TG Telegram Group Link
Channel: Savdo-sanoat palatasi
Back to Bottom
⚡️ Nodira Umarova rais o‘rinbosari v.v.b. etib tayinlandi

Umarova Nodira Nigmatullayevna — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari v.v.b. lavozimiga tayinlandi.

N.Umarova 1969-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1993-yilda Toshkent davlat pedagogika institutini, 2010-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Tayinlovga qadar Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟢“Inson uchun” respublika savdo ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi

✔️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashabbusi bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi hamkorligida “Inson uchun” respublika savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov, Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari rahbariyati ishtirok etdi.

Shu bilan birga ko‘rgazmada san’at vakillari, jamoatchilik faollari ham ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ko‘rgazma ertaga, 2-may kuni ham o‘z faoliyatini davom ettiradi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰📰

ZAMON
| “INSON UCHUN” RESPUBLIKA SAVDO KO‘RGAZMASI

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бироздан сўнг Халқаро конгресс марказида Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида учинчи Тошкент халқаро инвестиция форуми бошланади.

Давлатимиз раҳбарининг форум ялпи мажлисидаги нутқини Президент Матбуот хизматининг Facebook ва YouTube даги расмий саҳифаларида жонли эфирда томоша қилинг.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🌏🌏🌏🌏🌏🌏🌏🌏

🇺🇿🇸🇦 III Toshkent xalqaro investitsiya forumi arafasida O'zbekiston—Saudiya Arabistoni Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Yigʻilishni Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vaxabov ochib berar ekan, yurtimizga tashrif buyurgan Saudia Arabistoni delegatsiyasini samimiy qutlab, ikki davlat diplomatik aloqalari oʻrnatilganligiga 31 yil boʻlganligi va bu davrda erishilgan yutuqlar sanab o'tildi.

Oʻz navbatida Saudiya Arabistoni delegatsiyasi va ushbu yigʻilishga arab tomonidan rahbarlik qilgan “Acwa Power” kompaniyasi ta’sischisi Muhammad Abunayyan, 3 yil mobaynida oʻzaro tashriflar soni oshganligi, ya’ni 2021-yilda aviaqatnovlar haftasiga 2 marta bo’lganligi va bu qatnovlar soni haftasiga 32 taga yetganligini ta’kidladi.

🔴 Yig'ilish davomida, joriy yil iyun oyida mahalliy tadbirkorlarimizning Saudia Arabistonining 3 ta yirik shaharlariga biznes tashrifi va ularning doirasida milliy mahsulotlar koʻrgazmasi tashkil etilishi rejalashtirilayotganligi qayd etildi.

Tadbir davomida ikki mamlakat ishbilarmon vakillari tomonidan turli tarmoqlarda investitsiyaviy hamkorlik masalalari, transport, avtomobil yo'llari qurish va rekonstruktsiya qilish borasidagi infratuzilmaviy loyihalar, turizm, tibbiyot sohasida hamkorlik masalalari atroflicha ko'rib chiqildi.

Mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan mamlakatlarning investitsion salohiyati va sohalar kesimida hamkorlik qilish bo'yicha mavjud imkoniyatlar taqdimoti o'tkazildi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰📰

Axborot 24 | O’zbekiston-Saudiya Arabistoni ishbilarmonlari kengashi yig’ilishi

📝📝📝

🇺🇿🇸🇦 O‘zbekiston bilan Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi so‘nggi uch yilda besh barobar oshdi. Investitsiyalar barcha tarmoqlarni birdek harakatga keltirayotgani rost. Saudiyalik sarmoyadorlar muqobil energiyadan tashqari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish uchun O‘zbekistonda katta imkoniyatlar borligini alohida e’tirof etdi va 40 dan ortiq ishbilarmon doira vakillari qatnashgan o‘zaro uchrashuvda bu boradagi loyihalar muhokama qilindi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bugungi forum doirasida dunyoning ilgʻor kompaniyalari hisoblangan “Linde”, “Orascom”, “DataVolt”, “Bonafarm”, “PASHA holding” va boshqa sheriklar ishtirokida yangi yirik loyihalarga start beriladi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Shavkat Mirziyoyev sarmoyadorlar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishga oid takliflarni bildirdi

Birinchidan, yangi tahrirdagi “Investitsiyalar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi ta’kidlandi. Ushbu hujjat Jahon savdo tashkiloti tartib-qoidalari va standartlariga muvofiq ishlab chiqildi.

Ikkinchidan, tez orada mamlakatimizda Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi huzurida Xalqaro tijorat sudi ish boshlaydi. Ushbu sud O‘zbekiston sud-huquq tizimida alohida o‘ringa ega bo‘ladi. Tez orada ushbu sud qarorlarini ijro etishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston protsessual kodekslariga ham o‘zgarish kiritiladi.

Uchinchidan, yaqin vaqtda sanoat zonalari tizimida mutlaqo yangicha yondashuvlar joriy etiladi. Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyat muddatlari bo‘yicha cheklovlar ham bekor qilinadi.

Xorijiy sarmoyadorlar uchun yerlarni ijaraga berish muddati 25 yildan 49 yilgacha, ya’ni, ikki barobar uzaytiriladi. Bunda, qonunlar bilan kafolatlangan amaldagi imtiyoz va preferensiyalar to‘liq saqlab qolinadi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari iqtisodiyotda chuqur transformatsiya jarayonlari, qulay investitsiya va biznes muhiti hamda sanoatda yuqori qo‘shilgan qiymatni yaratish izchil davom ettirilishini ta’kidlab, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

1️⃣ yo‘nalish ➡️ “yashil” energetika

2️⃣ yo‘nalish ➡️ bank-moliya sohasi

3️⃣ yo‘nalish ➡️ foydali qazilmalar

4️⃣ yo‘nalish ➡️ mamlakatning IT transformatsiyasi

5️⃣ yo‘nalish ➡️ transport infratuzilmasini rivojlantirish

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱"Inson uchun" shiori barqarorlik reytingida

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 20-fevral kuni ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishida extiyojmand aholi, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga olinishini Tadbirkorlik subyektlari barqarorlik reytingida aks ettirishni ta’minlash vazifasi belgilangan.

🌐 Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingiga tadbirkorlar tomonidan “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, ijtimoiy reestrdagi va nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligi ta’minlash — qo‘shimcha 5 ball va 10 ball beruvchi ko‘rsatkich sifatida kiritilgan.

Bugungi kunda ushbu qo‘shimcha ball beruvchi mezondan foydalanayotgan korxonalar soni 6 231 tani tashkil etmoqda.

Jumladan, 3 905 ta korxona jami xodimlarining 20 foizdan ortig‘ini ijtimoiy reestrdagi va nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkil etishi hisobiga 10 ballga, 3 903 ta korxona esa 10 foizdan 20 foizgacha bandligini ta’minlaganiga 5 ballga ega bo‘lgan.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇹🇷Rais Davron Vaxabov Bursa Savdo-sanoat palatasi boshqaruv kengashi raisi Ibrohim Burkay va Turkiy davlatlar tashkilotining Savdo-sanoati palatalari kengashi bosh kotibi Adem Kula bilan uchrashdi.

Mehmonlar o'z nutqida Toshkent xalqaro investitsiya forumini yuqori saviyada o'tkazilayotgani va soʻnggi yillarda Oʻzbekistonning investitsion jozibadorligi oshib borayotganligini ta'kidlab o'tdi.

Uchrashuv davomida uchinchi davlatlar bozoriga chiqish istiqboli bilan yuqori texnologiyali qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga mo‘ljallangan investitsiyaviy hamkorlik sohasiga katta urg‘u berildi.

Jumladan, standartlashtirish sohasidagi samaradorlikni oshirish maqsadida O'zbekiston delegatsiyasining Turkiyaga rejalashtirilgan tashrifini tashkil etish masalalari bo'yicha muhokamalar olib borildi.

Muloqot yakunida tomonlar munosabatlarni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirib, Savdo-sanoat palatasi boshchiligida o'zbekistonlik ishbilarmon doira vakillari Bursa shahriga taklif qilindi hamda B2B formatidagi uchrashuvlar tashkil etishga kelishib olindi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev: Investitsiyalar – bu mamlakatimiz transformatsiyasining lokomotivi va iqtisodiy taraqqiyotimizning mustahkam drayveridir

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HTML Embed Code:
2024/05/03 04:24:15
Back to Top