TG Telegram Group Link
Channel: Suhrob Bo‘ronov | Rasmiy kanal
Back to Bottom
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бенямин Нетаняҳунинг айтишича, Исроилнинг Эрон Ислом инқилоби посбонлари корпуси қароргоҳига қилган ҳужуми натижасида Эрон разведкаси раҳбари Муҳаммад Козимий ва унинг ўринбосари ўлдирилган.

👉@suhrob_buranov
🇬🇧 Британия махфий разведка хизматига (MI6) тарихда илк марта аёл раҳбарлик қилади

Бош вазир Кеир Стармер Блейз Метревели ушбу лавозимга тайинлангани ҳақида маълум қилди.

Маълумотларга кўра, Блейз Метревели Кембриж университетининг ижтимоий антропология йўналишида таҳсил олган. Янги лавозимга тайинлангунига қадар MI6нинг Технология ва инновация бўлими директори бўлган. У ўз фаолиятининг аксарият қисмини MI6нинг Яқин Шарқ ва Европадаги амалиётларида ўтказган.

👉@suhrob_buranov
Қозоғистон Президенти Қосим-Жомарт Тоқаев фармонига биноан Еркин Тўқумов Афғонистон бўйича Президентнинг махсус вакили этиб тайинланди.

Еркин Тўқумов бундан аввал Президент ҳузуридаги Қозоғистон Стратегик тадқиқотлар институти директори лавозимида ишлаган. Шунингдек, Ташқи ишлар вазирлиги тизимида бир қатор масъул вазифаларни бажарган тажрибали дипломат ҳисобланади. У Варшава университети ҳамда Гарвард университети Кеннеди номидаги давлат бошқаруви мактабини тугаллаган.

Тўқумов қозоқ, рус, инглиз ва поляк тилларини мукаммал билади.

👉@suhrob_buranov
Gladio – Demokratik niqob ortidagi maxfiy armiyalar
NATO soyasida yaratilgan aksilinqilobiy mexanizm va uning Turkiyadagi refleksi

Gladiobu faqat razvedka emas, bu institut. U oddiy operatsiyalarning ortida emas, butun boshli siyosiy arxitektura ortida yashiringan. Ali Kuzu o‘z kitobida bu tuzilmani "soya davlatchiligi" deb ataydi. Gladio NATO tomonidan Ikkinchi jahon urushidan keyin tashkil etilgan “stay-behind” (orqada qoluvchi) harbiy tizim bo‘lib, Sovet Ittifoqi bosqiniga qarshi yashirin qurolli qarshilik tarmoqlarini shakllantirishni maqsad qilgan edi. Ammo real amaliyotda bu tarmoq ichki siyosiy raqiblarni yo‘q qilish, xalqaro inqilobiy to‘lqinlarga qarshi qarshi harakatlar tashkil etish, fuqarolar orasida vahima tarqatish kabi faoliyatlarga xizmat qilgan.

Gladio operatsiyalari avvalo Italiya, Gretsiya, Germaniya, Belgiya, Fransiya va Turkiyada amalga oshirilgan. Har bir davlatda u boshqa nom ostida yashagan: Italiyada “Gladio”, Germaniyada “TD BND Netzwerke”, Gretsiyada “Sheepskin”, Turkiyada esa “Kontr-Gerilla”.

Turkiyada bu tizim NATO nazorati ostida MİT, Jandarma, va Harbiy razvedka orqali integratsiya qilingan. Aynan shu kuchlar 1970–80-yillarda yuz bergan ko‘cha tartibsizliklari, suiqastlar, portlashlar va so'lchilar bilan millatchilar o‘rtasidagi qonli to‘qnashuvlarni orqa fondan boshqargan.

Ali Kuzu Gladio tizimini Turkiyada ikki shaklda ko‘rsatadi: birinchisi — harbiy infratuzilma (kontr-gerilla, "Ozel Harp Dairesi"), ikkinchisi esa — mafkuraviy infiltratsiya (ideologik muvofiqlik uchun siyosiy partiyalar, media, diniy guruhlar ustidan nazorat).

Italiyada 1980-yilda sodir bo‘lgan Boloniya vokzali portlashi (85 o‘lim) Gladio harakatining eng mashhur timsollaridan biridir. Bu portlash kommunistlar zimmasiga yuklangan, lekin keyinchalik sobiq Gladio xodimlari tomonidan tashkil etilgani isbotlangan. Maqsad: jamiyatni qo‘rquv orqali siyosiy barqarorlikka majburlash.

Turkiyada shunga o‘xshash strategiya Susurluk hodisasi orqali fosh bo‘lgan. 1996-yilda sodir bo‘lgan bu avtohalokatda bir politsiyachi, mafiyachi, MİT agenti va siyosiy rahbarning hamrohlari bir mashinada halok bo‘lishadi. Bu voqea mamlakatda “chuqur davlat” real mavjudot ekanligini isbotlab berdi. Aynan shu nuqtadan boshlab Gladio modeli endi Turkiyada milliy xavfsizlik tushunchasi ichida yashirin boshqaruv mexanizmiga aylangan.

Gladio bilan bog‘liq aksilinqilobiy uslublar boshqa davlatlarda ham mavjud bo‘lgan. AQShda bu “COINTELPRO” (FBI), “Phoenix Program” (CIA, Vyetnam), Isroilda “Mista arvim” (sivil kiyimdagi josuslar) shaklida namoyon bo‘lgan. Rossiyada esa Gladio modeliga yaqin faoliyatni FSB va GRUning “avtonom razvedka bo‘linmalari” olib boradi. Ular ham ommaviy noroziliklarni bostirish, siyosiy muxolifatni yo‘q qilish va fuqarolik jamiyatini ichkaridan parchalashga ixtisoslashgan.

Ushbu tahlilda shuni taʼkidlash lozimki,bu tuzilmalar hech qachon rasmiy hujjatlarda tilga olinmaydi. Ular qonun ostida emas, qonun ustida ishlaydi. Shuning uchun ham Gladio modelidagi tuzilmalar demokratik davlatlarda mavjud bo‘lsa-da, ular totalitar tizimlarga xos yashirin markaziylashtirilgan nazorat usulini amalga oshiradi.

Turkiyada Gladio faqat tarixiy o‘tmish emas. Uning izlari hozir ham mavjud: siyosiy suiqastlar, namoyishlar atrofidagi aniqlanmagan “provokatsiyalar”, muxolifatdagi bo‘linmalar, va ayniqsa ijtimoiy tarmoqlardagi sistematik axborot operatsiyalari bunga dalildir.

Gladio bugun to‘liq harbiy tuzilma sifatida mavjud bo‘lmasligi mumkin, ammo u mafkuraviy mexanizm sifatida razvedka siyosatining tan olinmagan, lekin doimiy ishlatiladigan modeli bo‘lib qolmoqda. Har qanday mustaqil davlat, har qanday uyg‘oq jamiyat — aynan mana shu “ko‘rinmas struktura”ni tan olgan holda o‘z ijtimoiy immunitetini shakllantirishi lozim. Aks holda, siyosiy iroda emas, maxfiy tarmoq hukmronlik qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz🔽
📱Twitter 📱YouTube 📱Facebook
📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Tolibon” Xitoy kompaniyasi bilan 25 yillik neft shartnomasini bekor qildi

Kompaniya Amudaryo neft konidagi qazib olish ishlarida qatnashayotgan edi.

Batafsil — https://daryo.uz/9l2A0aX8

👉 @suhrob_buranov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев ХХР Раиси Си Цзиньпин билан учрашув ўтказди.

👉@suhrob_buranov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎶Ватанпарварлик ва миллий ғурур каби юксак тушунчаларнинг мадҳ этилишини турклардан ўрганса арзийди...

👉@suhrob_buranov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Siyosatshunos Habibulloxon Azimov forslar va yahudiylar o‘rtasidagi tarixiy aloqalarni tahlil etar ekan, miloddan avvalgi VI asrda Buyuk Kirus tomonidan yahudiylarning Bobil surgunidan qaytishiga va Bayt al-Maqdisning qayta qurilishiga ruxsat berilgani yahudiy tarixida muhim voqea sifatida esga olinadi, Kirus esa yahudiy diniy manbalarda qutqaruvchi (masih)sifatida tilga olinadi.

1948-yilda AQSh prezidenti Garri Trumen Isroilni birinchi bo‘lib tan olib, yahudiy xalqining siyosiy qayta tiklanishida muhim rol o‘ynagan. Bu harakat ko‘pincha Kirusning yordami bilan qiyoslanadi.


Batafsil: https://www.youtube.com/watch?v=4tS_wGWbodw&t=2648s

👉@suhrob_buranov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Исроилнинг Эрон ҳудудларига йўллаган ракета зарбаси нишонлари

👉@suhrob_buranov
«Tolibon» Rossiyaga minglab mehnat migrantini yuborishga kelishib oldi

Rossiyaga turli ixtisoslikdagi malakali afg‘on ishchilari - tosh ustalari va payvandchilardan tortib, elektrchi va bo‘yoqchilargacha yuboriladi.

Batafsil: https://uzreport.news/world/tolibon-rossiyaga-minglab-mehnat-migrantini-yuborishga-kelishib-oldi

👉@suhrob_buranov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇷🇮🇱Isroillik josusning iqrori

Eron sud hokimiyati rahbari tomonidan so'roq qilinayotganda Mossad josusi o'zining ish usullarini oshkor qildi: "Mening vazifam havo hujumidan mudofaa vositalarini binolar tomidan suratga olish edi".

👉@suhrob_buranov
🇺🇲🇮🇱🇮🇷The New York Times: АҚШ Эрон билан урушга кирди

Хабарларга кўра, бугун тонгда АҚШ Эрондаги ядровий объектларга зарба берган.

АҚШнинг Эрон-Исроил урушига расман қўшилиши Яқин Шарқ минтақасидаги вазиятни янада беқарорлаштиради. Кўриниб турганидек, АҚШ ва Исроилнинг асосий мақсади Эроннинг ядро қуролига эга бўлиш жараёнини тўхтатиш эмас, балки Эрондаги ҳокимиятни ағдаришдан иборат.

👉@suhrob_buranov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
АҚШ Президенти Доналд Трампнинг баёноти...

👉@suhrob_buranov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбек халқи - буюк халқ!

Биз бутун дунёга меҳр-мурувват, тинчлик ва бағрикенглик бўйича намуна бўлган миллатмиз!!!

👉@suhrob_buranov
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Беларусь Республикаси Президенти Александр Лукашенконинг таклифига биноан амалий ташриф билан Минск шаҳрига жўнаб кетди.

👉@suhrob_buranov
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий даражадаги Евроосиё иқтисодий кенгашининг йиғилишидаги нутқи

👉@suhrob_buranov
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Россия Федерацияси Президенти Владимир Путин Минскдаги Евроосиё иқтисодий иттифоқи саммити доирасида учрашув ўтказдилар.

Владимир Путиннинг хабар беришича, у Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев билан Украина атрофидаги вазиятни ҳам муҳокама қилган.

👉@suhrob_buranov
HTML Embed Code:
2025/06/28 02:07:11
Back to Top