TG Telegram Group Link
Channel: To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)
Back to Bottom
Matnni tergandan keyin o‘qib ham ko‘rish kerak-da.

— Shifokor so‘zini to‘g‘ri yoz!
— Xo‘p, shef, to‘g‘rilab qo‘ydim.

*Rasm obunachilarimizdan

@xatoliklar
@xatoliklar_lotin
KinOmatografiya yoki kinEmatografiya

Kinematografiya — madaniyat va sanoatning kinofilmlar ishlab chiqarish va ularni tomoshabinlarga namoyish qilish sohasi. Bu so‘z kino bilan bog‘liqligi uchun ham ko‘pchilik uni kinOmatografiya tarzida xato aytadi va yozadi.

So‘zning asosi kino emasmi?

O‘zbek tilining izohli lug‘atiga ko‘ra, bu so‘z tarkibi “yun. kinema, kinematos — harakat + grapho — yozaman” ma’nolarining birikuvidir. Demak, bu yerda kino emas, balki harakat ma’nosini anglatuvchi kinema so‘zi asos ekan.

“Kinomatograf” do‘stlaringizga yuborishni unutmang.

KinOmatografiya
KinEmatografiya

@xatoliklar
@xatoliklar_lotin
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
90%
Futbol
10%
Fudbol
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
71%
Futbolka
29%
Fudbolka
Choʻntagida ________ ham yoʻq
Anonymous Quiz
30%
Himiri
70%
Hemiri
«FINLYANDIYA»mi yoki «FINLANDIYA»?

Keyingi paytlarda o‘zbek tilida faoliyat yurituvchi saytlar, blogerlar bu davlat nomini Finlandiya shaklida yozmoqda. Bu odat oddiy foydalanuvchilarga ham yuqdi va bunday yozish asta-sekin urfga aylandi.

Bu to‘g‘rimi?
Finlandiya tarafdorlari tayanadigan bir bahona bor: davlat nomi ingliz tilida Finland deb yoziladi. Talaffuzda Finlend deb aytiladi. Bu ingliz tili, do‘stlar. Davlatlar imlosini inglizlardan ko‘chirishimiz yoki ularga yaqinlashtirishimiz kerak degan talab ham, qoida ham yo‘q. O‘zbek tilidagi ilmiy manbalarga qaraymiz.

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000 yil): FINLYANDIYA.
Dunyoning siyosiy xaritasi (2020 yil): FINLYANDIYA.

Shunday ekan, bu nom o‘zbek tilida Finlyandiya shaklida yozilishi to‘g‘ri bo‘ladi.

Va oxirgisi: imloda kimningdir shaxsiy qarashi, prioritetiga emas, balki asosli manbalarga tayanish maqsadga muvofiq. Eng oqilona yo‘l ham shu.

Demak:
Finlandiya
Finlyandiya

@xatoliklar
@xatoliklar_lotin
Yaqinda kopirayting olamida katta bir yangilik bo‘ladi. Hozircha tafsilotlarini ochiqlay olmayman, lekin rasmga qarab, dastlabki xulosalarni qilishingiz mumkin.

Nima deysiz?

@Abduazim_uz
Rostini ayting, "zonasi"mi yoki "zo‘nasi"? 🤔

Zo‘na
Zona

*Rasm obunachilarimizdan

@xatoliklar
@xatoliklar_lotin
Kun so‘zi

Xayit
Hayit

Ramazon hayit
Ramazon hayiti

Barchamizga bayram muborak bo‘lsin!

@xatoliklar
@xatoliklar_lotin
Mentalitet aslidek yozilyaptimi? Televideniyeda muharrirlar ishlayaptimi?
Mas’ullar qayoqqa qarayapti?

Mintalitet
Mentalitet

*Rasm obunachilarimizdan

@xatoliklar
@xatoliklar_lotin
Dalahovli, dala hovli yoki dala-hovli?

«Dacha»lar mavsumi boshlanishi bilan e’lonlardagi xilmaxillik ko‘zga tashlanadi. Bu borada lug‘atlar nima deydi va to‘g‘ri yozilishi aslida qanday?

Qizig‘i, bu borada lug‘atlarda ham xilmaxillik bor. Masalan, O‘zbek tilining imlo lug‘atiga ko‘ra, dalahovli so‘zi qo‘shib yozilsa, izohli lug‘atda bu so‘z ajratib yozilganini ko‘rishimiz mumkin. Xo‘sh, qay biriga ishonish kerak?

Izohli lug‘at so‘zlarning to‘g‘ri yozilishini emas, balki ularning izohini, mazmunini tavsiflaydi. Ularning qanday yozilishi, imlosini esa imlo lug‘atidan bilib olsa bo‘ladi. Shunday ekan, bu dalahovli so‘zini qo‘shib yozish uchun birinchi asos.

Qolaversa, asosan juft va takroriy so‘zlar chiziqcha bilan yoziladi, masalan, ota-ona, katta-katta. Dalahovli ular safiga kirmaydi. Shu sabab uni chiziqcha bilan yozish xato.

Bu so‘z yaxlit bir ma’noni anglatadi va u dala va hovli so‘zlaridan tuzilgan bo‘lsa-da, yangi mazmunga ega. Ya’ni bu yerda hovli so‘zi uchun dala sifat emas, balki qorbobo, ko‘zoynak singari ikkita mustaqil so‘zdan yangi so‘z hosil qilingan va u bitta tub so‘z. Shu sabab uni qo‘shib yozish mantiqli bo‘ladi.

Demak:
Dala hovlida qoldik
Dala-hovlida qoldik
Dalahovlida qoldik
Dala, hovlilarni supurdi

@xatoliklar
@xatoliklar_lotin
To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)
Photo
Kopirayter oldida ikki yo‘l bor

Nazariy jihatdan kopirayting marketingning bir bo‘lagi, shundan kelib chiqib, ko‘pchilik unga jiddiy qaramaydi. Ammo jiddiy qaraydiganlar ham yo‘q emas. Kopiraytingga kirib kelganlar oldida ham ikki yo‘l turadi, quyida shu haqda gaplashamiz.

1. Keng fikrlash
Sohani o‘rganib, ozgina amaliyot qilib, birmuncha tajriba oshirib, uning baland-pasliklarini ko‘rgandan keyin bilim ko‘lamini kengaytirish: kopirayting −> SMM −> mobilografiya −> targeting −> grafik dizayn −> marketing... va hokazo.

Bular — “Har qanday kopirayter oxir-oqibat marketologga aylanishi kerak”, degan fikrni qo‘llab-quvvatlaydiganlar.

Bunaqa insonlar bir joyda qolib ketmasdan, ko‘proq narsalarni o‘rganishni, ko‘plab insonlar bilan tanishishni, turli sohalarda o‘zlarini sinab ko‘rishni xush ko‘rishadi.

Keng ko‘lamli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lganlari uchun bular mijozlarga loyiha miqyosida kompleks xizmat ko‘rsata olishadi, ya’ni ishni to‘liq zimmalariga olib, "под ключ" topshirishadi. Shu sababdan ko‘proq pul evaziga ishlay olishadi.

2. Chuqur fikrlash
Kopiraytingda oxirigacha borish — sohani chuqur va har taraflama o‘rganish, uning barcha yo‘nalishlarini egallash: sotuv matnlari, brend-kopirayting, SEO-kopirayting, ssenariy va skriptlar yozish, lending matnlarini tuzish, g‘oyalar bilan ishlash, matnga oid boshqa yo‘nalishlarni egallash (tahrir, tashih, tarjima...),

Bunday insonlar — Bryus Lining “Men o‘n ming xil zarbani biladigandan emas, bir zarbani o‘n ming marta pishitgandan qo‘rqaman”, degan gapiga rioya qiladiganlar.

Ayni shu sohada o‘ta professional bo‘lganlari, ko‘pchilikning qo‘lidan kelmaydigan vazifalarni uddalaganlari uchun ular qimmatga ishlashadi. Kim bilan ishlashni ham o‘zlari tanlashadi.

Qaysi yo‘l to‘g‘ri?
Ikkala yo‘lning ham plyus va minus taraflari bor. Qizig‘i, ko‘pchilik birinchi yo‘lni afzal ko‘radi. Shuning uchun ham hozir bizda kuchli kopirayterlar juda kam.

Qaysi yo‘ldan yurishni faqat o‘zingiz hal qilishingiz kerak. Siz qaysi yo‘lni tanlaysiz? Ehtimol, uchinchi yo‘l bordir?

#копирайтинг
@xatoliklar | @Abduazim_uz
@xatoliklar_lotin
O‘zbek tilida «Qo‘rqmoq» ma’nosini beruvchi men topgan 40 ta so‘z va ibora:

• qo‘rqdi
• seskandi
• xavotirlandi
• hadiksiradi
• hayiqdi
• hurkidi
• xavfsiradi
• rangi oqardi
• yuragi orqaga tortdi
• kapalagi uchdi
• yuragi yorildi
• o‘takasi yorildi
• cho‘chib ketdi
• ichi o‘tib ketdi
• tahlikaga tushdi
• dahshatga tushdi
• vahimaga tushdi
• sarosimaga tushdi
• titrab ketdi
• yuragi taka-puka bo‘ldi
• ishtonini ho‘llab qo‘ydi
• qo‘rquvdan qaltiradi
• dag‘-dag‘ titradi
• ko‘zi kosasidan chiqdi
• joyidan jilolmay qoldi
• tili kalimaga aylanmay qoldi
• kayfi uchib ketdi
• ichiga g‘ulg‘ula tushdi
• rangi dokadek oqardi
• yuragi shuvulladi
• oyog‘iga qaltiroq turdi
• nafasi chiqmay qoldi
• sovuq ter bosdi
• sapchib tushdi
• yuragi tushdi
• rangida rang qolmadi
• bir sakrab tushdi
• dami ichiga tushdi
• yuragi tovoniga tushdi

Ro‘yxatni davom ettiring...

©Mavlon Marasulov
@xatoliklar
@xatoliklar_lotin
E’lon

Bilasiz, bizda kopirayting kursi bor. Ammo o‘quvchilarni har doim ham qabul qilavermaymiz. Keyingi qabul 2-3 oydan bo‘lishini reja qilganmiz. Unda kursdagi ma’lumotlarni modullarga, qismlarga bo‘lib taqdim etmoqchimiz.

Ammo, shunga qaramay, 2-3 kishi buncha vaqt kuta olmasligini, kursda tezroq o‘qishni boshlash istagini bildiryapti. Shuni inobatga olib, istisno tariqasida shu 2-3 kishi uchun kichik guruhcha ochib beryapmiz.

To‘lovlar avvalgidek:
• 12 ta dars uchun — 850 ming so‘m.
• Ustoz nazorati — 250 ming so‘m.

*Birinchi to‘lov qilgan 3 kishi uchun 150 ming so‘m chegirma qilib beramiz.

Tafsilotlar ushbu havolada: https://teletype.in/@xatoliklar/kurs-noyabr

Siz ham guruhga qo‘shilishni istasangiz, @Copywriting_Support akkauntiga yozing.
Qay biri to‘g‘ri?
Anonymous Quiz
20%
Uchchalasi
80%
Uchalasi
Izsiz va issiz

«O‘zbekenergo» matbuot xizmati yozyapti:
— Haqiqatdan ham yuqorida aytilganidek shuncha transformator issiz ketdimi?

Transformator issiz ketishi mumkinmi? Issiz emas, izsiz 👇

Izsiz so‘zi ikki xil ma’noda ishlatiladi:

1. Izi yo‘q, beiz. Izsiz transport.
2. Nom-nishonsiz, belgi-asarsiz. Izsiz yo‘qolmoq.

Issiz — hidsiz, hidga ega bo‘lmagan.

————————

Matnda yana bir imloviy xato bor, topa oldingizmi?

@xatoliklar
@xatoliklar_lotin
Shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish

Rasmiy uslubga oid matnlarda sinonimiya, omonimiya kabi hodisalarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bu matnning har xil tushunilishi, turli sharhlanishiga olib keladi.

Rus tilidagi yuridik личный досмотр termini o‘zbekchaga ikki xil variantda tarjima qilingan va har ikkalasi ham tilimizda faol ishlatib kelinmoqda:

1) shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish;
2) shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 289-moddasida ikkala birikma ham ishlatilgan.

Shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish deb berilishi xato hisoblanadi. Chunki bu birikma bir kishi tomonidan bir yo bir nechta shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish yoki bir nechta kishi tomonidan bir shaxsni ko‘rikdan o‘tkazishni anglatadi.

Ruscha личный досмотр terminini shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish birikmasi to‘liq ifodalay oladi.

Demak:
Shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish
Shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish

"Yuridik til nazariyasi va amaliyoti" kitobi asosida tayyorlandi

@xatoliklar
@xatoliklar_lotin
HTML Embed Code:
2024/05/08 11:42:44
Back to Top