TG Telegram Group Link
Channel: Xurmo
Back to Bottom
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mushugingiz qanday uxlashi sizga qiziqmi? Agar siz bu haqda hech o‘ylamagan bo‘lsangiz, olimlar buni sizning o'rningizga o‘rganishgan.

Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotda ular uxlayotgan mushuklar tasvirlangan 408 ta YouTube videosini tahlil qilishdi. Ma’lum bo‘lishicha, mushuklar taxminan uchdan ikki qismi chap yonboshda va odatda baland joylarda: tokchalarda, divanlarda yoki maxsus uylariga o‘xshash joylarda uxlashadi.

Buning sababi ularning miya tuzilishida. Mushuklarda o‘ng yarim shar yaxshiroq rivojlangan, shu bois u tashqi ta’sirlarga tezroq javob beradi. Aynan u ko‘rish maydonining chap qismi uchun mas’ul. Shuning uchun mushuklar ko‘pincha chap yonboshida uxlaydi: agar to‘satdan yirtqich paydo bo‘lsa yoki o‘lja yugurib o‘tsa, ular tezroq munosabat bildira oladi.

Xurmo
Hurmatli do'stlar!
Bugun Xurmo kanalida PREMYERA:


Mayya, Xoch Kulti Va Kasta Urushi


Meksikadagi loyalistlar, ayirmachilar va Mayya madaniyati merosxo‘rlari o‘rtasidagi fuqarolar urushi allaqachon aqldan ozgan, ammo bunga hindularning nasroniyligi, gapiruvchi xochlar, shafqatsizlik, machete va ko‘plab ijtimoiy muammolarni qo‘shsak-chi? Shunday qilib, siz 19-asrda Meksikadagi Yukatanada yarim asrdan ko‘proq davom etgan kasta urushi retseptiga ega bo‘lasiz.

Videoga havola:
https://youtu.be/R9bFwDnfcqY
Bilasizmi, hatto kibersportchilarga ham jismoniy tayyorgarlik me’yorlari joriy etilgan:

Yugurish, qo‘l bilan tortilish (отжимания), press, egiluvchanlik va, hayratlanarli tarzda, 30 soniya ichida sichqonchaning o‘ng tugmasini necha marta bosish! 180 ta bosish kerak ekan.

O‘zingizni mana bu havola orqali tekshirib ko‘rishingiz mumkin. Natijalaringizni bizga ham ulashing!

❤️‍🔥 — Barcha me’yorlarni bajardim
👀 — Men aqlli va ko‘zoynak taqaman, menga bu me’yorlar shart emas

Xurmo
Chilida juda ulkan teleskop mavjud. Ya’ni, u rostdan ham Very Large Telescope deb nomlanadi. Yaqinda u g‘oyat ajoyib portlashni tasvirga tushirdi!

Ushbu suratda ikki marta portlagan yangi yulduz aks ettirilgan. Birinchi portlash faqat geliy qobig‘ini parchalagan bo‘lsa, ikkinchisi yadroni butunlay yo‘q qilgan. Bu manzara nihoyatda go‘zal😍

Ushbu havola orqali tiniqroq tasvirni ko‘rishingiz mumkin.

Xurmo
HTML Embed Code:
2025/07/04 05:07:46
Back to Top