DANGASAMAN. NIMA QILAY?
E'tibor bersam, hammani muammosi dangasalik. Dangasalik bu har bir insonda bor narsa. Lekin uni boshqarish, yengib, ishga/o'qishga kirishishni hammayam eplolmaydi.
Qanaqa odam eploladi? Oldida o'zi uchun QIZIQ, KUCHLI, ANIQ maqsadi bor odamni ko'ziga dangasalik ham, charchoq ham, uyqu ham ko'rinmaydi. Maqsad noaniq, kuchsiz, o'ziga qiziqmas bo'lsa, qanaqadir dangasalik yengadigan kurslar, motivatsion videolar, bloggerlardan maslahatlar hech qanaqasiga yordam berolmaydi.
Maqsad qo'ying. Bitta long time katta maqsad bo'lsin. Siz o'zingiz xohlaydigan, eshitganda yuragingiz dukillab, ko'zingiz yonadigan ish bo'lsin! Masalan, meniki bir paytlar UGRAD yutib Americaga ketish, Erasmus bilan Europeda o'qish kabilar edi. Har eslaganimda boshqacha hislar o'tardi mendan.
Keyin usha katta maqsadga yetishish yo'lini kichkina maqsadlarga bo'ling. Masalan, UGRAD yutish bittada erishadigan narsa emas, ungacha General Englishni yaxshilashim (deylik, intermediate), communityga biror commitment qilishim (masalan, bepul biror loyiha), xohlasam volunteering kabi kichkina maqsadlarga bo'lib ular ustida ishlashni boshlang.
Hamma narsani bo'yinga olib, bosim bilan siqilib yurish shartmas! Avval bitta eng muhimi (priority), unga harakat yaxshi yo'lga qo'yilgandan keyin ikkinchisi, keyin uchinchisi va hammasi simultaneously davom etishi mumkin. Lekin birdan boshlab, time manage qila olmay o'tirish emas.
Katta maqsadlarga kichkina qadamlar bilan lekin asosiysi TO'XTAMASDAN davomiy ravishda boriladi. Hammaga omad!
Dangasamisiz? Yetarlicha kuchli maqsadingiz bormi?
Yours, Marvarid @thoughts_different
>>Click here to continue<<