TG Telegram Group Link
Channel: SiteLabs Technology | IT Blog
Back to Bottom
Vazir Namangandagi IT Park rezidenti “Sitelabs company” ofisiga tashrif buyurdi

Ushbu ofisda 100 ga yaqin yoshlar yuqori daromadli ish bilan ta’minlangan va yiliga 1 million dollar atrofida exportga erishish reja qilingan.

Kompaniya turli xil IT-xizmatlari: IT-autsorsing, dasturiy ta’minotni joriy etish, ma’lumotlarni bulutli saqlash, mobil ilovalar va veb-saytlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanib keladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu brendlarni bilasizmi?

Ularning nomlari o'z-o'zidan paydo bo'lmagan.

Siz kompaniyangiz nomini o'z ismingiz bilan nomlagan bo'larmidingiz?

Telegram || Instagram || YouTube
#Instagram Instagram haqida qisqacha

Instagram bu virtual bir hayot, haqiqiy hayot esa umuman boshqa...

Mashhur va taniqli insonlar, blogerlar hayotini kuzatar ekansiz, ularning beixtiyor baxtli yashayotganini, muvaffaqiyatga erishayotganini ko'rasiz. Bunday payt sizda bir his paydo bo'ladi:

- Ularning hayoti zo'r, meniki esa unday emas.
- Men baxtsizman...
- Omadsizman..

kabi o'y hayollar sizning ich etingizni yeydi.

Aslidachi? Ularning hayoti faqat baxtga to'lganmi? Yo'q...

Aslida hamma hayotini chiroyli ko'rsatadi. Sahna ortida esa siznikidan battar kunlar bo'lgani, qiyinchiliklar, ezilishlar, yillab mehnatlar va omadsizliklar turgani haqida deyarli hech kim sizga gapirib bermaydi, shunday ekan ularning virtual hayotlarini o'zingizni real hayotingiz bilan solishtirmang, bu ahmoqlik!
⌨️ Klaviaturada tezkor tugmalarni o'rgatishning oson usuli

Telegram || Instagram || YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qiziqarli

📶1996 yildan 2022 yilgacha eng mashhur veb-brauzerlar

🔗Ma'lumotlar manbalari: OneStat, LiveInternet, TheCounter, SimilarWeb, Wikimedia, W3Counter va StatCounter'dan jamlangan statistika.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sitelabs kompaniyasidan O'zbek qizlari uchun maslahat 😉

Hozirgi kunda, juda ko‘p joylarda «IT» so‘zini uchratishimiz mumkin, xo‘sh bu so‘z o‘zi nima 🤷‍♀️

IT — ingliz tilidan olingan «Information Technology» so‘zlarining qisqartmasi bo‘lib, o‘zbek tilida «Axborot texnologiyalari» deb yuritiladi. Shunday bo‘lsa ham, biz bu so‘zni IT ko‘rinishida talaffuz qilamiz va ishlatamiz 🔍

Navbatdagi savol, «Information Technology» nima degani 📌

Information Technology bu — axborotni hosil qilish, uni yig‘ish, tarqatish, saqlash, qayta ishlash, himoyalash kabi vazifalarni bajaruvchi hisoblash texnikasidir. Hozirgu kunda hisoblash texnikasi vazifasini kompyuter bajarmoqda, shunday ekan IT so‘zi ishlatilganda asosan kompyuter texnologiyasi tushuniladi⚡️🌐📚
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dasturlashni mustaqil o'rganmoqchi bo'lganlar yoki o'rgangan bilimlarini bir qator tezda takrorlab olishni xohlovchilar uchun w3school saytini maslahat beraman.

🟢Sayt chiroyli dizaynda va sodda ko'rinishga ega.

🟠Tanlagan yo'nalishingiz bo'yicha maqolalar o'qishingiz, test topshiriqlarini bajarishingiz mumkin.

🌐 Saytga manzili: w3schools.com

Telegram || Instagram || YouTube
Dasturlash paytida halal berishi mumkin bo'lgan 5 ta hissiyot.

1. Ko'p xato qilyabman, mendan dasturchi chiqmaydi.

Aslida bunday emas, xatolarsiz bu sohani o'rganib bo'lmaydi. Bu holat hammada uchraydi, ko'proq xatolar qilib, ularga yechim topish tezroq o'rganishingizga yordam beradi.

2. O'rganishim uchun yetarli manbalarim yo'q.

Internetda tekin manbalar juda ko'p, to'g'ri qidirishni bilish kerak. Videodan o'rganishdan ko'ra, GitHubdagi proyektlarning kodini ochib ko'rib o'rganishga odatlaning, bu ancha samaraliroq bo'ladi.

3. Kod yozish uchun vaqtim yetarli emas.

Vaqt hammaga teng taqsimlangan va oldimizda 24 soat bor. Agar kod yozishga vaqt topa olmayotgan bo'lsangiz, bundan muhimroq boshqa ishingiz bor. Birinchi navbatda kod yozishga asosiy urguni qaratish kerak

4. Qolganlar mendan kuchli, men ancha zaifman.

Ijtimoiy tarmoqlarda yurganingizda tezda shu hissiyotni boshdan kechirasiz, o'zimda ham bunday holat ko'p bo'lgan. Sizdan ustunlar doim bo'ladi, ammo sizdan ham yomonlar yetarlicha topiladi.

5. Bir kunim o'tsa hech narsa qilmaydi.

Bu eng yomon hissiyot, kun kelib hatto odatga ham aylanib qolishi mumkin. Hech qachon kuningizni behuda sarflamang.
HTML Embed Code:
2025/06/28 16:41:43
Back to Top