TG Telegram Group Link
Channel: Toshkent amaliy fanlar universiteti
Back to Bottom
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
3D printerga bir nazar💻

O‘quv jarayonida o‘quvchilarimiz turli qurilmalar bilan o‘zaro ishlashning nozik jihatlarini o‘rganmoqda. Aytgancha, bizning boshqa texnikalarimiz orasida 3D printer alohida o'rin tutadi.

Sizningcha, biz u bilan nima yaratamiz?🤔
Universitetimizdagi "Haftaning muhim voqealari"🎓

⚡️️20-aprel kuni talabalarimiz "Munozara" intellektual o‘yinida Xalqaro Nordik universiteti bilan bellashib faxrli birinchi o‘rinni egalladi va keyingi bosqichga o‘tishdi.

⚡️17-aprel kuni "Chet tili va adabiyoti" fakultetining 1-bosqich talabalari tomonidan "Butun dunyodagi salomlashish va xayrlashish odobi" mavzusida o‘quv mashg‘ulotini o‘tkazildi.

⚡️19-aprel kuni Toshkent amaliy fanlar universiteti talabalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha birinchilik bo‘lib o‘tdi. Unda "Pedagogika" fakulteti talaba qizlari g‘olib bo‘ldi!

⚡️18-aprel kuni "Pedagogika" fakultetida talaba va o‘qituvchilar uchun "Hissiy intellekt" mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

⚡️"Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi" kafedrasi o‘qituvchilari "Xonatlas festivali"da ishtirok etdi. Ular tomonidan she’rlar o‘qildi, qo‘shiqlar ijro etildi va milliy liboslar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
"Xotin – qizlar va erkaklarning o‘qish imkoniyatlarini rag‘batlantirish: yutuqlar va muammolar" mavzusidagi Xalqaro Forum o‘tkazildi.

Tadbirda dunyo bo‘ylab o‘qish imkoniyatlari, turli tillarni o‘rganish, ayollar va erkaklar uchun ta’limdagi yutuqlar va muammolar kabi mavzular keng qamrovda muhokama qilindi.

Forumda professorlar, ilmiy tadqiqotchilar va chet ellik olimlar ishtirok etishdi.

📸 Forumdan lavhalar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mashgʻulotlar oʻz yoʻliga, qahva esa jadvalga koʻra😂
Joriy yilning 6-8 may kunlari Oliy ta’lim vazirligi, TAFU, TDTU, O‘zMU tashabbuslari bilan amaliy ta’lim bo‘yicha Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Konferensiyada Buyuk Britaniya, Germaniya, Janubiy Koreya va boshqa bir qator davlatlarning oliy ta’lim muassasalaridan rahbar va olimlar tashrif buyuradi.

Konferensiya doirasida dunyoda ilk marotaba amaliy fanlar universitetlari rektorlari forumi ham bo‘lib o‘tadi.

🔗 Qo'shimcha ma'lumot:
https://conf.eutas.uz/
Oʻz kasbingizni tanladingizmi?🔍

🤝U holda boʻlajak karyerangiz sari birinchi qadam — Toshkent amaliy fanlar universitetidan boshlanadi! Tajribali professor-o’qituvchilarimiz siz bilan tajriba va bilimlarini boʻlishishga tayyor!

❗️Bizni kuzatishda davom eting, qabul tez orada ochiladi.
Xalqaro amaliy fanlar universitetlari rektorlari forumi O’zbekistonda o’tadi

Ushbu tadbir joriy yilning 6-8 may kunlari Toshkentda bo’lib o’tadi.

Forumda nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llashning ilg'or tajribalari muhokama qilinadi hamda 14 davlatdan keladigan 18 universitet bilan hamkorlik o'rnatiladi.

Shuningdek, "ERASMUS+" doirasida Toshkent amaliy fanlar universiteti va Yevropa universitetlari yangi loyihaga start berishadi.

🔗 Qo'shimcha ma'lumot:
https://conf.eutas.uz/
Joriy yilning 4-may kuni "Quvnoqlar va zukkolar" ko‘rik tanlovining Premyer ligasi 2-mavsum yarim final bosqichi 4-o‘yini o‘tkazildi.

ZO‘R TV pavilonida o‘tkazilgan ushbu qiziqarli bellashuvda kuchli va QVZ bo‘yicha o‘z tarixiga ega bo‘lgan tajribali jamoalardan hech hayiqmay ishtirok etgan bizning “Amaliyotchilar” jamoasi ham qisqa tayyorgarlik ko‘rishiga qaramay, faxrli 3-o‘rinni egallashdi.

Universitetimizdan 200 nafarga yaqin talabalar ZO‘R TV paviloniga borib, o‘sha yerni o‘zida jamoamizni qo‘llab-quvvatlab turdilar.
Xalqaro amaliy ta’lim konferensiyasi hamda dunyoda ilk marotaba amaliy fanlar universitetlari rektorlari forumi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent amaliy fanlar universiteti tashabbusi bilan amalga oshirildi.

Undan tashqari, konferensiya doirasida dunyoda ilk marotaba amaliy fanlar universitetlari rektorlari forumi ham bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv ishtirokchilari dunyoning turli mamlakatlari: Germaniya, Latviya, Estoniya, Chexiya universitetlari vakillari edi.
HTML Embed Code:
2024/05/09 20:17:24
Back to Top