TADBIRKORLAR VA MAS’UL XODIMLAR UCHUN SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI
“Toshshahartransxizmat” AJ binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF–184-sonli Farmoni – “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan seminar-trening tashkil etildi.
Farmon matni: lex.uz/uz/docs/-7231780
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, shuningdek, Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi mas’ullari ishtirok etdi.
Mas'ullar tomonidan Farmon mazmuni va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Seminar yakunida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.
Bunday tadbirlar tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash va huquqiy ongni oshirishga xizmat qiladi.
>>Click here to continue<<
