Create: Update:
Raqamli texnologiyalar vaziri o’rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand viloyatidagi IT-kompaniyalar va ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganib chiqildi.
Tashrif davomida:
➡️ ICON ACADEMY JN – Xalqaro IT universitetlariga abituriyentlarni tayyorlovchi o‘quv markazi. Xorijiy nufuzli muassasalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.➡️ SAMMIT GLOBAL INC – Dispetcherlik xizmatlari, dasturiy ta’minot ishlab chiqish va IT-kurslar tashkil etish yo‘nalishida faoliyat yuritadi.➡️ IT WORKS KOREA – Janubiy Koreyada multimedia sohasida faoliyat olib borayotgan kompaniya bo‘lib, asosan filmlarni montaj qilish bilan shug‘ullanadi➡️ Najot Ta’lim filiali – IT yo‘nalishidagi o‘quv kurslari va ularning samaradorligi bilan tanishildi.
– Yosh kadrlarni IT eksporti va xalqaro bozorga tayyorlash
– Amaliy loyihalarda qatnashish imkoniyatlarini kengaytirish
– BPO sohasida zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash uchun mutaxassislar tarbiyalash
– Dasturchilar, tizim muhandislari va kiberxavfsizlik mutaxassislarini xalqaro talablar asosida tayyorlash.