TG Telegram Group Link
Channel: XORAZM| QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL
Back to Bottom
XORAZM| QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL
Photo
#JARAYON

🗺Vazir òrinbosari Xorazmda

Qurilish va uy-joy kommunal xójaligi vaziri òrinbosari Ozoda Jòrayeva xizmat safarini Xorazm viloyati Urganch shahrida davom ettirmoqda.

Xabar berganimizdek, vazir órinbosari kòp kvartirali uylarga xizmat kórsatish sohasini takomillashtirish, joylarda boshqaruv tashkilotlari faoliyatini órganish, aholining uy-joy va kommunal sohaga oid muammolariga yechim topish maqsadida hududlarda bòlib turibdi.

Vazir órinbosari Ozoda Jórayeva, Xorazm viloyati IIB boshliği Ravshan Sultonxójayev, Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xójaligi boshqarmasi mas’ullari Urganch shahri “Nurli hayot” mahallasida joylashgan “Xorazm shinam uylar” BSK faoliyatini kòzdan kechirdilar.

Mazkur boshqaruv tashkiloti 2024-yil faoliyatini boshlagan bòlib, 241 ta uyga xizmat kórsatishni yòlga qòygan. Zamonaviy talablar asosida hududdagi 7 ta boshqaruv tashkiloti birlashtirilib, tizim optimallashtirilishi hisobiga mavjud muammolar oldini olishga erishilmoqda.
 
Boshqaruv servis kompaniyasi moddiy texnika bazasi va zamonaviy bino qurilishi uchun 1 mlrd sòm investitsiya mablağlarini kiritgan.

Qisqa vaqt ichida kompaniya 6 ta kòp kvartirali uyning fasad qismi, 10 ta uyning kirish yólagi, 15 ta uyning tom qismini ta’mirlash ishlarini amalga oshirishga ulgurdi.
 
🏘Vazir órinbosari bino qurilishi bilan tanishar ekan, ishchi-xodimlar va aholiga qulaylik yaratish yuzasidan òz takliflarini bildirdi. Shuningdek, tadbirkorlik va qòshimcha servis xizmatlarini keng yòlga qòyish lozimligi ta’kidlandi.

Mutasaddilar viloyatda kòp kvartirali uylarga xizmat kórsatish sohasini takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar. Zarur vazifalar belgilab olindi va tizimga joriy etish choralari kòrildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📆 Joriy yilning 24-aprel kuni Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Urganch filialida aholining kommunal va uy-joy xizmatlariga oid murojaatlari yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva ishtirokida sayyor qabul bòlib òtdi.

Qabul davomida murojaatchilar tomonidan bir qator muammolar
Xususan,
- kòp kvartirali uyning texnik holatidagi kamchiliklar;
-ichimlik suv ta’minoti;
-oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmati;
-kòp kvartirali uylarga xizmat kórsatuvchi boshqaruv tashkilotlari faoliyati bilan boğliq murojaatlar;
-bolalar óyingohi, hordiq chiqarish obyektlarini tashkil etish;
-kòp kvartirali uylarga tutash hududlarni kókalamzorlashtirish
kabi masalalar muhokama qilindi.

Qator masalalar hal qilindi. Taklif va mulohazalar qabul qilinib, sohani takomillashtirish ishlarida inobatga olinishi ta’kidlandi.
📍Xorazm viloyatida bòlib turgan vazir òrinbosari Ozoda Jòrayeva aholi muammolarini o'rganish maqsadida Urganch va Xiva shaharlarining bir qator hududlarida bóldi.

Jumladan, Urganch shahri Jaloliddin Manguberdi kóchasi 8-uyda bòldi. “Gulzor” mahallasidagi kòp kvartirali uylarga xizmat kòrsatuvchi “Urganch building” BSK faoliyati kòzdan kechirildi. Mavjud kamchiliklar aniqlanib, tezkor tartibda bartaraf etish bóyicha aniq topshiriqlar berildi.

Shu bilan birga kuni kecha sayyor qabulda ommaviy kelib tushgan murojaat ham ijobiy yechim topdi.

📌Xiva shahri “Gilamchi” MFY ahlining boshqaruv tashkiloti bilan boğliq muammosi bartaraf etiladigan bòldi. Aholining asossiz qarzdorliklari sóndirilib, “Xiva Kaltaminor” boshqaruv tashkilotiga xizmat sifatini yaxshilash yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BU_MUHIM

"Qurilishda xavfsizlik texnikasi" ShNQda keltirilgan tom ishlariga oid talablar

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
HTML Embed Code:
2024/05/09 18:05:42
Back to Top