juda sevindim Alhamdulillah.
Har kuni Instagramga kirishdan avval bir gap "
Menda hozir 31 daqiqa bor, va shu vaqtimni kimlarni tomosha qilishga sarflayman va kimlar arziydi? ba'zilarning kunlik foyda befoyda joylangan hikoyalarini ko'rishim bugungi kunimga ajratilgan 31 daqiqaning birini olar ekan chindan ham menga ushbu insonning kunlik hikoyalarini ko'rish menga foyda beradimi?
degan savolni berib keyingina Instagramga kirishga harakat qilyapman.
Bugun "limit" lar sonini yanada ozaytirdim.
Alloh davomli qilsin.