Afsuski noxush vaziyat vujudga kelishiga noprofessional amaldorlar aybdor. Pandora qutisini o’zimiz ochdik, uzoqni ko’ra bilmaslikdan va strategik tahlillar yo’qligidan, eng yomoni adekvat fikr berishga qo’rqadigan laganbardorlardan kelib chiqdi hammasi. Eng yuqoridagi shaxslar xatoni sabablarini to’g’ri tahlil qilib, yuqori darajadagi lavozimlarda professional va yangi odamlar kerakligini tushunib yetishlari lozim, sovok amaldorlar bilan yetib keldik shu yergacha. Bundan esa xorijlik “do’stlarimiz” juda unumli foydalanishdi.
Davlat darajasida risklarni tahlil qila oladigan, axborot urushlarida huddi Ukraina kabi har bir feykni ortidan asl holat bilan javob bera oladigan, eng muhimi bu darajada katta xatolarni kelib chiqishi mumkinligi haqida ogohlik berib, vaziyatni oldini ola biladigan jamoa darkor. Hozirgi davrda bu lozim va lobud.
Shuningdek feyklarni ochishda, axborot urushida raqiblarga javob qaytarishda o’zbek blogosferasi faol bo’lganini ham alohida ta’kidlab o’tmoqchiman. So’z erkinligi davlat tinchligi, axborot xolisligi uchun naqadar muhimligini yana bir marotaba o’z ko’zimiz bilan amalda ko’rdik. Rasmiy OAV lar va MTRK xalqaro darajada axborot urushida nafaqat yutqazdi, balki ushbu urushga kirmadi ham. Buni tan olaylik, rasmiy OAV larning o’zgarish vaqti keldi, menimcha.
P.S. O’zbek twitter segmentining axborot urushida o’rni bo’lakcha bo’lmoqda. Xorijlik jurnalistlar va medialarning fake ma’lumotlariga asosli javoblar yozishmoqda va muayyan fakelarning o’chirilishiga ham erishishmoqda. Davlat balki Twitterni blokirovkadan yechar endi.
@xoshimovuz
>>Click here to continue<<