TG Telegram Group Link
Channel: SAMARQAND VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BOSHQARMASI l RASMIY KANALI
Back to Bottom
ENG ILG‘OR BITIRUVCHILAR TAQDIRLANDI

💎Pastdarg‘om tumanida o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston - yoshlar mamlakati” shiori ostidagi festival doirasida umumtaʼlim maktablarini oltin va kumush medallarga tamomlagan bitiruvchi o‘quvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿Unda tuman hokimi Sh.Rahmonov, tegishli o‘rinbosar, mutasaddi tashkilotlarning rahbar va masʼullari, bitiruvchilar, ularning ustozlari hamda ota-onalari ishtirok etdi.

🏙Bu yil tumandagi 128 ta umumtaʼlim maktabini 5350 nafar o‘quvchi bitirgan bo‘lsa, ularning orasida eng isteʼdodli, tirishqoq, bilimdon, zukko va intiluvchan 146 nafar o‘quvchi oltin, 39 nafari esa, kumush medallar sohibi bo‘ldi.

👨‍💼Tadbirda tumani hokimi Sh.Rahmonov so‘zga chiqib, bitiruvchilarni ushbu unutilmas kun bilan tabriklab, kelajakda o‘zlarining munosib o‘rinlarini topishlariga tilak bildirdi va ularga medallarni topshirdi.
#Qutlaymiz

⚡️Bulung‘urliklar "Shunqorlar" harbiy-sport o‘yinlarining respublika bosqichida sovrindor bo‘lishdi

🔰2025-yilning 26-28-iyun kunlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinflarida tahsil olayotgan “Vatan tayanchi” otryadlari a’zosi bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida “Harbiy vatanparvarlik spartakiadasi” doirasida “Shunqorlar” harbiy-sport o‘yinlarining respublika bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqada Samarqand viloyati bosqichida g‘olib deb topilgan jamoa - Bulungʻur tumanidagi 42-umumtaʼlim maktabining “Temuriylar” jamoasi ishtirok etishdi hamda murosasiz kechgan bahslarda tumanimiz o‘quvchilari faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritishdi.

⚡️O'quvchilarni g'alaba bilan tabriklaymiz!
📌 68 nafar o‘quvchi maktabni medal bilan bitirdi

Joriy o‘quv yilida tumanimiz umumta’lim maktablarining 11-sinfini 2246 nafar yigit-qizlar bitirishdi. Ularning 55 nafari oltin, 13 nafari kumush medalga sazovor bo‘lgani quvonarlidir.

“Barkamol avlod” bolalar maktabida o‘tgan tadbirda tuman hokimi Xurshid Nazarov, o‘qituvchi-pedagoglar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida maktabni a’lo baholar bilan tamomlagan o‘quvchilarga tuman hokimi tomonidan oltin va kumush medallar tantanali topshirildi.
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#muhim #ulashing

2025-2026-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi

Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-Bosqich: 20-iyundan 31-iyulgacha mikrohudud doirasida,
2-Bosqich: 1-avgustdan 15-avgustgacha mikrohududdan tashqarida.

1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi tuman (shaharlarda) elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.

Bunda ota-onalar 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin. Hurmatli ota-onalar, videoyo‘riqnoma bilan tanishib chiqing, unda my.maktab.uz platformasi orqali o‘zingizga biriktirilgan maktabni qanday aniqlashni bilib olishingiz mumkin.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz) ga kiritiladi.

Eslatma! “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2018-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

Agar sizda elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo‘lsa, call-markazning 71-203-07-04, 71-203-03-04 raqamlari yoki telegramdagi
@mymaktab_uz rasmiy kanali orqali javob olishingiz mumkin.

@hilola_umarova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Каттақўрғонда битирувчиларга олтин ва кумуш медаллар топширилди
HTML Embed Code:
2025/06/28 17:35:31
Back to Top