TG Telegram Group & Channel
Mari's planet🇺🇸️ | United States America (US)
Create: Update:

Global UGRAD. Orzudagi Amerika tomon-3

"Marvarid, introduce yourself, please". Albatta buni gapirishga tayyorlanganman, bemalool qayerda o'qishim, o'qishdan tashqari nima ish qilishim haqida gapirdim va oxirida leaderligimni ta'kidlab o'tib ketdim. Keyin haqiqiy savollarga o'tishdi, nimaga aynan UGRAD, bu dastur qanday qilib kelajagimga ta'sir ko'rsata oladi, keyinchalik ham o'qituvchi bo'lmoqchimanmi-yo'qmi, kabi savollar.

Ularga yaxshi javob berdim, lekin volontyorlikka kelganda tutilib qoldim. Volontyorlik deyarli qilmaganman. Amerikaga borganda qanaqa volontyorlik ishlari qilmoqchiligimni so'rashganda ozgina makillab qoldim. Shunaqa holatga tushmaslik, nima deyishni bilmay tuurmaslik uchun o'zimizni hamma narsada sinab ko'rishimiz kerak. Keyin O'zbekistonda nima volontyorlik ishlari qilganimni so'rashdi. Ahh. Xullas, amalladim. Yaxshiyam gapga ustaman.

Menga eeeng yoqqan savol - "Agar finalist bo'lib tanlansang, qayshi shtatda o'qishni xohlaysan?" bo'ldi. xursaaand bo'lib ketib, naafaqat shtatni aytib balkim beixtiyor ortimda turgan kartadan ko'rsatib ham yuboribman. Qaysi shtatni aytganimni tahmin qilib ko'ring kommentda.

Qaysi tillarni bilishim, avval chetga chiqqanmanmi/yo'qmi kabi yengil savollar berishdi. Intervyu degani bu jiddiy odamlar bilan, tund qiyofada gaplashiladigan jarayon emasligiga yana bir bor amin bo'lib chiqdim. Oddiy samimiy suhbat bo'ldi.

Endi 1 hafta kutish qolgandi faqat. Eng o'tishi qiyin bo'lgan 1 hafta edi men uchun. O'tgan yili JACAFA uchun ham shunaqa sabrsizlik bilan kutgandim. Endi eng katta orzularimdan biri UGRAD uchun. Eslamaslikka harakat qilardim lekin har kuni semi finalistlar uchun ochilgan telegram guruhimizdagilarni yozishmalarni ko'rib, gaplashib, eslamay iloj yo'q edi.

Intervyumdan 4 kun o'tib, ba'zilarga xat keldi yutganlari haqida. Menga esa yo'q. Ishonmadim yuta olmaganimga. Nahotki? Intervyuni yaxshi topshirgandim. Har qachongi intervyularimdan ko'ra, aynan shu intervyudan ko'nglim ko'proq to'lgandi, ichimdagi hamma gapni hayajonsiz bemalol ayta olgandim. Nahotki, meni loyiq ko'rishmadi? Balki ertaga kelib qolar deb, ertani kutdim.

Har gmail kelgandagi holatimni tasavvur qilavering. Yuragim hapqirib, qarasam allaqanday saytdan reklama kelgan bo'ladi. Ahh. 2 kun, 3 kun o'tdi hamki menga xabar kelmadi. Boshqa bir nechta finalistlar ijtimoiy tarmoqda yutganliklarini jar solishardi, havas bilan qayta-qayta ularga kelgan xatni o'qib o'tirardim. O'ylanardim.

Ishga chiqishim kerak, lekin miyamda faqat shu aylanayotgani uchun ishga chiqishni ham kechiktirdim, midtermlarni ham xayolim Amerikalarda uchiib topshirdim, kanalga ham qaragim kelmay qoldi. Ishonasizmi, ovqat yemayotganimni sezib qoldim, 1-2 qoshiqdan boshqa ovqat yemayotgandim. Shunchalik xohlardim yutishni, Amerikaga ketishni.

*Davomi albatta ertaga. Qaysi shtatni xohlaganimni tahmin qiling🇺🇸

Yours, dangasa Marvarid;)
@thoughts_different

>>Click here to continue<<

Mari's planet🇺🇸️

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)