Joriy yilning 5-6 iyun kunlari Hindistonning Dehli shahrida “Markaziy Osiyo – Hindiston” ishbilarmonlar kengashining yig’ilishi bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirda Raqamli texnologiyalar vazir o’rinbosari boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
Tadbir davomida Hindiston va Markaziy Osiyoninh yirik biznes vakillariga O’zbekistonning IT sohasidagi investitsion salohiyati va yaratilgan imkoniyatlar namoyish etildi.
“Markaziy Osiyo - Hindiston” doirasida bo‘lib o‘tgan biznes forum iqtisodiyot tarmoqlaridagi sheriklikni mustahkamlash, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratildi.
Shu bilan birga, Hindiston va Markaziy Osiyoning bir qator biznes vakillari bilan samarali muzokaralar o’tkazildi.