📎 Тема: Ударение
📎 Мавзу: Урғу
▪️ Urg‘u (`) belgisi bilan ko‘rsatiladi. Rus tilida urg‘uning muayyan o‘rni yo‘q. Turli so‘zlarda urg‘u turli bo‘g‘inlarga tushishi mumkin, masalan: ход, ходить, ходит.
▪️ Baʼzan urgʼuning bir boʼgʼindan boshqa boʼgʼinga koʼchishi bilan:
A) soʼzning maʼnosi oʼzgaradi, masalan: замок (qulf) – зáмок (qal'a), мука (un) – мука (azob);
B) So‘zning grammatik formasi o‘zgaradi, masalan: земли – земли, воды – воды kabi.
▪️ Bog‘lovchi, ko‘makchi va yuklamalar odatda urg‘usiz bo‘ladi. Ba’zan esa urg‘u otdan oldin kelgan old ko‘makchiga o‘tishi mumkin, masalan: на пол, на гору kabi.
▪️ Rus tilini o‘zlashtirishning asosiy qiyinchiliklaridan biri so‘zlarda urg‘uning o‘zgaruvchanligi va bir so‘zning shakli o‘zgarishi bilan urg‘uning boshqa bo‘g‘inlarga ko‘chishi, ya’ni urg‘uning barqaror emasligidir.
▪️ Agar o‘zbek tilida urg‘u asosan so‘zlarning oxiridagi unliga tushsa, rus tilida urg‘u turli bo‘g‘inlarda bo‘lishi mumkin.
🔸 Масалан:
🔹 дОм - uy
🔹 домА - uylar
🔹 дОма - uyda
❗️ ESLATMA. Urg‘uli unli harflar katta qilib ko‘rsatilgan.
▪️ Ba’zida bir so‘zning turli bo‘g‘indagi urg‘uli variantlari har xil ma’noni anglatadi.
🔸 Masalan:
🔹 мукА - un
🔹 мУка - azob
🔹 замОк - qulf
🔹 зАмок - qasr
🔹 хлопОк - qarsak
🔹 хлОпок - paxta.
▪️ Ayrim hollarda bir so‘zning turli urg‘uli shakllari boshqa so‘zni emas, balki shu so‘zning boshqa grammatik shaklini anglatadi.
🔸 Masalan:
🔹 зеркалА - oynalar
🔹 зЕркала - oynaning
🔹 Окна - derazalar
🔹 окнА - derazaning
▪️ Rus tilida shunday so‘zlar ham uchraydiki, ularning bosh shakllari (masalan, fe’lning noaniq shakli) emas, boshqa grammatik shakllari bir xil, lekin ma’nosi turlicha bo‘lib, ular faqat urg‘uli bo‘g‘in bilan farqlanadilar.
🔸 Масалан:
🔹 платИть - to'lamoq
🔹 плачУ - to'layapman
🔹 плАкать - yig'lamoq
🔹 плАчу - yig'layapman
▪️ Ba’zi so‘zlarda shakldoshlik asosan talaffuzda bo‘lib, yozuvda farqi bo‘lmaydi. Ba’zi so‘zlarning turli urg‘uli varianti boshqa-boshqa ma’noni anglatadi.
🔸 Masalan:
🔹 дорогА - qimmat;
🔹 дорОга - yo'l;
🔹 вЕсти - xabarlar;
🔹вестИ - boshlab bormoq.
❗️Internetni o'chiring
❗️Rus tilini o'rganing
🇷🇺 @RusTili_Uzb —Rus-tilini tez va oson o'rganing.
>>Click here to continue<<