TG Telegram Group Link
Channel: School 21 Uzbekistan
Back to Bottom
текст на русском в первом комментарии

🎉15 aprel kuni Toshkentda unutilmas "Toshkent – MDHning yoshlar poytaxti" ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. Ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etdik! 🙌

Stendimizda "School 21" raqamli texnologiyalar maktabimizni taqdim etdik, mehmonlar bepul dasturlashni o'rganish imkoniyatlari haqida bilib oldilar. 🖥💡

Forum moderatori va sessiya spikeri School 21 direktori Zarina Luxmanova o’z nutqida, “kompyuter savodxonligiga investitsiya kiritish va tibbiyotdan ijtimoiy fanlargacha bo‘lgan turli kasbiy sohalarda IT-ta’limni rivojlantirish zamonaviy dunyoda mamlakatning muvaffaqiyatli rivojlanishining asosiy omili”ekanligini ta’kidladilar.

Mehmonlarning qiziqishlarini ko'rib, ularni texnologiya olamida o'z sayohatlarini boshlashga ilhomlantirganimizdan xursandmiz. 🚀

Bu kunni biz bilan baham ko'rgan barchaga rahmat! Birgalikda biz kelajakni yanada yorqinroq qilamiz! 💫
текст на русском в первом комментарии

🌟
2 may kuni soat 16:00 da sizni Ochiq eshiklar kuniga taklif qilamiz! 🌟

📚 Sizni nima kutmoqda:

Ta'lim haqida taqdimot: Biz maktabimiz, o‘quv dasturlarimiz va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘zlab beramiz.
Maktab bo‘ylab sayohat: Siz bizning o‘quv maydonimiz, yotoqxonamiz va o‘yin zonalarimizni ko‘rish imkoniga ega bo‘lasiz.
Talabalarimiz bilan muloqot: Bizda o‘qiyotgan talabalar bilan tanishing va ularga sizni qiziqtirgan savollarni bering.

🎉 Keling, qiziqarli bo‘ladi! 😉

Ishtirok etish uchun havola orqali ro'yxatdan o'ting.
Forwarded from Sherzod Shermatov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ertaga “JOB& EDUFest” bizni sohamizda ish topishga yordam berishini yoshlarimizga yana bir eslatamiz

20-aprel kuni Raqamli texnologiyalar vazirligida IT-mehnat va taʼlim yarmarkasi boʻlib oʻtadi. Unda IT universitetlar, oʻquv markazlari va ish beruvchilardan iborat 50 dan ziyod tashkilotlar ishtiroki kutilmoqda.

IT mehnat bozoridagi yirik ish beruvchi kompaniyalar yarmarkada o’z vakansiyalari bilan ishtirok etadi.

Tadbir davomida IT sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassislardan IT da muvaffaqiyatli karyera qurish boʻyicha amaliy tavsiyalar olishingiz mumkin.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
текст на русском в первом комментарии

Firdavs, intensiv bosqichni muvaffaqiyatli yakunlagan va asosiy ta'limni davom ettirayotganlardan biri 🎉

Biz undan tajribalari va School 21 da o‘qish o‘zi qanaqa ekanligi haqidagi savollarimizga javob berishini so‘radik!

Agar siz, haqiqatan ham, IT sohasida bepul o‘qishni boshlamoqchi bo‘lsangiz, zudlik bilan bizning saytimizga kiring. Yaqin orada bo‘ladigan intensivga arizalar 19 may kunining so‘ngigacha qabul qilinadi. Profil tavsifidagi havola.
текст на русском в первом комментарии

Ishtirokchilarning 55 % School 21 da hech qanday tajribasiz o‘z yo‘llarini boshlashadi. Bizning maktabimiz turli xil qobiliyatlarni va kuchli hamjihatlikni qo‘llab-quvvatlovchi peer-to-peer usulidagi ta'limni taklif etadi. Bu usul yordamida siz yon tomondagi qo‘shnilaringizga savollar berib, o‘zingizning tajribangizni boshqa ishtirokchilar bilan baham ko‘rishingiz mumkin. Karyerani rivojlantirish - muhim: IT kompaniyalar bilan amaliyot o‘tash va hamkorlik qilish professional dunyoga va sizning kelajakdagi karyerangizga eshiklarni ochadi.

Maktab haqida qanday faktlar va raqamlarni bilmoqchisiz?

Savollaringizni izohlarda qoldiring 👇
текст на русском в первом комментарии

15-aprel kuni birinchi bahorgi Saralash intensivi boshlandi va 27-may kuni ikkinchisi boshlanadi. Sizga School 21 da o‘qishdan qanday qilib maksimal darajada foydalanishni aytib berish vaqti keldi.

School 21 beradigan barcha imkoniyatlardan foydalanish uchun nima qilish kerak? Vaqti-vaqti bilan qayta o'qish uchun postni saqlang!

Kampusga tez-tez boring
Ishtirokchilar kampusga qanchalik muntazam ravishda borishsa, ular shunchalik samarali o'rganadilar. Birinchidan, kampusda o'qishga e'tibor qaratish osonroq. Ikkinchidan, maktabda doimiy ravishda foydali tashabbuslar mavjud: xakatonlar, ochiq ma'ruzalar va qiziqish klublari. Uchinchidan, bu yer sizning savollaringizga javoblarni biladigan ishtirokchilar bilan to'la.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
текст на русском в первом комментарии

School 21 da o’qish qiziqarli talabalar hayoti bilan birga keladi.🎓 🎉 Bizning pirlarimiz nafaqat loyihalar ustida ko'p mehnat qilishadi balki, qiziqarli o'yinlar va qiziqish klublarini yaratishga vaqt ajratishadi. 🎲🤖

Stol o'yinlari, sport tadbirlari va madaniy uchrashuvlargacha kampus hayoti turli tadbirlar bilan jonli. 🏓🎭

Bu har kim o’zi uchun o'ziga kerakligini topib, o'z ehtiroslarini boshqalar bilan baham ko'rishi mumkin bo'lgan joy. Aynan shu lahzalar School 21 da o'qishni unutilmas tajribaga aylantiradi.
Data Analyst и IT-индустрия: навыки, инструменты и карьерные пути

Завтра у нас пройдет встреча с приглашенным гостем, экспертом в data-аналитике Абдувосидом Маликовым.

Abduvosid Malikov:
▪️data-аналитик в Power BI
▪️получил официальную сертификацию от Microsoft как аналитик данных
▪️3 года практического опыта в Data
▪️2 года преподавания IT
▪️магистр наук Центрально-Европейского Университета (Венгрия)
▪️бакалавр наук Международного университета Вестминстер


📍Место: конференц-зал
🗓Дата: 27 апреля (суббота)
🕰Время: 12:00

Ждём всех! 📍🕒

P.S.
Power BI —
это инструмент для анализа данных и бизнес-аналитики от Microsoft. Он позволяет пользователям легко подключаться к различным источникам данных, преобразовывать и интегрировать данные, создавать интерактивные отчеты и дашборды для визуализации данных.
текст на русском в первом комментарии

BIZ SIZGA OCHIQ ESHIKLAR KUNINI ESLATIB O’TMOQCHIMIZ!

🌟
2-may soat 16:00 da sizni Ochiq eshiklar kuniga taklif qilamiz!

📚 Sizni nimalar kutmoqda:

🔹Ta’lim taqdimoti: Biz maktabimiz ta’lim dasturlari va talabalar uchun imkoniyatlar haqida gaplashamiz;
🔹Maktab bo’ylab sayohat: Siz bizning o'quv maydonchamiz, yotoqxonamiz va o'yin maydonlarimizni ko'rasiz.
🔹Talabalar bilan suhbat: Bizda o'qiyotganlar bilan tanishing va ularga sizni qiziqtirgan savollarni bering.

🎉 Keling, qiziqarli bo'ladi! 😉
текст на русском в первом комментарии

Intensiv nima va unda nimalar qilinadi?

Intensiv uchun ruhan tayyorlanayotgan ishtirokchilarni kutib olamiz 👋

School 21 intensivi bu 26 kun davomida IT sohasiga to‘liq sho‘ng‘ish imkoniyatidir. Bu yerda ishtirokchilar “C” tilida kod yozishni, o‘yin ishlab chiqishni, IT-loyihalarini topshirishni va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘rganadilar.

🫶 Bu bosqich qiyin, lekin u doim do'stona muhitda o'tadi. “Intensiv” bu tanishish imkoniyati. Siz o'ng va chap tomonda o'tirgan qo'shnilaringiz bilan 💯 foiz muloqot qilasiz
va har bir kishi 100 dan ortiq yangi do’stga ega bo’ladi!

🌐Sizda kuningizni rejalashtirish, vaqtingizni boshqarish va loyihalarni o'z vaqtida topshirish erkinligi mavjud. Biz muddatlarni belgilaymiz, ish joyini kuchli kompyuter bilan ta'minlaymiz va kuniga 24 soat ochiq bo'lgan qulay kampusga kirish imkoniyatini yaratamiz. Barcha imkoniyatlar sizning qo'lingizda.
текст на русском в первом комментарии

Intensivga tayyorgarlik ko'rish arziydimi?

School 21 saralash intensivligiga eng yaxshi tayyorgarlik: yaxshi uyqu, diqqatni o'qishdan chalg'itadigan vazifalarning yo'qligi va vaqtni boshqarish qobiliyatidir.
Ammo ko'pchilik hali ham nimaga tayyorgarlik ko'rishni bilishni xohlaydi. Shuning uchun biz maxfiylik pardasini ko'tarishga va bo'lajak ishtirokchilarning tashvishlarini kamaytirishga qaror qildik.

Biz sizga intensiv kursida nima qilishingiz kerakligi bo'yicha batafsil ma'lumotni karuselda aytib beramiz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
текст на русском в первом комментарии

Tajribangiz va yoshingizdan qat'iy nazar siz School 21 da bepul IT ta'lim olishingiz mumkin, Tohir esa bunga tasdiq.

Buning uchun siz faqat ro'yxatdan va saralash intensivdan o'tishiz kerak.

Unda nima uchun vaqtni behuda sarflash kerak?
Bizning veb-saytimizga o'ting va anketani to'ldiring!
HTML Embed Code:
2024/06/03 08:56:22
Back to Top