TG Telegram Group Link
Channel: Siyosat | Fakt |URUSHGA QARSHI
Back to Bottom
Forwarded from HabiСatura
Футбол ишқибозлари, хафа бўлманг. Ютқазишганидаям бир ҳикмат бордир)

Карикатура: @habikatura
Forwarded from Xushnudbek.uz
Bugun Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Sherzodxon Qudratxo’janing O’zbekistonda yashab turib, o’zbek tilini bilmaydigan insonlar haqida aytgan gapi uchun O’zbekiston elchisini chaqiribdi.

Qiziq, elchimizni taklif qilishmabdi, balki chaqirishibdi. Butun boshli “O’zbekistonni bosib olaylik” degan ahmoqning gapidan keyin bizning TIV Rossiya elchisini taklif qilgan edi. Kim bilsin, balki biznikilar o’shanda xijolat bo’lib, uzr ham so’ragandir.

Xullas, Rossiya TIV fikricha, Sherzodxon Qudratxo’janing keskin fikri ikki tomonlama do’stona munosabatlariga teskari emish va ruslar O’zbekiston TIVdan shu holat bo’yicha izoh talab qilishibdi.

Iya, O’zbekistonda yashaydiganlardan o’zbek tilini hurmat qilishni so’rash, qachondan buyon O’zbekiston-Rossiya aloqalariga zid bo’lib qoldi? Mantiq yo’q.

Xullas, biznikilar ham xuddi ruslarning o’zi kabi javob berishi kerak: Sherzodxon Qudratxo’janing fikri o’zining shaxsiy pozitsiyasi bo’lib, so’z va fikr erkinligidan foydalanyapti. Bu fikrlar Toshkentning rasmiy pozitsiyasini anglatmaydi. Tamom. Yetadi.

Axir Rossiya tomoni ham Zaxar Prilepinga o’xshagan potensial bosqinchi-okkupantlarning fikriga xuddi shunaqa javob berdiku.

Tag’in, uzr so’rab, sharmanda qilib o’tirmanglarey, hurmatli mas’ullar.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb_mavzu

🇨🇳 Uyg'urlar Xitoy tarkibiga qanday kirib qolgan?

Videoni oxirigacha ko'ring, qardosh uyg'ur xalqiga ofiyat tilab qolamiz

@SiyosiyFakt
Aleksey Navalniy qamoqda vafot etdi

Bu haqda Federal Jazoni ijro etish xizmatining mahalliy boshqarmasi ma'lum qildi.

@SiyosiyFakt
Россиялик мухолифатчи Алексей Навальний қамоқда ўлганлиги эълон қилинди. Очиғи, Навальнийни Путин қамоқхонасидан тирик чиқишига ишониш қийин эди. Шу пайтга қадар уни ўлдириш учун, кўп уринишлар бўлди. Лекин, Навальний қўрқмасдан Россияга қайтган эди. Уни қайтишини кўпчилик рус мухолифатчилари “катта хатолик” дейишганди. Навальнийни, мана, охири ўлдиришди. Уни махсус усулда ўлдиришганини тахмин қилиш мумкин. Энди, уни жасадини текширишса ҳам, қийноқ изларини топиш имконсиз бўлади.

@Rabbimov_rasmiy
Siyosat | Fakt |URUSHGA QARSHI
Aleksey Navalniy qamoqda vafot etdi Bu haqda Federal Jazoni ijro etish xizmatining mahalliy boshqarmasi ma'lum qildi. @SiyosiyFakt
Navalniy 2021-yil boshidan beri qamoqda edi. 2023-yil avgustida maxsus rejimli koloniyada 19 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingandi.

Uning oʻlimiga turli davlat yetakchilarining munosabati qanday?

🇺🇦 Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Navalniyni Putin oʻldirgan deb hisoblamoqda;

🇩🇪 Germaniya kansleri Olaf Shols mazkur voqea Rossiya salbiy tomonga oʻzgarganining belgisi ekanini aytib oʻtdi;

🇬🇧Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Navalniyning oʻlimini rus xalqi uchun katta fojia, deb atadi.

@SiyosiyFakt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rus muxolifatchisi Aleksey Navalniyning o‘limi ortida kim turibdi?

Manba: Daryo

@SiyosiyFakt
Forwarded from Rasul Kusherbayev
Ёвузлик ғалабаси

Афсуски фақат китоблардагина эзгулик, ёвузлик устидан ғалаба қозонади. Реал ҳаётда эса ёвузлик ғолиб бўлади. Куч-қудрат ёвузлик қўлида бўлади.

Навальнийнинг ўлими ёвузликнинг яна бир ғалабаси бўлди...

👉 @r_kusherbayev
⚡️Bugun Toshkentda 12 soatlik uzluksiz qor yog’ishi aytilmoqda

18-fevral kuni kuchli qor yog‘ishi, u kamida 12 soat davom etishi kutilmoqda.
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, yog'ingarchilik hajmi ikki oylik me’yordan oshadi.

Toshkent shahri hokimligi aholidan zarurat bo’lmaganda ko’chaga chiqmaslikni va barcha ehtiyot choralariga rioya etishni so’ramoqda.

@SiyosiyFakt
👷 O'zbekiston va qo'shni respublikalarda qaysi davlatlarning harbiy bazalari bor?

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasida hozirda hech qaysi davlatining harbiy bazasi mavjud emas. 2005-yilgacha AQShning Qarshi-Xonobod bazasi bo'lgan. Bundan tashqari, nemis harbiy samolyotlar vaqtinchalik Termiz aeroportidan foydalanishgan.
🇹🇲 Turkmaniston Respublikasi o'zini abadiy betaraf davlat deb e'lon qilgan. Shu sababli chet el harbiy bazalari yo'q.
🇰🇿 Qozog'iston Respublikasi hududida bir necha Rossiya harbiy bazalari mavjud.
🇰🇬 Qirg'iziston Respublikasida ham Rossiya harbiy bazasi (Kant) mavjud. 2014-yilgacha AQSh harbiy bazasi (Manas) mavjud bo'lgan.
🇹🇯 Tojikiston Respublikasida Rossiya, Hindiston, Xitoy davlatlarining bazalari mavjud. Bundan tashqari, Eronning dron zavodi mavjud.

Manba: Ime edu, Washington Post

@SiyosiyFakt
Forwarded from HabiСatura
Метан. Навбат. Соат. Сабр.
Кибр. Шайтон. Ғазаб. Жабр.

Карикатура: @habikatura
Dunyodagi eng xavfsiz davlatlar, 2023:

1. Qatar 🇶🇦
2. BAA 🇦🇪
3. Tayvan 🇹🇼
4. Men oroli 🇮🇲
5. Ummon 🇴🇲
6. Armaniston 🇦🇲
7. Gonkong 🇭🇰
8. Yaponiya 🇯🇵
9. Singapur 🇸🇬
10. Sloveniya 🇸🇮

30. O'zbekiston 🇺🇿

@SiyosiyFakt
Forwarded from Muslim.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Soat 11:51 da Toshkent viloyatida 3,6 magnitudali zilzila sodir boʻldi.

Zilzila episentri Chinoz tumani boʻlib, Boʻstonliq tumanida zilzilaning sezilish kuchi 2 ballni tashkil etdi.

@SiyosiyFakt
⚡️Facebook va Instagram’da global uzilishlar kuzatilmoqda

Facebook’da foydalanuvchilar o‘z akkauntlariga kira olmayapti, Instagram’da esa lenta yangilanmayapti.

@SiyosiyFakt
Tabiiy gaz bosimining meʼyoriy sxemaga qaytgani munosabati bilan bugundan eʼtiboran mamlakatimizdagi barcha avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari ochiladi.

Energetika vazirligi

@SiyosiyFakt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙 РАМАЗОН ОЙИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН!

Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари
Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси, муфтий
Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi?

Joriy yilgi Navro‘z bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 4 kun dam olishadi.

21-mart — payshanba (Navro‘z bayrami);

22-mart — juma (barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);

23-mart — shanba (6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);

24-mart — yakshanba (odatiy dam olish kuni).

📃 Izoh: qo’shimcha dam olish kunlari 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli Prezident farmoni asosida belgilangan.

@SiyosiyFakt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rossiya Federatsiyasi prezidentligiga oʻtkazilgan saylovdan lavha

Maʼlumot oʻrnida, nomzodlar quyidagicha ovoz toʻpladi:
Vladimir Putin87,34%,
Nikolay Xaritonov —4,31%,
Vladislav Davankov — 3,8%,
Leonid Slutskiy —3,19%.

@SiyosiyFakt
Forwarded from HabiСatura
Опенбюджет яна авжида. Ўқитувчилар кўчада.
Карикатура: @habikatura
HTML Embed Code:
2024/03/29 10:14:00
Back to Top