Create: Update:
Qashqadaryoda IT ta'lim va IT kompaniyalar faoliyati bilan tanishildi
🏷 Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh a'zolari Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala, Kitob tumanlari, Qarshi va Shahrisabz shaharlarida bo'lib, hududda IT taʼlim va IT kompaniyalar faoliyati bilan tanishdi.
Qashqadaryoda yoz oylarida yoshlarni IT sohasiga qiziqtirish va informatika fani o'qituvchilarini ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadida quyidagi 3 ta yangi tashabbus yo'lga qo'yiladi:
➡ Qashqadaryo viloyatida InfoTeach Forumi tashkil etiladi;➡ Ko‘kdala tumanida frilanserlar uchun barcha zarur sharoitlarga ega ish xonasi tashkil qilinadi;➡ 7–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘g‘il-qizlar uchun sport dasturlash olimpiadasi o‘tkaziladi, g‘olib bo‘lgan 10 nafar o‘quvchiga Toshkent shahrida o‘tkaziladigan yozgi oromgohda ishtirok etish imkoniyati beriladi hamda qashqadaryolik o‘quvchilar uchun hakaton va ideatonlar tashkil etiladi.