TG Telegram Group & Channel
Mari's planet🇺🇸️ | United States America (US)
Create: Update:

Global UGRAD. Orzudagi Amerika tomon🗽

2-kursligimda oktyabr oyida e'lon ko'rib qoldim. Amerikada 1 semestr exchange student bo'lib o'qish, hamma harajatlari qoplanadi va hech qanday sertifikat talab qilinmaydi. Wow. Zo'r. Topshiraman dedim. O'sha vaqtgacha umuman bunaqa dasturlarda o'zimni sinamagandim. Dekabr oyigacha 2ta motivation letterni yozib yurdim va topshirdim.

Avval umuman Amerika haqida orzu qilmagan, faqat Yevropaga mahliyo bo'lib yurgan qiz, UGRADga topshirishim bilan o'zgardim-qoldim. Xayolimda faqat Amerika shtatlari, o'sha yerda yurganim, grantni yutishim aylanardi.

Afsuski, vaqt o'taverdi, o'taverdi. Hech qanday javob kelmadi. Umidim uzildi. Yozda rejection letter oldim🥺.

2020-yilda yana topshirishga qaror qildim. Oktyabr, noyabr, dekabr oyi o'tyapti hamki, application process boshlanmayapti. Endi bu haqida unuta boshlaganimda, yanvarda birdan Global UGRAD e'lon qilindi. Yay💃.

Qo'rqardim lekin. Avvalgi muvaffaqiyatsizlik aniq esimda edi. Yana shuncha harakat qilib, kutib, rejected bo'lishni xohlamasdim. Qo'rquv, hayajon va tavakkal bilan hech kimga aytmasdan essaylarni yozishni, hujjatlarni tayyorlashni boshladim.

O'tgan safar hujjat topshirganimda hujjatlarim juda ham pala-partish topshirilgandi bu safargisi bilan solishtirsam. Baholar tarjima ham qilinmagan, qing'ir-qiyshiq rasmga tushirib jo'natilgan, recommendation letterlar ham tartibli, bir tekisda emas. Specific bo'lmagan, xuddi internetdan olingandek too general letter edi ikkalasi ham. Motivation letter haqidaku gapirmasam ham bo'ladi. Birinchi marta scholarshipga essay yozgandim, hozir o'qishga ham uyalaman uni🤯.

Ushbu xatolarni takrorlamagan holda ikkinchi marta hujjat tayyorlay boshladim (mana nima uchun muhim failure - xatoni tushunib ikkinchi marta harakat qila olish uchun). Baholarimni tartib bilan, chiroyli qilib o'zim tarjima qilib chiqdim, universitetga olib borib kuratorimga tekshirtirdim, boshidan yozdim 3 martalab. Recommendation letter va baholarga pechat urdirishga kirganimdagi zamdekanimizni gapi butun umr esimdan chiqmasa kerak: "Bu hujjatlaring bilan hech qayerda yutolmaysan, kolxozcha yozilgan!". Ta'sir qilgan. O'shanda yana-da qasd qilganman aynan shu gapi uchun ham yutaman, deb.

Karantin payti, shu hujjatlarim uchun erinmasdan 3 kun har kuni univerga qatnadim. Bekoboddan Maksim Gorkiyga, Maksim Gorkiydan Inyazga. Ularni bir yoqli qilib, yana bor diqqatimni essaylarga qaratdim. Bu paytda deyarli tayyor qilib qo'ygandim essaylarni. Tinmay UGRADerlar bilan bo'ladigan zoom meetinglarga birortasini qoldirmasdan kirardim. Oxiriga kelib, ular gapiradigan gaplarni yodlab ham oldim.

Essaylarimni bir nechta kishiga proofread qilish uchun berdim. Maqtov bilan birgalikda qattiq tanqidlar oldim, siqildim, o'ylandim, davom etdim. Ko'zimga hech nima ko'rinmasdan faqat America va UGRAD haqida o'ylab, orzumni realga aylantirish uchun muhim narsalardan ham vaqtincha voz kechib harakat qildim.

Va oooxiri "bor-ee nima bo'lsa bo'lar, UGRAD bo'lmasa, boshqa yo'li chiqar Americaga ketishni" deb tavakkal qilib deadlinedan 2 kun avval topshirdim. Shu bilan esdan chiqardim. Chunki o'tgan yilgi narsa yana takrorlanadi, yana rejected bo'laman, deb o'ylardim. Ham bu yil juda ko'pchilik topshirgan. Har yilgidan ko'p. Mendan kuchlilar ko'p, deb o'ylardim.

Davomi keyinrooq, vaqtim bo'lganda yozib-yozib qo'yaman. Tushunasizlar.

Yours, o'zicha band Marvarid;)
@thoughts_different

>>Click here to continue<<

Mari's planet🇺🇸️

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)