1. Mari, men 1-kursman. Baholarimiz hali chiqmagan. Nimani topshiraman academic transcriptsga?
1-kurs bo'lsangiz, kollejdagi/maktabdagi oxirgi kurs baholarini tarjima qilib, tasdiqlatib topshiring. Dastur boshlanganda kamida 18 yosh bo'lishingiz kerak. Dastur 2023 kuzda boshlanadi. Shunga ham e'tibor bering.
2. Meni "3"larim bor "4" ham. Bu bilan yuta olmaymanmi?
Global UGRAD talablarida aniq GPA berilmagan, shu yutadi, shu yutmaydi deb aytilmagan. Lekin yutganlar orasida baholariga "3", "4" aralashganlar ham yetarlicha edi. Umumiy baholar yig'indisiga e'tibor bering. Juda past bo'lmasin. Hujjatlar namuna kanalida yutganlarni baholari solishtirib maqola tayyorlangan. O'qing
3. IELTSim yo'q/past, bu ta'sir qilmaydimi?
Yo'q. Ular til bilish darajangizni emas, SIZni o'zingizni tekshirishadi. Xarakter muhim.
4. Essaylarni qancha muddatda yozgansiz?
Menga juda ko'p vaqt ketgan. 2-kursda bu dasturda g'olib bo'lolmaganimdan keyin, 3-kursda qattiq harakat qilganman. Siz ham ko'proq ishlashga harakat qiling. Albatta proofread qildiring tajribasi borlarga!
5. Birinchi marta bunaqa dasturga topshiraman. O'ta olarmikinman?🥺
Men ham qachondir aynan shu dasturga birinchi marta topshirganman va o'ta OLMAGANMAN. Lekin bundan juda xursandman. Shu xato, tajribalarim menga katta foyda bergan keyingilarida yutishimda
Yours, Marvarid @thoughts_different
>>Click here to continue<<