TG Telegram Group Link
Channel: XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI
Back to Bottom
#Huquqiy_tarğibot_kuni

📣 Xorazm viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida viloyatidagi 13 tuman (shahar) adliya bo`limlari tomonidan 26 ta MFYlarda “Huquqiy targʻibot kuni” loyihasi doirasida bir qator tadbirlar bo`lib o`tdi.

🔰 Tadbir doirasida fuqarolarni qiynayotgan muammolari o`rganildi, qonunchilikdagi yangiliklar hamda eng koʻp koʻtarilayotgan TOP – 10 ta masalalar yuzasidan tayyorlangan 500 ga yaqin buklet va flayerlar tarqatildi, yoshlar, xotin-qizlar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar va moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik ish bilan taʼminlash, ijtimoiy yordam olish tartibi, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldin olish, davlat xizmatlaridan foydalanish tartiblari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, 19 marotaba sayyor qabullar tashkil etildi, 34 ta murojaat qabul qilindi, 226 marotaba uyma-uy yurish orqali targ`ibot tadbirlari amalga oshirildi, fuqarolarga 100 ga yaqin davlat xizmatlari ko`rsatildi,
#Adliya_xabari

🟣 Qonunchilik hujjatlari va islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishning yangi tartibi joriy etiladi

Asos: PF-80. 24.05.2024.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://hottg.com/xorazmadliya
#Eslatma #Bilasizmi

❗️ Ota-onalar quyidagi havola orqali, oromgohlar qanday talablarga javob berishi, oromgoh uchun yo'llanmalar pulida imtiyozlar borligi, oromgohdagi guruhlar tarkibidagi bolalar soni qancha bo'lishi, oromgohlar davomiyligi necha kun bo'lishi va shu kabi boshqa huquqiy eslatmalar bilan tanishishlari mumkin.

Batafsil: https://hudud24.uz/news/farzandini-lagerga-iuboraiotgan-ota-onalar-uchun-khukukii-eslatmalar

Kanalga ulanish👇👇👇
https://hottg.com/xorazmadliya
#Bilasizmi

❗️Oliy ta'lim muassasalarining pedagogika yo'nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo'limlarning 3-4-kurslarida o'qiyotgan shaxslar davlat maktabgacha ta'lim tizimida pedagogik faoliyatni amalga oshirishi mumkin.

☑️ Bunda ularga o'rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotga ega bo'lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://hottg.com/xorazmadliya
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, Davlat inson hamda fuqaroning Konstitusiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta'minlaydi.

✔️ Har kim o'z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli.

⚡️Har kimga o'z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://hottg.com/xorazmadliya
#Adliya_xabari

🟣 Haftaning har chorshanba kuni Huquqiy targ`ibot kuni etib belgilandi

Asos: PF-80. 24.05.2024.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://hottg.com/xorazmadliya
📣 Xorazm viloyati yuridik texnikumi tomonidan joriy yilning 11-iyun kuni viloyat adliya boshqarmasida “Professional ta’lim tizimida huquqshunoslik fanlarini o‘qitishning dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya o'tkazildi.

🔰 Konferensiya online va offline shaklda tashkil etilib, unda Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Urganch davlat universitetining huquq kafedrasi va barcha yuridik texnikumlaridan pedagog, xodimlar, o'quvchilar va yuridik sohada faoliyat yurituvchi olimlar hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

2 ta yo'nalish doirasida tashkil qilingan konferensiyasida professional ta’lim tizimida huquqshunoslik fanlarini o‘qitishning joriy qonun hujjatlaridagi kafolatlari, huquqshunoslik fanlarini o'qitishning dolzarbligi va ahamiyati, qonun-hujjatlari, xorijiy tajriba va qiyosiy tahlil masalalar muhokama markazida bo'ldi.

〰️〰️〰️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:👇
🏛 Xorazm viloyati yuridik texnikumi
rasmiy sayt / telegram / facebook / instagram / youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#XorazmMTRK

📽 “Professional ta’lim tizimida huquqshunoslik fanlarini o‘qitishning dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya

Kanalga ulanish👇👇👇
https://hottg.com/xorazmadliyasi
#Adliya_xabari

🟣 Adliya vazirligi huquqni qo`llashni metodik ta'minlash bo`yicha vakolatli organ etib belgilandi

Asos: PF-80. 24.05.2024.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://hottg.com/xorazmadliya
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka koʻra, kafillik shartnoma boʻyicha boshqa shaxsning majburiyatini toʻla yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni oʻz zimmasiga olish hisoblanadi.

Shuningdek, kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kafil kreditor oldida qarzdor bilan baravar hajmda javob beradi, shu jumladan foizlar toʻlaydi, qarzni undirib olish boʻyicha sud chiqimlarini va qarzdor majburiyatini bajarmaganligi tufayli kreditor koʻpgan boshqa zararlarni toʻlaydi.

❗️Kafillik shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Yozma shaklda tuzilmagan kafillik shartnomasi haqiqiy hisoblanmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://hottg.com/xorazmadliya
HTML Embed Code:
2024/06/15 18:05:26
Back to Top