TG Telegram Group Link
Channel: Samarqand tuman hokimligi I Rasmiy kanal
Back to Bottom
"G‘ayratli keksalar" musobaqasi — nuroniylar o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazilmoqda.

Samarqand tumanida “Nuroniy” jamg‘armasi tashabbusi bilan “G‘ayratli keksalar” shiori ostida nuroniylar o‘rtasida mini-futbol musobaqasi tumandagi “Rustam” MFY da joylashgan 1-son sport maktabida o‘tkazilmoqda.


Ayni vaqtda “Rustam” va “Yuqori turkman” nuroniylari” jamoalari o‘rtasida qizg‘in to‘p surishmoqda.

Kanalga qo‘shiling:👇
Web-sayt | Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
Samarqand tumanida 2025-yilgi g‘alla o‘rimi izchil davom etmoqda.

Ayni kunlarda Samarqand tumanida g‘alla mavsumining eng mas’ul bosqichi – o‘rim-terim ishlari izchil davom etmoqda. Bu borada fermerlar, soha mutasaddilari hamkorligida hosilni o‘z vaqtida, sifatli va isrofsiz yig‘ib olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shavkat Xasanov “Yangiariq” MTP hududiga qarashli “Boronov Jamshed Noz Ne’matlari” fermer xo‘jaligi yerlarida olib borilayotgan g‘alla o‘rim jarayonini bevosita joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdi.

Hududda g‘alla yetishtiruvchi fermerlar bilan muloqotda bo‘lgan Sh.Xasanov yig‘im-terim ishlarini shiddat bilan davom ettirish, mavjud texnikalardan to‘liq va samarali foydalanish, hosilni sifatli tarzda omborga yetkazish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berdi.

Kanalga qo‘shiling:👇
Web-sayt | Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
Samarqand tumanida “Yashil energiya” va zamonaviy texnologiyalar joriy etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-yanvardagi 13-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrda qabul qilingan PQ–465-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida  tuman Fermerlar kengashi raisi va fermerlar ishtirokida seminar Chordara MMTP joylashgan “Moxinur agro fruits” fermer xo‘jaligi dala maydonida o‘tkazilib, unda 50 kVt quvvatga ega quyosh panellari va  tomchilatib sug'orish tizimining ishlash mexanizmi, afzalliklari, energiya tejamkorligi amaliy tarzda tanishtirildi.

Kanalga qo‘shiling:👇
Web-sayt | Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
XALQ QABULXONASIDA NAVBATDAGI QABUL O‘TKAZILMOQDA

Ayni paytda Samarqand tuman Xalq qabulxonasida tuman hokimining birinchi o'rinbosari F.Ganiyev hamda Markaziy bank masʼullari ishtirokida fuqarolar murojaatlari qabul qilinmoqda.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolar hamda taklif va tashabbuslari atroflicha o‘rganilib, ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berilmoqda.

Kanalga qo‘shiling:👇
Web-sayt | Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
Axborot maydonining fidoyilari – bayramingiz muborak!

Kanalga qo‘shiling:👇
Web-sayt | Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
HTML Embed Code:
2025/06/28 00:14:00
Back to Top