TG Telegram Group Link
Channel: Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Back to Bottom
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farosat ham ulug’ ne’mat, men sizga aytsam.

Hammaga insof bersin. (#)


🔘@xushnudbekuz
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 26 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Odil Yoqubov. Yaxshilik (hikoya)

Izoh: Yosh Mansurning tog‘asi uylangan kunining ertasiga urushga ketadi. Mansur esa kelinoyisining azoblari, sog‘inchlari guvohi bo‘ladi. Kunlardan bir kuni unga yaxshilik qilaman deb, kelinoyisining dilini qattiq og‘ritadi...

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/odil-yoqubov-yaxshilik

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/c9DMT2zCTr0

🎙Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


🔘 @xushnudbekuz
Toni Kros yozda bo’ladigan Yevropa chempionatidan keyin faoliyatini tugatar ekan. 34 yoshli mayestro bu haqda Instagramda yozdi. Jahon chempioni, 5 karra Yevropa chempionlar ligasi g’olibi…

Zidan ham 34 yoshda ketgandi.


🔘@xushnudbekuz
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 14 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Aziz Nesin. Adabiyotsevar (hikoya)

Izoh: Aziz Nesinning ushbu hikoyasi juda ko‘plab “adabiyotsevar”lar yuziga oyna tutadi. Kitob o‘qish qanchalik foydali bo‘lsa, uni o‘qimasdan turib, faqatgina kitoblarni ko‘z-ko‘z qilish, shunchalik zararli ekanligi hikoyada mavzu qilib olingan.

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/aziz-nesin-adabiyotsevar

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/tV1Ja1FRvLg

🎙Bugungi hikoya audiosini Dono Bekchan o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


🔘 @xushnudbekuz
Men bir, men ikki deb komment yozishning yomon joyi yo’qku-ya, lekin bizga o’xshagan odamlar buyoqda Harvard Universiteti fan doktori bo’lyapti-da, bizning qilayotgan ishimizga qarang.

Qani, kim birinchi bo’larkin shu postda, qiziqib ketyapman.


🔘@xushnudbekuz
“Disney” biletlarini sotib pul topasan, desa ishonmang.

Bu firibgarlarning ishi. Boshqalarni ham ogohlantiring.

Undan ko’ra, bozorga chiqib qalampir sotsangiz, 3-4 so’m pul topishingizga ishonish mumkin.


🔘@xushnudbekuz
Hurmatli bitiruvchi uka-singillarim!

Sizga qandaydir balandparvoz tilaklar, katta marralarni egallash yo‘lidagi vazifalar aytishni istamayman. Osmondagi oyni olib bering, Vataningiz uchun joningizni fido qiling, butun dunyoga mashhur daho bo‘ling, deya mushkul topshiriq berish niyatim ham yo‘q. Bunday gaplar, aksincha, sizga ortiqcha bosim yuklaydi. O‘zingizni xuddi katta ajdarho bilan jangga ketayotgan Kenja botirdek tasavvur qilishingizni xohlamayman.

Siz bilan hech qanday g‘ayrioddiy hodisa sodir bo‘layotgani yo‘q. Shunchaki yashashda davom etyapsiz va katta hayotning bir bosqichini tugatib, keyingisiga o‘tyapsiz, xolos. Bu xuddi bog‘chani tugatib, maktabga chiqishdek oddiy gap.

Sizga yagona tilagim, o‘zingiz uchun hayotdan zavqlanib yashang. Qachon zavqlanasiz? Qachonki har kuni o‘zingiz uchun yangi ma’lumotlar kashf qilganingizda. Qachonki o‘zingizni kundan kunga bilimli bo‘lib ketayotganingizni his qilganingizda. Qachonki egallagan bilimlaringizni amaliyotda qo‘llab, odamlarga foyda keltirishni boshlaganingizda. Qachonki sizning bilimlaringizdan foyda topgan insonlar sizga, ota-onangizga, ustozlaringizga ko‘pdan ko‘p rahmat aytishganida. Qachonki bilimlaringiz ortidan o‘zingiz sevgan ishga joylashib, yaxshi daromad olganingizda.

Ko‘ryapsizmi, bir qarashda zavqli hayot formulasi juda oddiy. Bilim olsangiz, til o‘rgansangiz bo‘ldi, qolgani o‘z navbati bilan kelaveradi.

Sizlarga omad va baxt tilab, Xushnudbek.


🔘 @xushnudbekuz
Bularga tushunib bo’lmaydi. Lekin g’alaba yoqimli 😃

Manchester — qizil rangda!

O’zim o’yinni ko’rolmadim (Zakovatda edim).


🔘@xushnudbekuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MAYLIMI, O‘ZBEKISTON DEGAN DAVLAT QURSAK? — Lolazor podkast

📹 https://youtu.be/P3DQac3_EqA

Ushbu sonda biz Islom Karimov va uning atrofidagi ishlar, Murod Muhammad Do‘st va Alisher Azizxo‘jayev bilan bog‘liq voqealar, bugungi televideniye ahvoli, seriallar fojiasi, Rauf Parfi va Tog‘ay Murodning unvon olish jarayoni, Qatag‘onga uchragan ajdodlarimiz, Qodiriyning jasorati, sotqinlikda ayblanadigan G‘ofur G‘ulom, "Paxtakor-79" halokatining sababi va shu kabi boshqa mavzular haqida gaplashdik.

Mehmonimiz — adabiyotshunos olim Rahmon Qo‘chqor.

📹 https://youtu.be/P3DQac3_EqA

Buni albatta ko‘rishingiz shart. Dam olish kunida yoqimli tomosha tilaymiz.


🔘 @xushnudbekuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xushnudbek.uz
“Lolazor” podkasti so‘ngida mehmonimiz Rahmon Qo‘chqor tomonidan aytilgan 2 qator misra Shavkat Rahmonning “Xirgoyi” she’ridan parcha edi. To‘lig‘ini so‘raganlar uchun shu yerda qoldiraman:

XIRGOYI

Hammamiz quyoshda kuygan jizzamiz,
qachon tiz cho‘kuvdik, hamon izzamiz,
sirqirab og‘riydi shishgan tizzamiz,
o‘rindan ozgina tursak maylimu?

O‘tganlar bari bek, qolgan javdirar,
gardinda ko‘rinmas g‘ullar shaldirar,
mehnatdan yorilgan qo‘llar qaltirar,
o‘z bekim yerida yursak maylimu?

Nasimlar gullamish ozod tog‘larda,
ozodlik mujdasi so‘lu sog‘larda,
bobolar qiynalib tikkan bog‘larda
ag‘anab bir xayol sursak maylimu?

Necha ming alloma, jo‘mardlar o‘lgan,
tafakkur sasigan,
ruhlari so‘lgan,
urug‘lar aynigan tap-taqir cho‘lda
o‘z bekim davlatin qursak maylimu?

Yuz ellik yildirki mana shu holat,
hanuz davom etar makkor tijorat,
bilmadim, qayerdan ushbu jaholat,
nega siz bo‘lmaysiz sira xijolat?
Nega men so‘rayman sizdan ijozat?!

Shavkat Rahmon


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 10 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Arkadiy Averchenko. So‘qirlar (hikoya)

Izoh: Yosh yozuvchi Abe bir haftaga qirol vazifasini bajaradi va eng yaxshi deb bilgan qarorini e’lon qiladi. Keyinchalik esa o‘zi chiqargan qaror Abening o‘zini hayratga soladi.

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/arkadiy-averchenko-soqirlar

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/eA2XxLfRI-E

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


🔘 @xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shov-shuvlarga sabab bo’layotgan “Bahodir Yalangto’sh” filmining Toshkentdagi premyerasiga taklifnoma yutib olishni istaysizmi?

Unda bugun soat 18:00 da Instagramdagi sahifamda beriladigan savolga birinchilardan bo’lib to’g’ri javob yozing.

Premyera ertaga, soat 17:00 da bo’ladi. Unda film ijodkorlari, aktyorlar, rejissyorlar, boshqa mashhur insonlar qatnashadi.

Film treylerini mana bu yerda ko’rishingiz mumkin.


🔘@xushnudbekuz
NASAF — SUPERKUBOK SOHIBI!

Abduvohid Ne’matov, penaltida nimalar qildingey?

Nasaf muxlislarini tabriklayman!

🔘@xushnudbekuz
Biroz avval Sobir Rahimov avtovokzali oldida ko’z o’ngimda dahshatli yo’l transport hodisasi bo’ldi. Qarama-qarshi tomondan kelayotgan mashina boshqaruvni yo’qotib, bordyor ustiga chiqib ketdi va o’rtadagi simyog’ochga qattiq urildi. Zarba shu darajada qattiq bo’ldiki, oldi qismi ichkariga kirib ketdi va mashina simyog’ochga qadalib qoldi.

Agar o’rtada simyog’ochga urilmaganda bordyordan sakrab kelib to’g’ri men o’tirgan mashinaga urilgan bo’lardi edi (rulda emasdim, taksida edim).

O’lim shundoq burnimiz tagida yuradi, lekin biz xuddi umrbod yashaydigandek tutamiz o’zimizni.

Alloh barchamizni falokatlardan asrasin. O’sha mashinadagilarning ham jonini omon qilsin (tez yordam chaqirildi).


🔘@xushnudbekuz
“Bahodir Yalangto’sh” filmining premyerasidamiz

🔘@xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Nasaf” va “Paxtakor” o’rtasidagi Superkubok o’yinidagi 🕊️ kabutar sarguzashti😂


🔘@xushnudbekuz
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
“Nasaf” va “Paxtakor” o’rtasidagi Superkubok o’yinidagi 🕊️ kabutar sarguzashti😂 🔘@xushnudbekuz
Bu fikrga to’liq qo’shilaman! Jonivorlarga nisbatan shavqatsiz munosabat bu. O’yindan oldin kabutar uchirishni to’liq taqiqlash kerak.

PFL qayoqqa qarayapti, Diyor qayoqqa qarayapti?


🔘@xushnudbekuz
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 39 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Xurshid Do‘stmuhammad. Jajman (hikoya)

Izoh: Bozorda qandaydir maxluq paydo bo‘lganmish, savdogarlarning cho‘ntagini, tinkasini quritayotganmish. U haqida turli gaplar yuribdi, mavjudotni hamma har xil ta’riflaydi. Ichingda nima boʻlsa, atrofga boqqanda o‘shani ko‘rasan deganlari shumikin?

Falsafiy hikoya davomida shu kabi savollaringiz ko‘payib boraveradi.

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/xurshid-dostmuhammad-jajman

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/M8FL9JrwVkY

🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


🔘 @xushnudbekuz
HTML Embed Code:
2024/05/30 21:48:15
Back to Top