Korrupsiya — jamiyatda ishonchsizlik uygʻotadi
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati boshlig’i X.Allamuradov va prokuratura xodimlari bilan hamkorlikda Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali hamda “Energosavdo” tuman bo‘limlari ishchi xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish targ‘ibot tadbirlari o’tkazilmoqda.
Xususan, Urganch va Hazorasp tumanlari elektr ta’minoti xodimlari va “Energosavdo” tuman bo‘limlari xodimlari ishtirokida targ’ibot uchrashuvlari o’tkazildi. Targ’ibot uchrashuvlari davomida, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, o’tgan davr davomida sodir etilgan jinoyatlar va huquqbuzarliklar tahlili va ularga ko’rilgan jazo choralari yuzasidan so’z yuritildi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha qonunchilikdagi javobgarlik choralari, halol xizmat yuritishning jamiyat va tashkilot imijiga ijobiy ta’siri haqida ma’lumotlar berildi.
Tadbir so’ngida, har bir fuqaroda korrupsiyaga qarshi salbiy fikr uygʻotish uchun korrupsiya nafaqat davlat va butun jamiyatga, balki har bir fuqaroga moddiy va maʼnaviy zarar yetkazayotganidan ogoh qilib borishimiz zarurligi ta’kidlandi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati
>>Click here to continue<<
