Yozgi ta’tilni nafaqat hordiq, balki ruhiy o‘sish va fikriy sayohat davriga aylantiring!
Sizni "Zukko kitobxon” intellektual loyihasi tomonidan tashkil etilayotgan onlayn tanlovga taklif qilamiz!
Bu tanlovda siz qisqa, ammo mazmunga boy va o‘ziga xos uchta asar bilan chuqur tanishasiz:
1. Gabriel Garsia Markes – “Ulug‘ onaning janozasi”
2. Jorj Oruell – “Molxona”
3. Tog‘ay Murod – “Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi”
Tanlov shartlari:
1️⃣ Speed Round (jonli videochatda savol-javob)
https://hottg.com/zukko_kitobxonTDYU kanalida videochat orqali har bir ishtirokchi tezkor savollarga javob beradi. Bilim, xotira va fikrlash tezligingiz sinovdan o‘tadi.2️⃣ 2 daqiqalik videotaqriz
O‘zingiz tanlagan kitobdan ilhomlanib, sifatli va ta’sirli 2 daqiqa davom etadigan videorolik tayyorlaysiz. Eng yaxshi videolar bizning ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinadi!
Tanlovimiz 22.07.2025-yilda boʻlib oʻtadi.
"Zukko kitobxon" bilan yozgi taʼtilni mazmunli oʻtkazing.
Tanlov haqida batafsil maʼlumotlarni ushbu kanalda kuzatib boring.
Qoʻshimcha savollaringiz boʻlsa @Zukko_kitobxon_TDYU ga murojaat qilishingiz mumkin.