TG Telegram Group Link
Channel: TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal
Back to Bottom
2025-yil 2-iyul kuni Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama teatrida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 2024–2025-o‘quv yilida bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini tamomlagan bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

⭐️Tadbir avvalida bitiruvchilarga shifokorlik kasbining oliy burchi, inson salomatligini asrash borasidagi muqaddas vazifalar yana bir bor eslatilib, ular “Shifokorlikka qasamyod” qildilar.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi tadbirda 2024/2025-o‘quv yilini muvaffaqiyatli tugatib, diplom bilan taqdirlangan jami 532 nafar bitiruvchi quyidagilardan iborat:

🟢Magistratura mutaxassisligi: 13 nafar magistr

Davolash fakulteti:
🟢Davolash ishi yo‘nalishi: 172 nafar

Pediatriya fakulteti:
🟢Pediatriya ishi yo‘nalishi: 44 nafar
🟢Oliy hamshiralik ishi: 21 nafar
🟢Xalq tabobati yo‘nalishi: 19 nafar

Tibbiy profilaktika, SSB va xorijiy talabalar fakulteti:
🟢Tibbiy profilaktika yo‘nalishi: 79 nafar
🟢Davolash ishi (Turkmaniston fuqarolari): 13 nafar

Stomatologiya fakulteti:
🟢Stomatologiya yo‘nalishi: 111 nafar

Qo‘shma ta’lim dasturi:
🟢Privoljsk ilmiy tadqiqot tibbiyot universiteti bilan: Farmatsiya – 10 nafar, Davolash ishi – 26 nafar
🟢Kazan Federal universiteti bilan: Tibbiy biologiya – 24 nafar

➡️ BATAFSIL

TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_oyligi
#dolzarb_90_kun

2025-yil 2-iyul kuni TTA Urganch filiali Davolash fakulteti tyutori M.R. Atayev tashabbusi bilan Shovot tumani “Idali Qal’a” mahallasida joylashgan 31-sonli umumta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida sport-sog‘lomlashtirish va madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi, shuningdek, yoshlar o‘z iqtidorlarini ko‘rsatib, turli musiqiy cholg‘u asboblarida kuylar chalib, barchaga yuqori kayfiyat ulashdilar.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
#talabalarimiz_yutuqlaridan

Avvalgi xabarlarimizda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining Davolash fakulteti talabalaridan Rustamov Ma’ruf 2025-yilgi Xorazm viloyati hokimi stipendiyasi sovrindorlari ro‘yxatidan joy olgani e’lon qilingan edi.

Quvonarlisi, ushbu nufuzli stipendiya sovrindorlari ro‘yxatidan Davolash fakultetining yana bir nechta iqtidorli talabalari ham o‘rin oldi. Jumladan:

Xolboyeva Maftuna Jasurbek qizi – Davolash fakulteti, 305-A guruh talabasi

Qadamova Diyora Yunusbek qizi – Davolash fakulteti, 301-B guruh talabasi

Abdurasulov Abdulla Qudratovich – Davolash fakulteti, 408-C guruh talabasi


Ushbu nufuzli stipendiyani qo‘lga kiritgan talabalarimizni filial ma'muriyati nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Ularning fidokorona mehnati, bilimga chanqoqligi va ijtimoiy faolligi munosib e’tirof etilib, bugun bunday e’tibor va rag‘batga loyiq bo‘lmoqda. Bu yutuq — kelajakdagi yanada katta marralarga yo‘l ochuvchi muhim qadamlardan biridir.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | O`zbekiston yoshlari - yangi tarix yaratadigan oltin avlod
#1july

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
30-iyun – Yoshlar kuni | Sharifbobo Hasanov - Xorazm viloyati Yoshlar akademiyasi lideri
#1july

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
🇺🇿 2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun muborak bo‘lsin!

1992-yil 2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan Davlat gerbi tasdiqlangan edi. Bu muhim sana – xalqimizning tarixiy-madaniy merosi, mustaqilligimiz va davlat suverenitetining ramzi sifatida katta ahamiyatga ega.

🕊Davlat gerbimiz har bir fuqaroda Vatanga sadoqat, mehr va faxr tuyg‘ularini uyg‘otadi.
Uning har bir unsuri — xalqimizning orzu-umidlari, qadriyatlari va mehnati bilan uyg‘unlashgan:

Humo qushi — xalqimizning yuksak orzulari va ezgu niyatlari timsoli
Quyosh — nur, hayot va istiqbol
Paxta va gʻalla — mehnat, baraka va farovonlik ramzi
Hilol va yulduzlar — tarixiy-madaniy merosimiz aksidir


Bu muqaddas ramzlar orqali biz xalqimizning boy o‘tmishini, mustahkam bugunini va porloq kelajagini ko‘ramiz!

➡️2-iyul nafaqat tarixiy sana, balki har birimiz uchun Vatanimiz ramzlariga nisbatan cheksiz hurmat va g‘urur kunidir!

TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 2024–2025-o‘quv yilida bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini tamomlagan bitiruvchilarga diplom topshirish marosimidan videolavha

TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Jamiyat barqarorligini ta’minlashning yangicha yondashuvida hamkorlikdagi vazifalar” mavzusida respublika o‘quv-amaliy-seminari haqida maxsus reportaj

➡️Mazkur reportajda TTA Urganch filiali Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi Feruza Atajanovaning intervyusi keltirilgan

TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_oyligi
#Dolzarb_90_kun

TTA Urganch filiali Davolash fakulteti tyutori G‘.O. Artikov tashabbusi bilan Shovot tumani “Qunduz” mahallasida Yoshlar oyligi doirasida “Dolzarb 90 kun” loyihasi asosida 34-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan to‘garaklar hamda o‘tkazilgan tadbirlar jarayonidan tayyorlangan fotolavhalar


TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BITIRUVCHILARGA DIPLOMLAR TOPSHIRILDI

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 2024–2025-o‘quv yilida bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini tamomlagan bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi Xorazm MTRK "Yangiliklar" dasturida

TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
HTML Embed Code:
2025/07/04 12:16:12
Back to Top