TG Telegram Group Link
Channel: tashpmi_press | rasmiy
Back to Bottom
Forwarded from ToshPTI Yoshlar ittifoqi kanali (Ёркинжон Umarov)
🟥🟥🟥 #saralash_jarayoni

🟦 Volontyorlik sohasiga qiziquvchi, shaxsiy rivojlanish istagida bo'lgan barcha yoshlar diqqatiga!

🇺🇿 #Rasman: Yangi formatdagi "Universe" volontyorlar maktabining 1-mavsumi saralash jarayonlariga start berildi.

📝 Saralash jarayonining birinchi bosqichida maxsus havola orqali ro'yxatdan o'tish, ma'lumotlarni kiritish va havolada ko'rsatilgan savollarga javob berish kerak bo'ladi.

🔗 Havola: https://forms.gle/tsSDsqY2orpPEfJu7

➡️ Birinchi bosqich uchun ro'yxatdan o'tish jarayonlari joriy yilning 1-mayidan 5-may kuniga qadar davom etadi. Arizalar 6-8-may kunlari ko'rib chiqiladi va 9-may kuni ikkinchi bosqichga o'tgan yoshlar ro'yxati e'lon qilinadi.

#yoshlaragentligi #universe #uva #saralash

🕊@universe_volontyorlar_maktabi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Go'zal Begim
Гўзал БЕГИМ
ТИББИЁТИМИЗ ОСМОНИ

30 апрел куни Тошкент медицина педриатрия(САМПИ) институтида бўлдик.

Институт ректори Ботир Даминовнинг тафаккури, билим даражаси, талабаларга қалбан яқинлиги ажойибу ғаройиб ҳол эди.

У ердаги самимий ва улуғвор руҳ, ўқитувчилардаги юксак салоҳият, талабалардаги ижодкорлик руҳи институтга куч, истара ва кайфият бахш этаётгандек.

Таниқли болалар шоираси Кавсар Турдиеванинг узоқ йиллардан буён шу даргоҳда ишлаётгани, 1-проректор Муборак Аҳмедованинг самимияти ва камтарлиги, Институтнинг қийматини белгиловчи ёшлардан Ёшлар Иттифоқи етакчиси Ҳасанхўжа Абидовнинг ёшларга хос энергияси, завқи, интилувчанлиги ҳамда ўқитувчиларининг ўз касбини ҳаддан ортиқ севиши, талабаларининг қиёфаларида акс этган тафаккур ваматонат суврати институт қаддини баландларга кўтараётгандек...

Шифокор билимли ва салоҳиятли бўлса одамлар саломатлиги таъминланади. Бу институнинг ректоридан тортиб, ходимларигача ўзига ишонган, одампарвар ва қалбпарвар эканлиги кўринди.

Хуллас, баъзан оиламизда бир одам касал бўлса, унинг дардини тортишишга иродамиз етмайди. Шифокорлар эса...

Миллатга дадил, тиббий маданиятга эга шифокорларни етказиб берувчи табаррук даргоҳга миллионлаб халқимиз номидан ташаккурлар айтгим келди. Чунончи, тиббиётимиз осмони бўлган бу мовийликка ҳар биримиз тикиламиз.

1 май, 2024 йил
⚡️TOSHPTIDA “MA’RIFAT ULASHIB” ADABIY-MA’RIFIY UCHRASHUVIDA “YASHIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDA ADIBLAR BILAN KO‘CHAT EKISH MAROSIMI BO’LIB O’TDI

2024-yil 30-aprel kuni “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida zamonamizning taniqli adiblari bo’lgan Go'zal Begim, Toxir Doliyev hamda Abdirasul Jumaqulov kabi sevimli yozuvchilar Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif chog’ida “Yashil makon” loyihasi doirasida institut hududida adiblar, institut rahbariyati va talabalar ishtirokida ko‘chat ekish marosimi bo‘lib o‘tdi.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
⚡️REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO'LIB O'TDI

2024-yil 30-aprel kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori, professor Botir Daminov unga biriktirilgan Yunusobod tumanida joylashgan "Ahilobod" va "Akbarobod" mahallalaridagi muammoli yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodhonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratilib, ularning har biri bilan ma’naviyatini yanada yuksaltirish, dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan individual suhbat olib borilib, muammolari aniqlandi va yechimi bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
#e’lon
#qabul_boshlandi


⚡️
Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlar diqqatiga!

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq 2024-yil 3-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning shakllaridan biri mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim — phd.mininnovation.uz orqali hujjatlarni onlayn topshirish boshlandi.

Hujjatlar joriy yilning 1-mayidan 1-iyunga qadar qabul qilinadi.

Mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli.

Ma’lumot uchun, yuborilgan hujjatlar ilmiy yoki ta’lim tashkilot tomonidan ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi.

📌Mustaqil izlanuvchilik(PhD, DSc)ga til sertifikati talab etilmaydi


Qabul bilan bog’liq barcha savollarga ushbu kanal orqali javob olishingiz mumkin. ⤵️⤵️⤵️
@ilmiy_darajali_kadrlar
HTML Embed Code:
2024/05/17 20:09:12
Back to Top