TG Telegram Group Link
Channel: Ta'lim Huquqi
Back to Bottom
⚡️Ayni vaqtda 4 ta bank taʼlim kredit ajratmoqda

❗️Hozirda Orient Finans Bank, Turonbank, Aloqabank va MKBank banklar tomonidan imtiyozli taʼlim krediti ajratilmoqda:

Kredit shartlari:
Foizi: Yigitlarga 14% Qizlarga 0%;
Muddati: Oʻqish davri + 7.5 yil
Miqdori: Oʻquv yili uchun talaba va OTM oʻrtasida tuzilgan shartnoma summasi

Murojaat uchun:
Oriyent Finans Bank (4004)
Turonbank (1220)
Aloqabank (1152)
MKBank(1285) batafsil...

Banklar manzili:
MKBank filiallari manzili...
Turonbank filiallari manzil...
Aloqabank filiallari manzil...
Oriyent Finans Bank filiallari... manzili...

⚡️Ta'lim kreditini ajratish tartibi. Batafsil...
⚡️Xotin-qizlarga foizsiz taʼlim krediti beriladi. Batafsil...

🎓 @Talim_huquqi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Sergeliga ko‘chish masalasi oldimizga qo‘yilmagan” – TDIU rektori

Iqtisodiyot universiteti rektori To‘lqin Teshaboyev Kun.uz'ga bergan intervyusida moliya va fiskal institutlari nima uchun iqtisodiyot universitetiga qo‘shib yuborilgani, yangi o‘quv yilidan boshlab talabalar qayerda o‘qishni boshlashi va OTMlarning hozirgi binolari taqdiri nima bo‘lishi haqidagi savollarga javob berdi.

Batafsil: https://kun.uz/29510636

🎓 @Talim_huquqi
⚡️Dasturlashni o‘rganib kompyuterga ega bo‘ling

Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda (hozirda 8 milion 500 ming so‘m) iste’mol kreditlari ajratiladi.

Dasturlashni o‘rganib, tegishli sertifikatni qo‘lga kiritgach kreditga kompyuter xarid qilish mumkin. Bu kredit 2 yilga beriladi va uning foizi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab beriladi.

Batafsil: http://uzbekcoders.uz/

🎓 @Talim_huquqi
Forwarded from Avazbek Yo‘ldoshev
⚡️8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni!

💐 Aziz va mo‘tabar onajonlarimiz, mеhribon opa-singillarimiz, go'zallikda tеngsiz qizlarimiz barchangizga 8-mart – "Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami muborak bo‘lsin!

Ayollarga qanday imtiyozlar bor? Javob...

🎓 @AAYoldoshev
⚡️16-18-mart kunlari "Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki" shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

🎓 @Talim_huquqi
#Bilasizmi

Ijarada yashovchi talabalarga davlat tomonidan qancha miqdorda ijara puli to‘lab beriladi?

📃 Qonunchilikka koʻra, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va oʻziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli boʻlmagan uyda ijarada yashaydigan davlat OTM talabalarining 60 foiziga ular tomonidan toʻlanadigan oylik ijara toʻlovi Davlat byudjeti hisobidan, 60 foizdan ortgan taqdirda OTM mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.

Bunda:

ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – BHMning 1 baravari (340 ming soʻm), qolgan hududlarda – BHMning 0,5 baravaridan (170 ming soʻmdan) oshmasligi lozim;

ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, oʻrnak koʻrsatgan va faol talabalar uchun qoplab beriladi;

❗️OTM tomonidan ularning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ijara huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara toʻlovining bir qismi qoplab berilishi mumkin.
Manba: @imtiyozuz

🎓 @Talim_huquqi
Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi?

Joriy yilgi Navro‘z bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 4 kun dam olishadi.

21-mart — payshanba (Navro‘z bayrami);

22-mart — juma (barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);

23-mart — shanba (6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);

24-mart — yakshanba (odatiy dam olish kuni).

📃 Asos: 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli Prezident farmoni.

🎓 @Talim_huquqi
#Bilasizmi

⚡️Uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlardan soliq olinmaydi.

🔔 Soliq kodeksining 378-moddasi 19.1 bandiga muvofiq, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solinmaydi.

📝 Shuningdek, belgilangan shaklda tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlari portali orqali
(ijara.soliq.uz) hisobga qo‘yishda to‘lov undirilmaydi.

Ijarada yashovchi talabalarga davlat tomonidan qancha miqdorda ijara puli to‘lab beriladi? Javob...

🎓 @Talim_huquqi
💐 Milliy urf-odatlarimiz, azaliy qadriyatlarimizni o'zida mujassam etgan qutlug' sana - Navro'z bayramingiz muborak bo'lsin!

Ushbu bahor ayyomi siz va oila a'zolalaringizga sog'lik, baxt va xotirjamlik olib kelsin.

Hurmat bilan
@Talim_huquqi admini.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Uch yoshli bolaga ingliz tilini emas, tarbiyani o'rgatish kеrak..." - Rеspublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Otabеk Hasanov

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Karimov Komiljon Hamidovich Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti rektori etib tayinlandi.

U bunga qadar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari edi.

— Turdiqulova Shahloxon O‘tkurovna Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari edi.

🎓 @Talim_huquqi
⚡️Magistraturaga kirishdagi majburiy chet tili sertifikat talabi sabab oliygohlar 3 yilda 206 mlrd 435 mln so‘m yo‘qotgan!

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ–5117-son qarori tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazilmoqda.

Vazirlik tomonidan mazkur qaror bo‘yicha to‘ldirilgan TARTIBGA SOLISH TA’SIRINI BAHOLASH hisoboti e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, til sertifikati talabi natijasida magistratura uchun ajratilgan kvotalar ochiq qolganligi tufayli oliy ta’lim muassasalari uchun yuzaga kelgan moliyaviy yo‘qotishlar 2021–2023-yillar oralig‘ida jami 206 mlrd 435 mln so‘mni tashkil etgan.

Bu borada moliyaviy yo‘qotishlar 2021-yilda 18 mlrd 690 mln so‘mni, 2022-yilda 101 mlrd 865 mln so‘mni, 2023-yilda 85 mlrd 880 mln so‘mni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, til sertifikati talabi natijasida magistratura uchun 2021-yilda 20,7 foiz kvota ochiq qolgan bo‘lsa, 2022-yilda 80,2 foiz, 2023-yilda 62,6 foiz kvota ochiq qolgan.

Shuningdek, hujjat topshirgan yoki talabgorlar soni so‘nggi 3 yilda 12,5 baravarga kamaygan.

🎓 @Talim_huquqi
Ta'lim Huquqi
⚡️Magistraturaga kirishdagi majburiy chet tili sertifikat talabi sabab oliygohlar 3 yilda 206 mlrd 435 mln so‘m yo‘qotgan! 🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ–5117-son qarori…
⚡️Ushbu ma'lumotdan xulosa qiladigan bo‘lsak tez orada sertifikat borasida yangi qaror qabul qilinib qolsa ajab emas.

❗️Bu boradagi avvaldan bo‘layotgan muhokamalar borasida ma'lumotlar eshitib turgan edim. Lekin rasmiy bir ma'lumot e'lon qilinmaguncha jim turishni maqul deb bildik.

Sertifikat butunlay bekor bo‘lmaydi. Chunki bu xorij tajribasi, faqatgina u boradagi qabulni ayrim yo‘nalishlarga yengillatishi yoki sertifikati borlarga ma'lum bir imtiyozlar berilishi ham mumkin.

Bular barchasi shaxsiy fikir qolgani qaror e'lon qilinsa bilamiz.

🎓 @Talim_huquqi
#pedagoglarga | #imkoniyat

⚡️Prezident maktablarining mahalliy o‘qituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 350 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lash tartibi joriy etiladi.

❗️Ustama pedagoglar tomonidan quyidagi shartlarning barchasi bajarilgan taqdirda to‘lanadi:

Kembridj (Cambridge Assessment International Education) xalqaro ta’lim dasturlari asosida dars beriladigan fanlarni o‘qitish bo‘yicha 3 ta (Introductory, Extension, Marking) kursni muvaffaqiyatli tugatish va bu haqida tegishli sertifikat olishi;

Prezident maktablarida kamida bir yillik ish stajiga va chet tilini bilish bo‘yicha kamida S1 darajadagi yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi.

Asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.04.2024
yildagi PF-55-sonli Farmoni.


🎓 @Talim_huquqi
Fanlar majmuasi – 2024-2025-o‘quv yili uchun.pdf
782.1 KB
#Eslatma

⚡️2024-2025-o‘quv yili uchun fanlar majmuasi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi oʻtkaziladigan fanlar majmuasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan.

2024-2025-o‘quv yili uchun qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari uchun fanlar majmuasi qo‘shimcha tasdiqlanadi.

❗️Taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda yoki yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

☝️ Yuqoridagi pdf faylda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tartiblangan holda joylashtirilgan bo‘lib, fanlar majmuasi bilan birga mos ta’lim yo‘nalishlari bilan ham tanishish mumkin.

🎓 @Talim_huquqi
#Talim_krediti

⚡️Imtiyozli taʼlim krediti ajratayotgan banklar ro'yxati

Bugungi kunda quyidagi banklarning rasmiy saytlarida taʼlim krediti ajratilayotgani maʼlum qilingan.

Biznesni Rivojlantirish Banki
🌐 Sayt: https://brb.uz/credits/show/22
☎️ Tel: 1254

Turonbank
🌐 Sayt: https://turonbank.uz/oz/private/crediting/kelazhak-talim-krediti/
☎️ Tel: 1220

Oriyent Finans bank
🌐 Sayt: https://ofb.uz/uz/credits/student-loan/
☎️ Tel: 4004

Aloqabank
🌐 Sayt: https://aloqabank.uz/uz/private/crediting/education-loan/
☎️ Tel: +998712307777

🎓 @Talim_huquqi
⚡️Jenisbek Piyazov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining madaniyat va san’atni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

🎓 @Talim_huquqi
#Bilasizmi

⚡️Xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo'lga qo'yish uchun imtiyozli shartlarda 33 million so'mgacha kredit ajratiladi. Batafsil...

⚡️Professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga to‘lov-kontrakt summasining bir qismi to‘lab beriladi. Batafsil...

⚡️“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish kurslari xarajatlari qoplab beriladi. Batafsil...

⚡️“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlari uchun subsidiya ajratiladi. Batafsil...

⚡️“Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga turar joy ijarasi uchun subsidiya ajratiladi. Batafsil...

Yoshlar daftariga kimlar kiritiladi? Javob...

Yoshlar daftariga kirish uchun kimga murojaat qilish kerak? Javob...

🎓 @Talim_huquqi
HTML Embed Code:
2024/04/29 08:34:44
Back to Top