TG Telegram Group Link
Channel: Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog
Back to Bottom
Telefon ishlatishingni umuman maslahat bermayman.

1. Ustozlarimdan biri Sardorbek Davronov abituriyentlar haqida gap ketganda "a" harfi inkor tushunchasini beradi va abituriyentlar ''odam'' emas der edilar.

2. Agar sen ummatga foydam tegsin deb oʻqishga kirish uchun tayyorlanayotgan boʻlsang, avvallo tabriklayman. Sen ilm yoʻlidasan, bardavom boʻl. Senga hurmatim oʻzgacha uka (singil).

3. Bunday holatda sen qisqa muddat atrofida oʻrtoqlaring bilan keskin aʼloqalaringni uzib turishingni maslahat beraman. Bilib ol "choyxona", "tugʻilgan kun"lar sensiz ham oʻtaveradi. Sensiz hech nima oʻzgarib qolmaydi.

4. Telefon ishlatishingni umuman maslahat bermayman, sababi sen butunlay oʻzingni oʻrganayotgan ilmga bagʻishlashing kerak. Ota-onang bilan ustozingni telefoni yoki qorovul togʻani telefonida bogʻlanib tursang ham yarashaveradi.

5. Tushuntirilgan mavzuni tushunmay qolishingni normal qabul qil. Sababi senda bir mavzuda tushunmovchilik paydo boʻla boshlasa, demak sen oʻzlashtira boshlaganingdan dalolat beradi.

6. Mavzuni oʻzlashtirishda ustoz senga 20% koʻrsatmani bersa, demak hammasi joyida ketyapti. Qolgan 80%ini oʻzing oʻzlashtirishing kerak boʻladi. Agar tushunmay qolsang, koʻproq oʻrtogʻingdan soʻra. Chunki oʻrtogʼing oʻsha narsani oʻzingni "tilingda" tushuntirib bera oladi.

7. Keragidan ortiq fanga chuqurlashma, agar shunday boʻlsa senda keraksiz va ahamiyatsiz savollar tugʻila boshlaydi. Bu esa senga minusga ishlaydi. Fanmi, fanni oʻqi, predmetga tayan. SSSR davridagi chang bosib yotgan kitoblarni 2-3 ta narsani bilib olib, "dunduk"sifat savollar berma.

👉@samandarxojasblog
🦋 Bugun meni ikkinchi uyim boʻlmish Andijon kutib oldi.

Nega, Andijonni yaxshi koʻraman?

1. Oʻzimni topganman bu yerda. Shaxsiy rivojlanish degan tushunchani birinchi boʻlib ana oʻsha yerdan olganman.

2. Dinga muhabbatim oshgan u yerda. Eslayman, Taraqqiyot oʻquv markazidan chiqib Gumbazga Shom oʻqigani kirar edim.

3. Ingliz tilida tilim aynan shu yerda chiqqan. "Botanik" boʻlish - faxr ekanligini. Oʻqish - kayf berishini his qilgan joyim ham Andijon.

4. Yotoqxona, "tungi yigʻilishlar" (katta kurslardan kaltak yeyishlar), haqiqiy yigit hayoti. Ha, eslayman "davay sharik" degan jumlalarni.

Xullas, hammasi uchun rahmat Andijon. Senda yaxshi qizlar, yaxshi yigitlar oʻqiydi. Ularni ehtiyot qil! Seni yaxshi koʻrib qoluvchi farzanding Samandarxoʻja.

15:43 | Andijon ADTI

👉@samandarxojasblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭐️#urgent

Yapon tilini yaxshi biladigan inson kerak. Iltimos, a'loqaga chiqib yubora olasizmi?

Yoki siz kimnidir bilsangiz, bizga dalolat qiling.

🤩@SamandarxojasBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Katta akamdan issiq tavsiya

Singlim! Akangiz yoki ukangizga ilina oladigan qiz bilan dugona tutining. Ya'ni, bemalol akangiz uchun kelin sifatida tavsiya qila oladigan qiz bilan doʻstlashing.

Tavsiya qila oladigan darajada emasmisiz, unda dugonangiz idealingiz emas ekan.

Yigitlarga ham, shunday! Oʻz singlingizga ilina oladigan inson bilan doʻst boʻling. Aka holda, bilmadim...

P.S: Toʻgʻrisini ayting, bormi sizda shunday doʻst? Masalan menda, bor.

👉@samandarxojasblog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog
Video message
Obunachilarimizdan biri jo’natishdi🤩
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩 Bugun ajoyib kun bo’ldi. IELTS 9.0 egalari o’zlarining dalillarga asoslangan metodlarini ulashishdi. Xususan, O’zbekistonning 1-nineri Behzod aka Mirahmedovning real javoblari meni ‘’miyamni ochib tashladi”

Qayerda o’qish kerak?
—Menimcha, IELTS ZONE da
Farg’onada ham bormi?
— Albatta, bor

@samandarxojasblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ona qarang o’tib ketdim ulardan,
Ular ham menga o’xshagan bolalar
Bu yerlardan uchib ketsa bo’lar ekan.

Samandarxo’ja Renasansi yuzaga kelmoqda. Ha, xalqaro darajadagi ekspert endi sizning yaqiningiz bo’lishi mumkin.

Avvalo Alhamdulillah. Ota-onam, ustozlarim va xususan Farg’ona jamoat salomatligi institutiga o’z minnatdorchiligimni bildiraman.

@samandarxojasblog
Dunyoqarashni oʻzgartirish (1-qism)

1. Hamma inson - boshqacha. Margʻilonliklar ekib ketadi, Toshkentliklar kiydiradi degan narsaga hali ham ishonsang. Kechirasan, hayotga real qaramabsan.

2. Katta pul boʻlsa men ham boshlayman biznes, faqat pul kerak deb yurgan boʻlsang, 14 yoshli jiyanim bilan dunyoqarashing bir xil ekan. Kechirasan, "door to door" nima ekanligini bilmasa ekansan.

3. Hamma qizlar - "yomon". Sogʻ qiz qolmadi, hammasini yigiti bor deb oʻylayotgan boʻlsang, sen shunday krugda ekansan. Ehtiyot boʻl, yana saniyam "o'rab olishmasin".

4. Pul - hech narsa emas. Pul, pul deb oʻlib ketishim kerakmi deyayotgan boʻlsang adashasan. Ha, pul - gʻalati narsa. Yaqinda, tanishim ayasini operatsiyasiga pul topolmadi. Ayasi oʻlib ketdi.

5. Har qanaqa problemani "1 pachka sigaret va 0.5 Cola" hal qiladi deb oʻylayotgan boʻlsang. Adashasan, menimcha sen "material" ustida yigʻlab koʻrmading.

6. Doʻstlarim, doʻstlarim deysan. Turib beradi deysan. Koʻrdim, kecha turib berishdi. Faqat, chekkada. Aytganmanku, qiz bolaga ham oʻgʻil bolaga ham 4 ta doʻst yetadi deb. Tobut 4 "oyoqda".

7. Nima qilsang qilyapsan, nima desang deyapsan. Qaytadi, qaytadi va qaytadi. Nima qaytadi? Hmm. Farzandlaringdan qaytadi. Bugun dadanga ovqat olib ber, erta seniyam oʻgʻling "moshina olib bersin".

P.S: Qaysi birga tushunmadingiz, golos qolib tushuntirib beray kommentariyada.

@samandarxojasblog
😎 Qoch Rossiyaning orginal kitoblari kelyapti

Kuni kecha habar berganimizdek, endi nafaqat Oʻzbekiston tibbiyot mualliflarining orginal kitoblarini oʻqiysiz, balki Rossiya va yana tez kunda Amerikaning ham orginal kitoblarini sotib olib, oʻqishingiz mumkin boʻladi Xudo xohlasa.

🛸 TIB BOOK ning professional jamoasi ayni kunlarda Xalqaro orginal kitoblar va qoʻshni respublikalar, xususan Tojikiston, Qirgʻiziston, Turkiya, Qozogʻiston va shu kabi qardosh davlatlarga kitob joʻnatish haqida ish olib bormoqda.

🤩TIB BOOK - nafaqat milliy brend, shuningdek global brend.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤩 Do’stim Anvarjon biznikida bugun mehmon bo’lmoqda.

Bir necha daqiqalardan keyin ikki partiya shaxmat dasturi bizni kutmoqda. Nima qilay? Natijani kanalga joylab boraymi?

⚡️ Anvarjon haqida tez orada yana ham tanishtiraman nasib qilsa, sababi unda koʻplab abituriyentlar, talabalar, shuningdek tibbiyot va ingliz tilini oʻrganayotganlar uchun ajoyib metodlari mavjud.

@samandarxojasblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HTML Embed Code:
2025/07/05 03:28:16
Back to Top